Foydalanilgan adabiyotlar:
Ilmiy….………………………………………………………………………….57
Badiiy……………………………………………………………………………58
Qisqartmalar…………………………………………………………………...59
Lug`atlar………………………………………………………………………..60
Kirish
Bitiruv malakaviy ishimning metadalogik asosi , O`zbekiston Respublikasi ``Ta`lim to`g`risida``gi Qonuni , ``Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi`` , O`zbekiston Respublikasi hukumatining umumiy o`rta ta`limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, xalq ta`limi vazirligining buyruqlari, Prezident I. A.Karimovning ta`lim tizimini takomilllashtirishga yo`naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.
Men Bitiruv Malakaviy ishimni kirish qismini boshlashdan avval kelajagi buyuk Mamlakatimizda Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahnamoligida xalqimizning hech kimdan kam bo`lmasdan tinch-totuv yashashi va farovonligi yo`lida amalga oshiralayotgan oqilona va odilona siyosatidan g`urur va iftixorga to`lib, Prezident ko`rsatmalaridan saboq olish niyatida u kishining keying paytlardagi ma`ruza va nutqlari bo`yicha imkon darajasida yozishni maqsadga muvofiq deb topdim.
Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2009 – yilning asosiy yakunlari va 2010 – yilda О`zbekistonni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor yо`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “ Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma`ruzasida “ bizning bugungi asosiy vazifamiz jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi chuqur tus olgan bir sharoitda … 2010 – yilda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor yо`nalishlarini belgilab olishdan iboratdir ” degan jumlasi bilan boshlanishi bejizga emas chunki birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, koorporatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yо`lga qо`yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag`batlantirish masalalari alohida о`rin tutadi. Prezidentimiz ta`kidlaganidek iqtisodiy о`sishni ta`minlash, yangi ish о`rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim о`rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag`batlantirish va qо`llab quvvatlashga alohida e`tibor qaratilishi О`zbekiston Respublikasi Oliy va о`rta maxsus ta`lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta`lim muassasalari tayyorlab chiqaradigan biz kabi yoshlar bilan bevosita bog`liq. Ana shunday imkoniyat va shart – sharoitlarga о`z bilimimiz, ilmiy – ijodiy salohiyatimiz bilan labbay deb javob berishimiz kerak.
О`tgan yillarda mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bо`lgan eng muhim ijtimoiy dasturlar kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta`lim maktab bosqichini va 3 yillik о`rta maxsus kasb – hunar ta`lim bosqichini о`z ichiga olgan uzliksiz yaxlit ta`lim tizimi yaratildi. Bir sо`z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta`lim bilan birga zamonaviy kasb hunarga ega bо`lish imkonini beradigan 12 yillik ta`lim tizimiga о`tish yakunlanmoqda.
Yurtimizda 2010 – yilni “ Barkamol avlod yili ” deb e`lon qilinganidan ham kо`rinib turibdiki biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va sog`lom о`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bо`lgan uyg`un rivojlangan insonlar bо`lib, XXI asr talablariga tо`liq javob beradigan barkamol avlod bо`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni о`z oldimizga maqsad qilib qо`yganmiz. Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag`lar ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz baxti uchun mehnat qilish, fidoyilik kо`rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir degan fikrlar butun xalqimizning azaliy orzu – umidlari va fikrlarining ochiq ifodasidir.
Zamon bilan hamnafas qadam tashlash, jahonda yuz berayotgan yangiliklardan о`z vaqtida boxabar bо`lish , dunyo va vatanimiz taraqqiyotiga hissa qо`shish maqsadida dunyoviy bilimlarni va shu bilan bir qatorda tillarni chuqur о`rganish katta ahamiyat kasb etishi barchaga ma`lum.
“ Hozirgi paytda xorijiy tillarni о`rganish va о`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan о`ziga munosib о`rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda о`z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yо`qdir...”1
Muhtaram prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisidagi maruzasida bayon etilgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" nafaqat mamlakatimizda balki butun jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Zero, Konsepsiyaning har bir bo`limi mamlakatimiz istiqbolini belgilovchi o`ziga xos dasturi amaldir. Konsepsiyada aholining faollashuvida katta o`rin tutgan siyosiy partiyalarning rolini oshirishga, Oliy majlis palatalari faoliyatini takomillashtirish, qonun ustivorligiga berilgan e`tibor, shubhasiz, mamlakatimizning bironta fuqorosini befarq qoldirmaydi.Ularda vatan istiqboli uchun shu yurtda yashovchi har bir inson mas`ul ekani haqidagi qatiyat yanada yorqinroq ifodalangan.
Bu davrda xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mamlakatimizda har tomonlama baquvvat mulk egalari sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishni ta`minlash, tadbirkorlik, avvalo kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etishini nazarda tutadigan qonun hujjatlari yaratildi.
Mazkur malakaviy bitiruv ishimning maqsadi ingliz tilidagi sinonimlarning o`zbek tilidagi tarjima tahlili muammolariga bag`ishlangan.
Bitiruv malakaviy ishimning amaliy ahamiyati shundaki, hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarni nazariy va amaliy o`rganishda lingvistlar va o`qituvchilar oldiga qator vazifalarni yuklaydi. Bu esa ingliz tilini o`qitish, so`zlashuv aloqalarini yo`lga qo`yish jarayonini osonlashtirishning ayrim tadbirlarini ko`rib chiqishni talab qiladi. Talabalar va o`quvchilarda ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiyligi ushbu ish va tadqiqotlarning natijalarini o`quv jarayonlarida, gramatikaning amaliy va nazariy kurslarida og`zaki nutq kurslarida foydalanilishi mumkin.
Malakaviy ishning materiali zamonaviy amerika, rus va ingliz mualliflarining badiiy asarlaridan va lug`atlaridan olingan mingdan ortiq sinonimga oid misollar. Malakaviy ishning yangiligi ingliz tilidagi sinonimlar haqida ko`plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan, shunga qaramay, hali o`rganilmagan tomonlari ko`p.
Chunki, sinonimlar tilda juda keng tarqalgan va nutqda juda ko`p qo`llaniladi. Men o`z bitiruv malakaviy ishimda ingliz tili sinonimlariga oid ma`lumotlar keltirish, ularni o`zbek tilda berish bilangina kifoyalanib qolmay, ular ustida tarjima tahlili olib bordim .
Muhokama ostiga olingan bu mavzu ingliz tilida sinonimlar gap qurilishida va o`zbek tiliga tarjima qilishda muqobil so`zni tanlashda muhim rol o`ynaydi. Vaholanki, tarjima tahlilidan o`zimizda mavjud badiiy asarlarning boshqacharoq talqini yoki variantga ega bo`lish emas, balki yangi go`zallik olami, yangi adabiyot, yangi ezuvchi kashf etish ommaga yangi estetik olam eshigini ochijdan iborat, shunday ekan sinim so`zlarning ingiliz va o`zbek tilidagi tahlili haqida so`z borar ekan, sinonim so`zla shunchaki hashamdorlik emas, balki tilning chinakam boyligidir. Tilshunos olim V. G. Vilyuman2 ta`kidlaganidek: “Sinonimlarning tarjima tahlilida bir xil bo`lgan qism, birlashtiruvchi leksik ma`nodan tashqari yana boshqa qismlar har bir sinonimda o`ziga hos boshqasidan farqli bo`ladi”. Anashu farqlar sinonimdan har birining ingliz va o`zbek tilida yashashi va qo`llanish o`rnini ta`minlaydi. Tilda har bir jihatdan bir-biriga teng bo`lgan, har jihatdan bir-birini qoplaydigan ikki yoki undan ortiq so`zlar bo`lishiga ehtiyoj yo`q. Demak, tilda sinonimlarning borligini o`ziyoq o`zaro sinonim bo`lgan har bir so`z o`ziga hos qandaydir hususiyatga egaligini ko`rsatadi. Ma`lumki o`zbek va ingliz tillari sinonimlarga boy tildir. Tarjimon ingliz va o`zbek tilidagi ana shunday so`zlar orasidan romanda tasvir maqsadi va ruhida muvofiq keladigan aniq so`zni qo`llash orqali, mazmunning eng nozik nuqtalari, qahramon ruhiyati, tasvir obektining eng kichik qirralarigacha real ko`rsatishga harakat qiladi. Shu tufayli men bu mavzunni tilshunos olimlar V. G. Vilyuman, D. D. Apresen, I. V. Arnold nazariyalaridan foydalangan holda o`rganishga va ba`zi muammoli tomonlarini ochib berishga qaror qildim. Sinonimlar so`zning ma`noli tomonlari, shakillaridan biri bo`lib, talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma`nosi bir xil (umumiy) bo`lgan qo`shimcha ma`no nozikligi, yomontsional bo`yog`i qo`llanilishi kabi bir qator hususiyatlari bilan o`zaro farqlanadigan so`zlardir.
Ilmiy ish ikki bobdan va xulosadan iboratdir. Ishning oxirida foydalanilgan ilmiy, badiiy, qisqartma adabiyotlar ro`yxati va lug`atlardan foydalanilgan. Birinchi bobi so`z va uning leksik va semantik qurilishi haqida umumiy ma`lumot (ya`ni tilshunos olimlarning izlanishlari), ikkinchi bob esa sinonimlarning kelib chiqish tarixi, uning sinfiy qurilishi va ingliz va o`zbek tillardagi qiyosiy tarjima tahlilidan iborat ekan, biz sinonimlarni tilshunoslikda asosan ideografik va stilistik turlarga bo`lamiz. Buni biz “Hotel Revanda”, romanida sinonimlikning har ikki turini ko`rishimiz mumkin.
Already in this half hour of bombardment hundreds upon hundreds of men would have been violently slain, smashed, torn, gouded, crashed, mutilated.
(Hotel Revanda). Bu portlashda yuz-yuzlab odamlar so`yildi, o`ldirildi, vayron qilindi, majaqlandi va yo`qotildi.
Gapimizning isboti uchun slain, smashed, crashed so`zlari ideografik sinonimlar bo`lib, bir xil neytral stilistik turlarga bo`linadi. Stilistik sinonimlar ularni ba`zida emotsional ekspressiv deb ham atashadi. Turli stilistik turlarga tegishli bo`ladi, buni quyidagicha qiyoslaymiz.
Slay - so`yilmoq so`zi patik so`z bo`lib, to kill - so`ziga nisbatan stilistik bo`yoqdorlikka ega, gapiruvchini subektga nisbatan munosabatini har xil bo`lishini ta`kidlaydi.
Sinonimlar doim kutilmagan birliklarni yoki logik ma`nolarni beradi, shuning uchun sinonimlik takrorlash, asarni stilistik jihatdan bezaydi. Ideografik sinonimdan tarjimon eng jo`ng holatda til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag`alligi, rangsizligidan qochish uchun foydalanadi. Ma`lumki ayni bir til birligining muayyan nutq parchasida bir necha bor takrorlanishi, nutq uchun maqbul holat emas. Bunday takrorni yo`qotishda sinonim so`zlar eng qulay vositadir.
Ushbu bakalavrik ishimda men bir qancha, jumladan, “Anna Korenina” asarining rus tilidan o`zbek tilidagi va ingliz tilidagi tarjimalari haqida so`z yuritishimga to`g`ri keladi.
Rus tilidan “Anna Korenina” asarini o`zbek tiliga birinchi marta Mirza Kalon Ismoiliy va keyinchalik Holida Ahrorovalar, tarjima qilishda Garnet, Maudi, Tounsen, Veyner Dolilar katta hissa qo`shadilar.
Ushbu tarjimonlarning variantlari ko`rib chiqib, tahlilda ularning yutug`i va kamchiliklari haqida so`z boradi hamda misollar orqali tarjimani qiyoslab tushuntirishga harakat qildim. Tarjima mobaynida sinonimlarni qanday ma`no anglatishi va ingliz tili va o`zbek tilida qanday vazifada kelganligini ham ko`rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |