Mundarija Kirish I. Nazariy qism


Natriy gidroksid olishning laboratoriya usullari



Download 348 Kb.
bet8/11
Sana29.04.2022
Hajmi348 Kb.
#592011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kursavoy NaOH 270422122255

1.5. Natriy gidroksid olishning laboratoriya usullari
Laboratoriya sharoitida natriy gidroksidi juda kam miqdorda olinadi. Faol metall gidroksidlarini laboratoriya sharoitda kо’p miqdorda olish juda xavfli hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida ishqoriy metall gidroksidlarini olishning ikki xil usulidan foydalaniladi. Birinchisi va nisbatan qimmatga tushadigan usul, bu ishqoriy metallarni tо’g’ridan – tо’g’ri suv bilan reaksiyaga kirishishi va natijada ishqor hosil bо’lishidir. Bu usuldan NaOH, KOH, LiOH, Ca(OH)2 larni olishda foydalanish mumkin.

Bu reaksiya natriy, kaliy, litiy kabi faol metallardan foydalanishda yetarli darajada juda xavfli hisoblanadi. Bu reaksiyalarda kо’p miqdordagi ishqoriy metallardan foydalanish mumkin emas, chunki ular sachrashi va hatto portlashi mumkin. Laboratoriya sharoitida natriy gidroksidi olishning qulay va sodda usuli topildi. Chunki u kimyo va sanoatda barcha gidroksidlar ichida eng kо’p ishlatiladigan moddadir. Quyidagi rasmda ishqoriy metall gidroksidlari olishning elektroliz qurilmasi keltirilgan:
Eritmalar ustiga kelib tushadigan grafit anodlarning oxirini eritgan parafin bilan tо’yintirish kerak, chunki elektrolit kapillyarlar orqali yuqoriga kо’tarilmasligi va mis bilan kontakt buzilmasligi kerak. Mis simlarini grafit anodi bilan kontakti anodga mahkam о’rnatilgan mis qalpoqchalari bilan amalga oshiriladi. Katod sifatida temir yoki pо’lat tо’r xizmat qiladi. U о’zining yuqori qismi bilan shisha kolokolga shunday kirishi kerakki, vodorod anodlar oralig’iga tushmasligi kerak. Oldindan suv bilan namlangan asbest juda kam miqdordagi silikat yelimi bilan birgalikda temir tо’r tashqarisiga (qatlam qalinligi 5 – 10mm) surtiladi. Asbest qurigandan sо’ng diafragma mustahkamligi saqlanib qolishi uchun yengilgina kuydiriladi. Kerakli tezlik va miqdorda elektrolit berish kran о’rnatilgan ajratish voronkasi orqali amalga oshiriladi



Elektroliz qurilmasi
1 – osh tuzi eritmasi solingan ajratish voronkasi;
2 – grafitdan tayyorlangan anodlar;
3 – asbest kartondan qilingan diafragma;
4 – silindr kо’rinishidagi temir yoki pо’latdan qilingan tо’r;
5 – shishali kolokol;
6 – katodlar orasidan oqib tushadigan eritma uchun sifon;
7 – ishqor kelib tushadigan stakan.

Xlor va vodoroddan sintetik xlorid kislotasi ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Shu maqsadda ular silikogel bilan tо’ldirilgan troynik kо’rinishidagi gorelkaga beriladi. Elektrolizyordan tomib turgan eritma sopol idishlarda bug’latiladi. Osh tuzi eritmasini idishga quyishdan to uni bug’latish jarayoni tugaguncha harorat 500°C gacha oshirib boriladi. Sо’ngra ishqor eritmasi sovutiladi, maydalanadi va yopiq shisha idishlarda saqlanadi. 5°C gacha bо’lgan haroratda mutlaqo toza 35 % li texnik natriy ishqor eritmasini olish mumkin. Bunda


NaOH + 2H2O va NaOH + 4H2O
Bunday qurilmalar yordamida natriy va litiy gidroksidilarini olish mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, bunday qurilmada ishqor olishda xavfsizlik qoidlariga alohida e’tibor qilish kerak bо’ladi, chunki elektroliz mahsulotlaridan biri sifatida xlor ham ajraladi.
Ba’zan natriy gidroksidi olishda eski usul – sо’ndirilgan ohakni soda eritmasi bilan qaynatish usullaridan ham foydalanib turiladi:
Reaksiya tugagandan sо’ng kalsiy karbonatli eritma bug’latilib, natriy gidroksidi qotishmasi olinadi. Kо’pincha laboratoriyada tez-tez kimyoviy reaksiyalar olib borishda suvda erimaydigan mis, rux, kobolt, kadmiy, nikel gidroksidiga о’xshash gidroksidlar olish kerak bо’ladi. Ularni olish uchun bu metallarni eruvchan tuzlarini natriy gidroksidi bilan reaksiyaga kiritish kerak bо’ladi. Bu ta’sirlashuv reaksiyalari о’z xarakteriga kо’ra о’rin almashinish reaksiyalariga mansubdir. Mis gidroksidi (kо’k rangli) va nikel gidroksidi (yashil-kо’k rangli) chо’kmaga tushadi. Eritmani filtrlash va chо’kmani yuvishdan sо’ng undan kimyoviy jarayonlarda foydalanish mumkin. Shu tarzda mis (ІІ) gidroksidi, rux, kobolt, kadmiy, simob, qalay, qо’rg’oshin, marganets, titan, xrom va boshqa kо’pgina metall gidroksidlari olinadi.



Download 348 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish