I.Bob yuzasidan xulosa
Xulosa qilib quyida berilgan tilshunos olimlarimizning leksik ma`no haqidagi mulohazalaridan kelib chiqib, biz leksik ma`noga shunday ta`rif beramiz. Leksik ma`no til birligi (lug`aviy birlik) shu tilda gapiruvchi tomonidan tan olingan, qabul qilingan bo`ladi. Leksik ma`no lug`aviy birlik tarkibiga kiradi. Shunga ko`ra u umumtil lug`atlarida beriladi va izohlanadi. Leksik ma`no shu tilda gapiruvchilar nutqi uchun umumiy bo`ladi. Leksik ma`no kontekstda namoyon bo`ladi. Kontekst ko`p ma`noli leksemaning bir leksik ma`nosini bo`rttirib, boshqa leksik ma`nolardan ajratib beradi. Demak leksik ma`no har galgi konkret bog`lanishlar sababli yuzaga kelmaydi, balki shu kontekstda shakllangan bo`ladi. Kontekst shuni yuzaga chiqarib beradi. Leksik ma`no lug`aviy birlik sifatida leksemaga birktiradi va barqaror bo`ladi. Leksik ma`no odatda biror voqelikni nomlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |