Mundarija: Kirish I. Bob. So`z haqida


So`zning semantik va leksik qurilishi



Download 169,5 Kb.
bet4/13
Sana20.06.2021
Hajmi169,5 Kb.
#71542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi

1.2. So`zning semantik va leksik qurilishi.

A. V. Arnold9 semantik qurilishini o`rgatuvchi fan semasialogiya deb ko`rsatiladi. Semasialogiya tilshunoslikning hamma bo`limini o`rganmaydi, ammo so`zning leksik ma`nosini leksikalogiyaning bir bo`limi sifatida o`rganadi. Bu semasialogiyani e`tiborini grammatik ma`noga qaratmadi degani emas, markazda grammatik ma`no emas, balki leksik ma`no hisobga olinadi. Semasialogiyaning (kichik) o`rganish obekti so`zlarning semantik rivojlanishi uning sababi va klassifikatsiyasi, aloqadorlik qirralari, leksik ma`nolari, polisema va so`zning semantik strukturasi, lug`at sistemasi aloqadorligi va semantik gruppalari, sinonimlar, antonimlar, iboralar va boshqalar.

Asosiy e`tibor so`zning semantik strukturasiga va semantik o`zgarishlarga qaratiladi. Semasialogiya va semantika bu so`z ma`nolari jihatidan yaqin bo`lib, Sh. R. Firs fikricha sinonimdir. Shunisi aniqki ularning ma`nolari bir xildir. Ammo maqsadlari teng ko`rinmaydi. “semantika” iborasi bir nechta ma`nolarni o`rab oladi. Bu yana fonemalarni o`rganishda so`z va fraza ma`nosini o`rganadi.

Semantika fan sifatida shakllanganda tilning bu bo`limi tarixiy ma`lumotni o`rganishda edi. XIX asrdan beri bu fan tarixiy o`zgarishda bo`lib kelmoqda. Semantikaning maqsadi ma`noni logik tomonidan klassifikasiya qilish va har qanday vaziyatlarda so`z ma`nosini tushinish buni semantik qonunlar deb ataladi.

1916-yilda F. De Sossyurning “Cours de linguistique general” kitobi nashr qilinib ikki asosiy yo`lni ko`rsatishni aytib o`tadi.

F. De Sossyur ichki va tashqi lingvistikani ajratib bir-biriga qarama-qarshi qo`yadi. Uning fikricha tilshunoslikning asosiy vazifasi ichki tilning qo`shib o`rganadigan lingvistika, tashqi lingvistika esa tilning harf madaniyati tarixi bilan aloqasini o`rganadigan lingvistika bo`lib, tilshunoslik fani uchun ikkinchi darajali hodisadir. Leksikalogiyada semantikani o`rgani juda kuchli tadqiq qilinib yangi g`oya, metodlar bilan boyitgan. Yangi fundomental g`oyalarni ideografik, frazeologik, tarixiy va etimologik lug`atlar va sinonimlar lug`ati, antonimlar, ma`noni hududiy o`rganish semasialogiya, leksikalogiyaning asosiy maqsadi edi. Quyidagi olimlarimiz S. T. Ulman, U. V. Reyha, Doroshevkiy, F. P. Filma, D. A. Budagova, O. S. Ahmanova, A. A. Ufimisova va boshqalar semantikani yoritishda katta hissa qo`shadilar.

So`zning leksik-semantik varianti atamasini A. I. Smirnitskiy fanga kiritdi. A. I. Smirnitskiy so`zning leksik semantik ma`nosini ikki yo`l bilan tushuntiradi: Formal tomoni ya`ni so`zning tovush tomoni va ma`no tomoni so`zning aniq bir ma`nosi. So`zning leksik frazeologik formasini tilshunos olim V. V. Vinogradov ishlarida ko`rishimiz kerak. Bir xil leksik ma`no so`zlarni an`anaviy qabul qilingan bo`lsa deb yozadi V. Vinogradov u yerda asosiy nuqtai nazarni so`zning leksik, frazeologik formasiga qaratish kerak deb ta`kidlaydi. Quyidagi misollarni keltirib o`tamiz:

Most birds and some insects fly.

A bee flew through the open window. (Peter Abrahams “path of thuder” PAP 400 bet).

The damaged air croft was flying on only one engine.

Clouds were flying across the sky.

Bu yerda fly so`zi an`anaviy tarzda qo`llanilgan. Ya`ni o`z ma`nosida:

How did you get there? - I flew.

He is flying his car to Europe.

The thief was flying from justice. (J. Galswerthy “the Man of property”) 150 bet G. M. P.

Bu yerda fly so`zi leksik frozeologik formada ekanligini ko`rsatilgan. Til so`zi birligi uchun ularning qoidalari va qo`llanishlari asosiy uch qobiqdan iborat: Semantik, leksik-grammatik va fonetik. Bular barchasi o`zaro bog`liqdir.

Semanetik qobiq semadan iborat, (ya`ni so`z formasining ma`nosi) leksik grammatik qobiqda so`zning yasalishi, uning tushunchasi, fonetik qobiqda esa fonetik mazmunlari ya`ni harflar, tovushlar o`rganiladi. Bu qobiqlarning barchasi o`zlarining mohiyatlariga ega: Informativ, sotseal, diskret, ketma-ketlik.

S. Shcherba10 o`zining izlanishlarida har bir tilshunoslikda ya`ni daraja paydo bo`ladi, asosiy oddiy belgili birliklar va oddiy sintagmalar darajasi deb ta`kidlaydi. Bulardan tashqari S. Shcherba tilshunoslikda darajalar mavjud, ular obstrakt belgili birliklarga ega: fonema, marfonema, tioformalar, leksemalar va turli xildagi sintagmalar, modellar, so`z qo`shilmalar va gaplarinng leksik ma`nolari, grammatik ma`nolari, obstrakt, semantik sentagmalar, konkret sentagmalarni tashkil etilishini aytib o`tadi.

Ko`pgina tillarda hususan hind, yevropa va turkiy tillarda so`zlarning semantik ma`nosi paradegmatik va sentamatik aloqalar o`zining farqli va o`hshash hususiyatlariga ega deydi - buyuk rus tilshunosi A. A. Leontev.

Masalan: O`zbek, rus, va ingliz tillarida o`rmon, лес, forest so`zlari mavjud bo`lib, ular leksik ma`noni anglatadi. Biroq rus tili yana роща (kichik qalin o`rmon) va борд (katta qalin o`rmon) so`zlari mavjud. Ingliz tilida esa o`rmon ma`nosida wood so`zi ham ishlatiladi. Ular uch tipda ham farqlanish alomatlari ham asosida paradigmatik qatorni tashkil qiladi. Biroq o`rmon, les, wood forest so`zlari paradigmatik qatorning alomatlariga ega bo`lmagan, ya`ni umumlashtiruvchi hususiyatlariga ega bo`lgan a`zosidir. Turli kontekstlarda so`zlar bir birini o`rnini bosish faqatgina o`zlashtiruvchilarda bo`ladi, hatto aqliy hissiyot va stilistik jihatidan har bir so`zni yangilashtirib ko`rsatadi. Har so`zning ma`nosi boshqa muhim tizimdagi so`zlar bilan tushirilsa, quyidagi semantik hatolarda isbotlanadi.



High va tall misol uchun bu so`zlar qiymatining balandligi, yuqoriligini emas, (tall - odatda shaxsga nisbatan ishlatiladi) hatto ular o`zgaruvchanlikda va ular qanday so`zlar antonim bo`lishida ham aniqlanadi.

Fe. De. Sossyurning11 fikricha so`zlarning leksik ma`nosi tushunchasi funksiyaga ko`ra aloqa quroli va nutqni ifodalaydigan vositadir.

Inson tilida ma`nosi yo`q so`zning bo`lishi mumkin emas. Bu tildagi barcha so`zlar uchun umumiy hususiyat, lekin so`zlar ifodalangan ma`nolar va eng umumiy belgi hususiyatlariga ko`ra ham har xil bo`ladi. Avvalo, so`z obyekti borliqdagi narsa, hodisa, belgi harakat kabilarni bildirishi bunday hususiyatga ega emasligiga ko`ra T. I. Arbekova ikki guruhga bo`ladi.

1. Ma`no ifodalaydigan so`zlar.

2. Ma`no ifodalamaydigan so`zlar.

Ma`no ifodalash faqat mustaqil so`zlarga hos hususiyat. Masalan: a pen, a cloud, to surprise, astonishment; so`zlari ma`lum obyektiv narsa, belgi harakatni bildiradi. Bu hususiyat shu so`zlarning ma`nosi hisoblanadi. Arbekova mustaqil so`z turkumlaridan boshqa turkumlarga oid so`zlar ob`yektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni atamaydi, tushuncha ifodalamaydi. Masalan: undovlar turli emotsiyani bildiradi: Oh! Yes! Ouch! Bang! (hursandchilikni bildiradi); damn, hash achinish va ob`yektiv borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat kabilarni atamasligi, faqat emotsiya, buyruq, hitob ifodalashi sababli turkumga oid so`zlar juda sanoqli. Hullas ma`nosining ob`yektiv voqelikdagi narsa, hodisa, belgi, harakat kabilarga munosabati nuqtai nazardan tildagi so`zlarning roli bir xil darajada emas. Faqatgina ma`no ifodalovchi so`zlargina borliqdagi, narsa, belgi, harakat kabilar haqida ma`lumot beradi deb aytadi: - Arbekova.

I. V. Arnold so`zning leksik qurilishiga izoh berib, so`zning ob`yektiv borliqdagi narsa, hodisa, harakat, belgi va shu kabilar haqidagi ma`lumot beruvchi mazmun leksik ma`nodir deb ta`kidlaydi. Mustaqil so`zlar ob`yektiv borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat kabilarni bildiradi. Masalan: an apple, an apricot so`zlari mevali darahtlarning ma`lum turini, to run, to jump, to play so`zlari ma`lum turdagi harakat, one, two, three, four so`zlari ma`lum miqdorni bildiradi va hokazolar.

E. G. Belivskaya ma`noga ta`rif berib, “Ma`no bu ob`yektiv borishdagi narsa hodisalarinng kishi ongida umumlashgan tarzdagi inkosidir.” Leksik ma`no so`zlarning nimadir nomlanishi, ifodalanishi ko`rsatiladi. Masalan: table - so`zi mebelning bir turini, stul esa boshqa bir turini ifodalaydi. Ma`no narsa, hodisa haqidagi tushuncha shu turdagi narsa, hodisalarga hos umumiy belgilarni birlashtiradi. Masalan: nest (qush uyasi) hajmi, shakli, yasalishi usuli va bo`lish jihatidan turlicha bo`lishi mumkin. Lekin nest tushunchasi bunday hususiy tomonlarni e`tibordan soqid etib, barcha uyalar uchun umumiy bo`lgan belgini birlashtiradi. Anushu umumiy belgisiga ko`ra, shu turdagi har bir predmet nest (qush uyasi) deb tushuniladi. Nest so`zi ana shu tushunchani reallashtiradi. Uning leksik ma`nosi shu tushuncha haqida ma`lumotdir.

O. Jespersonning12 fikricha “Har qanday so`z ma`noga ega bo`lgani holda tushuncha ifodalash faqat nominativ ma`nosigina tushuncha bilan bog`lanadi. ” Masalan head so`zi odamning boshi, head of street - ko`chaning boshi, head of construction - quruvchilarga bosh, so`z birikmalarida boshqa-boshqa ma`nolarni bir-biridan farqli tushunchalarni bildiradi.

Har bir so`z leksik va grammatik hususiyatlari orqali aniqlanadi. Har bir so`z paradigmatik aloqada bo`lib boshqalaridan shakl va boshqa sifatlari bilan farqlanadi.

Misol uchun: takes so`zining leksik ma`nosi take, took, taking ko`rinishida bo`lishi mumkin. Leksik ma`no kuchli ravishda grammatik ma`noga bog`liq bo`ladi, so`zning leksik ma`nosi har bir so`z turkumiga mansub bo`ladi. Har bir so`z chegaralarning sentaktik vazifada va qiymatni aniqlashda qo`llaniladi.

A. A. Ufemseva so`zlarinng leksik ma`nosiga sinhronik tarzda qarab, ya`ni tiplarga ajratishda hozirgi tipga oid leksik ma`no ko`zda tutilganda unga qo`yilgan jihatlardan yondashish kerak deb izohlaydi.

Yasalish munosabatiga ko`ra.

Ob`yektiv ifoda etishiga ko`ra.

Nutqda reallashish holatiga ko`ra.

Yasalish munosabatiga ko`ra leksik ma`no ikki turga bo`linadi: asos ma`no va yasama ma`no. U yoki bu ma`noning yuzaga (keladigan) kelishida asos bo`ladigan ma`no asos ma`no, uning ta`sirida xosil bo`ladigan ma`no yasama ma`no hisoblanadi.

Leksik ma`no nutqdan tashqarida mavjud bo`ladi va so`zning semantik strukturasida albatta ishtirok etuvchi komponent hisoblanadi.

Leksik ma`noda narsa, belgi va harakatning ayrim tomonlarini ifodalanishi mumkin deb Arnold quyidagilarni tushntirib o`tadi: duty, function, obligation - burch, vazifa so`zlari zimmadagi ish majburiyat ma`nosiga ega. Leksik duty (burch) muhim, ma`suliyatli vazifani bildiradi.




Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish