Sonning tuzilishiga ko‘ra turi. Sonlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy kabi turlarga bo‘linadi.
Sodda sonlar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan sonlardir. Hozirgi o‘zbek tilida faol ishlatiladigan 23 ta sodda son bo‘lib, ular yozuvda arab va rim raqamlari bilan, shuningdek, harflar vositasida ifodalanadi. Ular quyidagilar: nol, bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish,yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard. Sonlarning boshqa turlari mazkur sodda sonlarning qo‘shilishi, juftlanishi, takroridan tuziladi. Ayni paytda, sodda sonlar sonning ma’no jihatdan turlarini shakllantirishda ham asos bo‘ladi: beshta, ikkala, to‘rttadan, uchov, o‘nlarcha, oltinchi kabi.
Hozirgi tilimizda sodda sonlar qatoridan o‘rin egallaydigan oltmish, sakson va to‘qson sonlari aslida olti-mish, sakkiz-o‘n, to‘qqiz-o‘n singari qo‘shma sonlar asosida hosil bo‘lgan.
O‘zbek tilida ayrim sodda sonlar so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Masalan: bir-yakka, yolg‘iz, yagona; ikki-qo‘sh, juft kabi. Shuningdek, sodda sonlar tilimizdagi ba’zi so‘zlar bilan omonim, paronim bo‘lishi ham mumkin. Masalan: pichoqning uchi, osmonga uch kabilar uch sonining, qirq (aza marosimi), arqonni qirq kabilar qirq soningomonimidir; to‘rt soni esa nutqda to‘r(uyning to‘ri) oti bilan paronim bo‘lishi mumkin.
Qo‘shma son ikki yoki undan ortiq sodda sonning birikishidan tuzilgan sonlardir: o‘n besh, yigirma sakkiz, bir yuz qirq,uchdan bir, uch butun undan ikki.
Tildagi ba’zi qo‘shma sonlar ham tarixan o‘zining sinonimlariga ega bo‘lgan. Masalan: o‘n mingtuman, yuz ming-lak, o‘n olti-bir pud kabi.
Juft sonlar ikkita har xil sonning teng aloqadagi takroridan tuzilgan sonlardir. Juft sonlar sodda va qo‘shma sonlarning quyidagi tartibda teng aloqaga kirishuvi orqali shakllanadi: a) sodda son+sodda son: bir-ikki, ikkita-uchta, bitta-yarimta, to‘rt-beshta kabi; b) sodda son+qo‘shma son: o‘n-o‘n beshta, o‘n besh+yigirmata, sakson-sakson beshta kabi; d) qo‘shma son+qo‘shma son: yigirma uchyigima to‘rt, to‘rt yuz-besh yuz kabi.
Nutqda sanoq, dona, taqsim sonlar juft holda qo‘llanganda taxmin, chama ma’nosi hosil bo‘ladi. Takroriy sonlar ikkita bir xil shaklga ega bo‘lgan sonlarning aynan takroridan tuziladi. Nutqda sanoq, dona va taqsim sonlar takroriy sonlar shaklida ishlatiladi:bir-bir, ikita-ikkita, beshtabeshtadan kabi.
Son so’z turkumi va ma’no turlari haqida.
Narsa-buyumning sanog'ini, joylashish tartibini, ish-harakatning
bajarilish tartibini bildirgan so'zlar son deyiladi. Nega? qancha, nechanchi? so'roqlariga javob bo'ladi.
Son harflar bilan ham, raqamlar bilan ham ifodalanadi.
A) arab raqamlari: 1,2,3,19,1990 (sana, sinf, yil, moddalarni ifodalashda ishlatiladi)
B) rim raqamlari: I, IV, VI, IX, V, III, XX (asr, konferensiya, anjumanlarni ifodalashda ishlatiladi).
Har qanday son raqam bilan ifodalanadi. Oz, ko'p so'zlari ham miqdorni ifodalaydi.
Eski o'zbek tilida tuman (10000), lak (yuz ming) sonlari ham bo'lgan. Boshqird, uyg'ur tilida (Dmitrev fikricha) ming (10)ni bildirgan. Tarixiy so'zlar.
Son predmetning miqdorini bildiradi. Shuning uchun gapda predmet tushunchasini ifodalovchi otga bog'lanib keladi. Maslaan: Rasulbek 4 ta gilamni mashinaga joylab bo'lguncha, terlab-pishib ketdi. (predmetning miqdorini bildiradi).
Azizbek birinchi ayolni imlab ko'rsatdi (tartib ifodalayapti).
Fe'lga bog'lanib keladi: Urgutlik tojiklarga uning bu bema'niligi malol kelgandi bir-ikki ushlab olishdi, kaltaklashdi. (S.Ahm.)
Son otga bog'lanib kelgan konkret miqdorni ifodalaydi. otga bog'lanmagan holda ham qo'llanadi. Bunda miqdor mavhum, abstrakt bo'ladi (hisoblashda, arifmetikada). Sonning nomi bo'lib keladi. Ikki qo'shuv ikki barobar to'rt. 2 ta nima ekanligi aniq emas.
I. Sonning leksik-semantik xusuciyatlari: Miqdor tushunchasini ifodalaydi. Miqdor tushunchasining nomi bo'ladi.
II. Morfologik xususiyatlari: 1) turlanmasligi: Biz ozdan keyin shoir holvafurush tandiridan yangi uzilgan ikkita non bilan juda nafis ishlangan mislangan kesma holva olib chiqdi: 4 kitob, 10 talaba 1)otga bog'lanmaganda, son bog'langan sifatlarning ot tushib qolganda (otlashadi). Turlanadi (2 xil tushunchani-miqdor, predmetni, tasavvurni aks ettiradi). (Maqol, afforizm, hikmatli so'zlarda uchraydi). Bilagi zo'r birni yiqar, bilmi zo'r mingni yiqar. (Ikkoviga birov botolmas, otliqqa yayov yetolmas) 10 bir yonda, 100 bir yonda, botir yurar maydonda.
Otlashgan son fikrni stimistik jixatdan ixcham, obrazli ifodalash uchun xizmat qiladi. Hamma turlari ham turlanmaydi, chamali son (-tacha, -lab)-lar, va kasr songa qo'shilmaydi.
1. shaxs birlik egalik sanoq son otlashgan formaga qo'shillmaydi: oltim, beshim
2. Son yasalish sistemasiga ega emas.
3.Sonning turli modal formalarin hosil qilgan forma yasovchi qo'shimchalar bor, -ta, tacha-tadan, -ov kabi. Sonning bu modal formalari predmetning to'dasini, taxminiy miqdorini, taqsimini, joylashish tartibini ko'rsatadi: beshtadan daftar, III kurs, uchala talaba.
4.Hisob so'zlari bilan qo'llanadi. 2 juft tufli, 1 so'm (pul), 1990 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |