Radioizotopli sath o’lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath o’lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o’lchash uchun ishlatilishi mumkin, o’lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog’lanish bo’lmagani sababli agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o’lchash mumkin. Asboblar ko’rsatishining aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o’tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik xossalarning) o’zgarishiga bog’liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatosi ±0,5—1% dan oshmaydi. Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo’lmagan hollardagina qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |