Mundarija: Kirish I. Bob. So`z haqida


I. BOB. 1. 1. So`z haqida



Download 169,5 Kb.
bet3/13
Sana20.06.2021
Hajmi169,5 Kb.
#71542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi

I. BOB. 1. 1. So`z haqida.

Til – kishi aloqasining eng muhim vositasidir. Bu aloqada insonlarning o`zaro aloqa aralashuvida, fikrlashuvida eng muhim vazifani gap va so`z bajaradi. So`z fikrni gapda ifoda qiladi, gap esa so`zlardan tuziladi, uning materiali so`zdir. Demak, so`z grammatik qurilishning bazasi bo`lib, tilning leksikada ham, grammatikada ham eng asosiy birligidir. So`z obektiv borliqdagi predmet yoki hodisalar haqidagi tushunchani tovush vositasi bilan ifodalanishidir. Bu tushuncha predmet yoki hodisaning ongda aks etishidir. So`z orqali borliqning turli tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush tajribalari aks ettiriladi. So`zni o`rganish hozirgi darajaga yetguncha uzoq tarixiy rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Bu tabiiy bir hol. Uni tariflashda o`tmishda yashagan va ijod yotgan juda ko`p mutafakkirlarning ishtiroki bor. Ularning faoliyati orqali fanga qo`shilgan ilmiy me`rosni e`tibor bilan o`rganish lozimdir.

So`z - tarixni bilish, turli olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariya va fikrlarni turli baholab yo`l qo`yilishi ehtimoli bo`lgan holatlarni takrorlamasligi uchun yordam beradi.

Til haqidagi fan Yevropada XIX asrning boshlaridan buyon boshqa fanlar qatorida mustaqil fan deb tan olindi. Ammo, olimlarning so`z struturasi bilan qiziqishdlari ancha ilgari boshlandi. Qadimgi davrlarda so`zga oid masalalar odatda boshqa muammolar bilan masalan: falsafa, musiqa, eski yodnomalarni to`g`ri o`qish, hatto tabiiy fanlar bilan qo`shilib kyotgan edi. So`z yoki so`z formasi yasashda qo`llangan tovush almashish sistemasi, ya`ni ichki fleksiya hind olimlari tomonidan eramizning ilgari davridayoq tasvirlangan edi. Qadimgi hind grammatikachilari so`zi fikr ifodalash imkoniyatiga ega emas, so`z gapdan tashqarida mavjud emas deb gapni asosiy birligi deb hisoblaydilar. Fanetika sohasida ham qadimgi hind tilshunoslari anchagina ish qilgan edilar. Chunki, hind olimlari tillarning rivojlanishi davomida so`zlarning ma`nolaridagina emas, tovush tizimida ham o`zgarishlari yuz berishi mumkinligini payqadilar. Qadimgi Hindistonda eramizdan ilgarigi ming yillikning boshlarida lug`atlar tuzilgan. Shunday lug`atlardan beshtasi qadimgi hindistonning mashhur tilshunosi Yaski (eramizdan ilgari V asr) nomi bilan bog`liq. Yaski so`zning morfologik tizimi shuningdek, so`z ma`nosi masalasini ham to`g`ri tasavvur qilgan. Uningcha so`z predmetni aks ettirmaydi. Uning tovush tomoni bilan predmet o`rtasida turuvchi ma`no bor. Shu ma`no tufayli so`z predmetni nomlash imkoniyatiga ega bo`ldi.

Sokrat so`z haqida shunday deydi; “So`zlar ham o`zaro ong anglatgan narsalarga muvofiq bo`lishi kerak, demak ular eng boshidanoq ma`lum to`g`rilikka ega. Har kim ham so`z yarata olmaydi. So`z yaratishni va narsalarning tabiatini biladigan kishigina buni qila oladi.”

Iskandariya maktabining namoendalari Doinski, Aristarh, Disko, Gerodian (Eramizdan ilgari tahminan 100 yil yashagan) o`zlarining “Grammatika san`ati” nomli qo`llanmasida so`z haqida shunday deganlar. So`z nutqning eng kichik qismi deb, nutqni tugal fikr ifodalagan so`zlar birikmasi deb tarif beradilar. Ma`lumki, bu ta`rif bizning zamonamizgacha o`z kuchini saqlab qoldi. IX asrda yashab ijod yotgan mahmud qoshg`ariy o`zining “Devonu Lug`atut Turk” asarida so`zlarni uch turkumga ajratadi. Bular ot, fel va yordamchi so`zlardir. Buyuk shoirimiz A. Navoiy katta badiiy va ilmiy asarlari qatorida mahsus lingvistik asar yozganligi barchaga ma`lum. Bu asar “Muhokamatul lug`atayn” bo`lib, unda so`z va adabiyot yaratishda fark tilida tuban turmasligini, so`z va uning ma`nosi, til bilan tafakkur orasidagi munosabat, o`zbek tilida so`zlarning ma`no boyligi, omonimiya so`z boyligi va antonimiya, so`z yasash masalalari va boshqalar haqida fikr yuritadi. A. Navoiy qadimgi greklar logos so`zini turlicha qo`llaganliklari kabi so`z bilan uning ma`nosini ko`pincha birga olgan, ajratmagan. U so`z termini so`z ma`nosida 3 ham, “ma`no”, ”tushuncha” ma`nosida ham qo`llangan.

So`zning ilmiy ta`rifi uning o`ziga hos tomonlarini va nutqning, tilning boshqa birliklari marfema va so`z birikmasidan farq qilishga yordam beruvchi mezonlarni ko`rsatib berish lozimdir. So`zning ma`nosini tushunishda quyidagi tilshunos olimlarning munozaralari yordam beradi. “So`z - bu tilning eng kichik birligi bo`lib, gap vazifalarini ham bajaradi” deb yozgan edi ingliz tilshunosi H. Sweet4. Shunga o`hshgush fikrni E. D. Polivanov aytgan: “so`z - bu potensial minimum ibora. ” Ingliz tilshunosi I. Blumfild5 esa, “So`z - bu minimal erkin shakl”, erkin shakl deb Blumfild gap o`rnida keladigan so`zlarni aytadi.

So`zning asosiy hususiyatlaridan biri bu - so`zning gap ichida bo`lishi va qo`shni so`zlardan qo`shimchalar bilan birga ajratib turishidir. Bu hususiyat uni mustaqil bo`lmagan marfemalardan ajratib turishidir. Shunday qilib, cheh tilshunosi B. Trika so`zga shunday ta`rif beradi; “so`z - bu minemal birlik bo`lib, ma`nosi aniq marfemalardan ketma-ketligidan kelib chiqadi va gap tarkibida bo`ladi.”

Tishunoslik tarixi bir tomondan so`zning fonetik hususiyatlariga asosan berilgan tariflari boshqa tomondan so`zning mantiq kategoriyasi, ya`ni tushuncha bilan o`hshash holda ta`rif berilganligini ko`rsatadi. Bunday ta`rif XIX asr tilshunoslari tomonidan ilgari surilgan bo`lib, Shved tilshunosi Adolf Nuren6 qo`lezmasida ko`rsatilgan.

A. Nuren faqatgina fonetika prinsplariga asoslangan so`z ta`rifini noto`g`ri ekanligini ko`rsatdi. Masalan, so`zlar fonetikasi faktlarini keltirib, u so`zni qandaydir aloxida qism deb emas, balki nutqning eng kichik pauzalari ekanligini isbotlaydi. Ko`pincha so`zlovchi so`zning tarkibiy ma`nosiga e`tibor bermaydi, lekin ayrim holatlarda bu juda ham muhimdir. Ayrim so`zlar ma`nosi, komponentlari ma`nosi bilan uzviy bog`liq bo`ladi.

Masalan: Buvi-grandmother ota tomonidan, buvi-grandmother ona tomonidan bir-biriga qarama-qarshi so`zlardir. Bu yerda Nuren so`zni fonetik kategoriyasiga e`tiborni qaratmoqchi.

So`zga ta`rif berish qanchalik qiyin bo`lishiga qaramasdan F. De. Sossyurning7 yozishicha “so`z – bu til markazining boshqa mehanizmlariga o`hshamaydigan va zehnimizga doim ta`sir qilib turuvchi birlikdir.”

Har qanday til sistemasining markaziy elementi, unsuri bo`lishida so`zi qandaydir morfologik, sintaktik, leksikologik va fonologik muammolar markazi bo`lib qoladi.

Qozon maktabi nomoendasi I. A. Baduen De Kurte ta`limotidan so`zlar va iboralar uchun “sintaktik atamalardir”, “gapga hos birliklardir”, o`zaklar esa marfologik atomlardir.

So`z – deydi Boduen ikki xil izohlanishi mumkin: marfemalarning yig`indisi sifatida; gap jumla xosil qiluvchi element sifatida. So`zning asosiy vazifa bu nutq birliklarining kommunikativ til qonunlari bo`yicha bevosita joylashishdir. Til bir qancha morfemalarni o`z ichiga oladi, lekin bu morfemalar8 rus, shved, ingliz tillarida muztahkam birlik ya`ni so`zga biriktirilgan. Bu so`zlarda leksik va grammatik ma`no bor.

So`zning belgili harakteri turli tushunchalarga ega. So`zning belgili harakteri tarkibiga uning faqat harflarini o`z ichiga oladimi yoki ma`nosinimi? Keling asosiy vaziyatlarni ko`rib chiqamiz.

So`z belgili til sistemasining elementidir. Shuning uchun uning harakteri bu yoki u tilning ichki bog`liklari sistemasi bilan aniqlanadi.

So`zning tovush tomonidan qaraganda u fikrlash ma`nosi bilan ifodalangan fikrni analiz qilish leksikalogiyaning asosiy vazifasidir.

So`zning tovush va so`z ko`rsatib turgan, lekin tishunoslikka tegishli bo`lmagan holatlar orasidagi bog`liqlik. So`zning eng asosiy funksiyalaridan biri ulardan kommunikativ birliklari gaplar, gap elementlari tuzilishidir.

So`zlar haqidagi fikr yuritishning asosiy maqsadlaridan biri ulardan kommunikativ birliklari gaplar, gap elementlari tuzilishidir. So`zlar haqidagi fikr yuritishning asosiy maqsadlaridan biri shundaki, ular muhokama qilgan atamaning eng asosiy qirrali harakterlarini ko`rsatadi, ya`ni bu fikrning boshqa oddiy fikrlardan ajratish qirralaridir. Masalan: so`zlarga ma`no berishda bir so`z lingvistik bo`limlaridagi so`zdan farq qilish kerak, misol uchun fonema, morfema yoki so`zlar guruhidek.

Potter quyidagi g`oyani ilgari surib shunday ezadi: “Fonema va bo`g`inga o`hshamasa, so`z tilshunoslikning bo`limi emas”. U bu usulni qulay deb gapirishni orbitireal sigmenti va nihoyat L. Blumfild tushunchasini qabul qiladi. Bu vaziyat qanday bo`lmasin, mo`rt va Potter lingvistik analizlarida so`zni qo`llayveradi.

So`z nazariyasi, uning muammolari, so`z va ma`nolarni aloqadorlikda o`rganib, til va jamiyatda juda ko`p yillardan beri o`rganib kelinmoqda.

Juda ko`p xorij tilshunoslari jumladan: V. V Vinogradov, A. I. Sminizkiy, O. S. Ahmanova, I. V. Arnold, M. D. Stepanova so`zni tilning bir bo`limi sifatida yoritib aniq namunalarga erishdilar va shunday hulosa qildilar: “So`z tilning fundamental bo`limi va dealektikaning shakl tarkibidagi uyushmasidir.”


Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish