Suyuqlik sathi o’lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi τ vaqt bo’yicha aniqlanadi, ya’ni , (1) bu yerda, N — suyuqlik sathi; S — suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi. Vaqt o’lchagichda olinadigan akslangan (qaytgan) signalning kechikish vaqtiga mutanosib bo’lgan o’zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan potentsiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvarts, magnitostriktsion elementlar ishlatiladi. Ko’pincha ultratovushli tebranishlarni yuboradigan va qabul qiladigan asbob sifatida bir qurilmadan foydalaniladi. Bu qurilma o’lchash jarayonining boshida nurlatgich vazifasini bajarib, impuls yuborilganidan so’ng qabul qilgich sifatida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |