Termojuftlarning asosiy kamchiligi sifatida ularning inertsionligining kattaligini ko’rsatish mumkin (5 minutdan ham oshadi). Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining o’zgarishini kompensatsiyalash usullari termojuft sovuq ulanmalari harorati o’zgarmas bo’lgandagina to’g’ri o’lchash mumkin. Ammo bu haroratlar o’zgarmas bo’lib qola olmaydi. SHuning uchun, termometrning sovuq ulanmasini o’lchash ob’ektidan nariroqqa haroratning o’zgarmas zonasiga olish lozim. SHu maksadda maxsus kompensatsion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |