2.3 O’lchash o’zgartgichlari. O’lchash o’zgartirishi - bitta fizik kattalikning o’lchamini boshqa fizik kattalikning o’lchamiga o’zgartirishdan iboratdir. Misol tariqasida R bosimni deformatsion manometr yordamida o’lchashni qarab chiqamiz. Bosim ta’sirida naychasimon prujina buraladi (uning erkin uchi biroz siljiydi) — bu o’zgartirishning birinchi bosqichi: ∆R→∆l. Naychasimon prujina uchining siljishi o’qning burilish burchagiga o’zgaradi: ∆ l →∆φ — bu o’zgartirishning ikkinchi bosqichidir. O’kda strelka mavjud bo’lib, uning uchi bo’linmali shkala bo’yicha siljiydi — bu o’zgartirishning uchinchi bosqichidir ∆φ→∆a, u o’lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon beradi. Umumiy holda hamma o’zgartirishlarni bunday yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |