Himoya g’iloflari ko’pincha +1000°S gacha haroratlar uchun po’latning turli rusumlaridan tayyorlanadi. Bundan ham yuqoriroq haroratlarda qiyin eriydigan birikmalardan tayyorlangan maxsus g’iloflar ishlatiladi. Oxirgi vaqtda kabell turdagi termoelektr termometrlar keng tarqalmoqda. Ular bosim 40 MPa bo’lganda —50 dan +1100°S gacha bo’lgan haroratlar oralig’ida ko’llanadi. Kabell turdagi termometrlarning ishlashga imkon tug’diradigan radiatsion chidamliligi, shuningdek, issiqlik zarblariga, tebranishga va mexanik kuchlarga nisbatan chidamliligining yuqoriligi kiradi. Sirt haroratlarini o’lchashga mo’ljallangan termoelektr termometrlar maxsus tuzilishga ega. Bunday termojuftlardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi, ular turli uskuna, quvur, mashinalarning aylanuvchi qismi va hokazolarning sirt haroratini o’lchashga xizmat qiladi. Maxsus termoelektr termometrlardan vertikal uskunalarda (ammiak sintezi kolonnalarida, metanol va h.) haroratni o’lchash uchun ishlatiladigan ko’p zonali termometrlarni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |