RADIOIZOTOPLI SATH O’LCHAGICHLARI Radioizotopli sath o’lchagichlarining ishlash printsipi yutish qobiliyati turlicha bo’lgan ikki muhitdan o’tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muxitlarning chegarasi o’zgarishi bilan nurlanish o’zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o’lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o’zidan j nurlar chiqaradigan So60, Cs137, Se75 va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, stsintilyatsion hisoblagichlar yoki yarimo’tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo bo’lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o’zgarishiga muvofiq elektr signalga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |