Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi. Rim imperiyasi tashkil topishidan tortib Trayan hukmronligi tugaguniga qadar bo’lgan voqealar- bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi sifatida belgilandi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari. Bitiruv malakaviy ishini o’rganish va tahlil qilishda dialektikaning umumfan- mantiqiy, tizimli yondashuv va analiz-sintez uslublari hamda maxsus tarixiy- tarixiy-genetik, xronologik va tarixiy qiyoslash uslublaridan foydalanildi. Shuningdek, tarixiy bilmoqning xolislik, sababiylik ( determinizm), tarixiylik,tizimlilik( sistemali) tamoyillardan ham foydalanildi. Turli manba va ma’lumotlarni tahlil qilishda ularga qiyosiy va tanqidiy nuqtai nazarda yondashildi. Davr xususiyatlarini nazarda tutgan holda voqealar tarixiylik, tadrijiylik, sivilizatsion yondashuv usullari asosida umumlashtirildi va tahlil etildi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi ma’lumotlaridan umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida tarix fani darslarida, o’lka tarixini o’rganishda, oliygohlarning Tarix yo’nalishlari talabalari uchun “Jahon tarixi’, “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi”, “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” , “Harbiy san’at tarixi” kabi fanlardan ma’ruza matnlari tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining hajmi 65 betni tashkil etdi.
I BOB. RIM DAVLATINING TASHKIL ETILISHI VA U HAQIDA MANBALAR
1.1. Rim tarixihni davrlashtirish
Rivoyatlarga kora, Rim shahriga eramzdan avvalgi 753-yil asos solingan. Qadimgi Rim tushunchasi 12 asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga olgan ( eramizdan avvalgi 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugallanadi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga oladi. Rim tarixini uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko’ra, 6 davrga bo’linadi:
– Podsho rimi ( eramizdan avvalgi VII-VI asrlar ). Bu vaqtda urug’ qabila munosabatlari,tuzilmalari yemiriladi va ilk sinfiy jamiyat paydo bo’ladi.
- Ilk respublika davri ( eramizdan avvalgi V-III asrlar). U Italiyada quldorlik jamiyati va davlatning intensive taraqqiyoti bilan belgilanadi.
- So’nngi respublika davri (eramizdan avvalgi II-I asrlar).Bu vaqtda klassik qulchilik saqlanadigan Rim O’rtayer dengizi davlati tashkil topadi.
- Ilk imperiya yoki prinsipat (eramizning I-II asrlari).Bu davr Rim imperiyasining oltin davri bilan belgilanadi.
- Umumiy tushkunlik Rim imperiyasining yemirilish havfi (eramizning III asri).
- So’nggi Rim imperiyasi yoki dominant (eramizning IV-V asrlari). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilish uning bag’rida feodalizmning ilk belgilarini shakllanishi va g’arbiy rim imperiyasining qulashi bilan belgilanadi. Qadimgi rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar,spool idishlar,qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va O’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o’zida palatin,eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlari, poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Seviy Tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. 4
Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko’chalar, uylar, ibodatxonalar to’laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi birinchi mingyillikdan eramizning II asrigacha mavjud bo’lgan shahar me’morchiligi to’g’risida boy ma’lumotlar beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin,yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarga va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Eramizdan avvalgi III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi ro’l o’ynashi bilan uning tarixi to’g’risida boy ma’lumotlar to’plana boshlandi. Eramizdan avvalgi II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyutsiy Krispning tarixiy monografiyasida aks etgan.Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud bo’lgan. Rim mifologiyasi, falsafa , adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklar yetib kelgan. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildlik asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan. Eramizdan avvalgi I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dioniysiyning “Rim qadimiyatlari” nomli kitobida, Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy , madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, eramizdan avvalgi 442-yilgacha bo’lgan voqealar bayon qilinadi. Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit ( eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularning ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “Imperatorlar tarjimayi hollari” kabi to’plamlarni ko’rsatish mumkin. So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378-yiligacha bayon qilingan. 5
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Arrian (II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud. An’ana bo’yicha Rim tarixchilari shahar tarixida yettita podshoni aytib o’tadilar. Ular Romul (eramizdan avvalgi 753-715-yillar),Numa Pompiliy ( eramizdan avvalgi 715-673-yillar), Tuli Gostiliy ( eramizdan avvalgi 673-641-yillar), Ank Marsiy (eramizdan avvalgi 641-616-yillar), Tarkviniy Qadimgi ( eramizdan avvalgi 616-578-yillar), Serviy Tulliy (eramizdan avvalgi 578-534-yillar) va Tarkviniy Mag’rur (eramizdan avvalgi 534-509-yillar). Bulardan kelib chiqishi etrusk bo’lgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin.6
Tarixiy ma’lumotlar eramizdan avvalgi VI asr o’rtalarida muhim islohotlar yuz berganini ta’kidlaydi. Bu islohotlar Serviy Tulliy nomi bilan bog’liq. Tit Liviyning ta’kidlashicha, Serviy Tulliy xalq majlisida plebeylarning ishtirok qilishlariga yo’l ochib bergan. Serviy Tulliy eski tribalarga bo’linishni saqlab qolgan bo’lsada, ularni qabilalar ittifoqidan territorial bo’laklarga aylantirgan. U faqat ma’muriy okrug bo’lgan to’rtta territorial triba ta’sis qilgan. Keyinchalik, eramizdan avvalgi I asrda bunday tribalarning soni 35 taga yetgan. Plebeylarning Rim lashkari saflariga kirishlariga go’yo yo’l qo’ygan Serviy Tulliy kuriyalar bo’yicha chaqiriladigan qadimgi grajdanlarning majlisini saqlagan holda harbiylar majlisini – “Senturiya komisilari” ni barpo qilgan. Harbiylar mulkiy belgilariga qarab besh sinfga bo’lingan. Mulki 100 ming mis ass turadigan eng badavlat kishilar Birinchi sinfga kiritilgan. Ular to’la qurollangan 18 ta otliq 80 ta piyoda yuzlik berishi lozim bo’lgan. Mulki ozroq ( 75 ming ass ) bo’lgan grajdanlar ikkinchi sinfga mansub bo’lib, ular sal yengilroq qurollar bilan qurollanib, uchinchi, to’rtinchi, beshinchi sinflarga kiradigan ( 50 ming, 25 ming va 12,5 ming ass ) grajdanlar esa yengil qurollar bilan qurollanib qo’shinda o’zlari xizmat qiladigan bo’lgan. Senturiyalar komissiyasida ovozlar yuzliklar (“senturiya”-yuzlik) bo’yicha berilgan. Bir yuzlik bitta ovozga ega bo’lgan. Dastlab birinchi sinf grajdanlaridan fikr so’ralgan, ular ( yuzliklar soni hisobidan) 98 ovozga molik ekan, ammo qolgan sinflarning hammasi 95 ovozga ega bo’lgan. Eng kambag’al grajdanlar eng keying sinfga birlashgan. Ular “proletarlar “ – ya’ni “bola-chaqasidan boshqa hech nimasi yo’q” kishilar deb atalgan. Ular harbiy xizmatga yaqinlashtirilmagan.7
Har bir Rim fuqarosi 16 yoshdan 46 yoshgacha zaruriyat tug’ilganda harbiy xizmatni o’tashga majbur edi. Odatda rim qo’shini 4 legiondan iborat bo’lib, har bir legionni 4200 piyoda va 300 otliq tashkil qilardi. Piyodalar nayza keng qilich to’rtburchak qalqon bilan qurollanib, temir qaploq kiyar edilar. Har bir legionga latinlar va ittifoqchilarning kogortalari yordamga biriktirilar edi. Qo’shin tepasida konsullar turar edilar, ularga senatorlar yoki harbiy tribunalardan legatlar yordamchi sifatida berilar edi. Rim legionida birinchi qatorda 24 yoshgacha bo’lgan yigitlar nayza bilan, ikkinchi qatorda 24-30 yoshli, uchinchi qatorda keksa va tajribali 31-46 yoshgacha bo’lgan harbiy triariylar saflanib, jangga kirar edi. Rim qo’shinlarini dong’I ketgan mustahkam intizomliligi, ularning ko’p sonli g’alabalarining asosiy omili edi. Har bir legioner o’zi bilan belkurak va qoziq olib yurardi. Harbiy lager to’rtburchak shaklida qurilib, 4 darvozalli ikki ko’chadan iborat bo’lgan. Qo’shinda intizomni juda qattiq jazo va mukofotlar bilan saqlab turilardi. O’zini ko’rsatgan legionerning ko’kragiga mis taxtacha ( keyinchalik bu orden bo’lgan) taqib qo’yilar edi; legioner qo’lidagi 3-4 qator bilakuzuk uning xizmatini rag’batlantiruvchi belgi taqilar edi. Legioner uchun eng oliy mukofot deb, daraxt barglaridan qilingan gulchambar Rim fuqarosini o’limdan saqlab qolgani uchun berilar edi. Qamal qilinayotgan dushman shahrining devoriga kim birinchi bo’lib ko’tarilsa, oltin toj bilan taqdirlanardi. Lashkarboshi uchun oliy mukofot bu Rim shahridagi “ Muqaddas yo’l” bo’ylab Kapitoliy tepaligida jang aravasida ko’tarilish edi. Zafar huquqini senat g’alaba qilgan lashkarboshiga berar edi. Agar g’alaba unchalik katta bo’lmasa, zafar o’rniga “ovatsiya” ( qarsak chalish bilan olqishlash ) yoki kichik zafar belgilanar edi.8
Avval boshda Rimning butun lashkari legion deb atalgan. Keyinroq ikki konsulning har bittasi o’ziga legion tuzib, unga qo’mondonlik qilgan. Eramizdan avvalgi IV asrda konsul qo’shini ikki legionga ajratilib, butun armiyada to’rtta legion bo’lgan. Jangni odatda har bir senturiyaga qo’shib berilgan yengil qurolli kamalakbozlar, nayzabardorlar otryadi boshlab bergan. So’ngra esa gastatlar, prinsepslar jangga kirgan va faqat xavfli holat yuz bergan taqdirdagina triariylar jang maydonida hozir bo’lgan ( rimliklarda “ ish triariylargacha borib yetgan” degan gap bor). 9
Og’ir qurolli jangchining taxta qalqoni bo’lgan, qalqonning yuzi surp, buzoq terisi bilan o’rab olingan. Legionerning hujum qurollari birmuncha mukammallashtirilgan. U sanchish va chopish uchun qulay va mustahkam shamshir, dushmanga uzoqdan otish uchun og’ir va yengil nayzalar bilan qurollangan. Eramizdan avvalgi II asr oxirlarida legionerlarning asosiy quroli Pilum deb atalgan, uchi ingichka temir tayoq bo’lgan. U dushmanning qalqoni va sovutini teshib o’tgan. Legionerlarga konsullar, legatlar( konsullarning urushdagi yordamchilari) – va harbiy tribunalar qo’mondonlik qilgan. Rimliklar eramizdan avvalgi III asr boshlarida ellinistik texnika bilan tanishib, ulardan qamal qurollarini ishlatishni o’rganib olganlar. Qo’rg’onlarni qamal qilganlarida ular manjaniqlardan, g’ildirakli qamal minoralari, o’q-yoy ishlatganlar. Legionlar to’xtab turgan paytlarida rimliklarning qulay lager qura bilganliklari harbiy san’atda faxrlansa arziydigan mahoratdir. Ularning lageri bir-birini kesib o’tgan ikki chiziq bilan bo’lingan to’rtburchak xosil qilgan. Legion qo’mondonining chodiri, qurbongoh va majlisgoh lagerning qoq markazida bo’lgan. Lager suv va oziq-ovqat bilan ta’min etiladigan katta ko’chalardan biriga parallel tarzda tribunlarning chodirlari va ulardan 100 fut narida legionerlarning chodirlari joylashtirilgan. Xandaq, ko’tarma va qoziq devor bilan o’rab olingan hamda soqchilar qo’riqlab turadigan lager dushman hujumidan yaxshi himoya qilingan va xavf- hatardan holi bemalol dam oladigan joy bo’lgan. Harbiy boshliqlar aybli ish qilib qo’ygan jangchini jazolashga haqli bo’lganlar. Jangda shaxsiy qurolini yo’qotib qo’ygan jangchini tribunlar kengashi hatto o’lim jazosiga ham hukm qilgan. Jang vaqtida chekingan yoki qo’zg’olon qilgani uchun qo’mondonlar eski “detsimatsiya” odatini qo’llaganlar ,ya’ni chek tashlab har o’n jangchidan birini qatl qilganlar. Mayda ziroatchilar bilan to’ldirilib turadigan Rim respublikasining armiyasi intizomli va yaxshi qurollangan. Bu armiya eramizdan avvalgi III-II asrlarda ellinistik davlatlarning armiyalarini ham tor-mor keltirgan. 10
G’arbiy va O’rta Yevropa yerlarining bir qismida yashagan jangovar (gall) kelt qabilalarining hujumi Rim territoriyasining o’sib, kengayib borishiga barxam bergan. Eramizdan avvalgi V asrda Keltlar Alp tog’larini oshib o’tib, etrusklarni Apenindan shimol tomondagi oblastlardan surib chiqargan va Po daryosi sohillariga joylashgan. Keltlarning hujumi Italiya qabilalarini va hatto etrusklarni ham Rim jamoasi atrofiga birlashishga majbur etgan. Rimliklar “gallar” deb atagan keltlar etruriyaga bir necha marta hujum qilganlaridan keyin eramizdan avvalgi 390-yilda Rimga qarshi otlanganlar . Rimga yaqin joydan oqadigan Alliya daryosi bo’yidagi qattiq jangda gallar rimliklar qo’shinini tor-mor keltirganlar. Gallar bostirib kirgach Markaziy Italiyani yer bilan yakson qilganlar, istilochilar o’t qo’yib butun Rimni yondirib yuborganlar, unda Kapitoliydagi tosh qo’rg’on omon qolgan xolos. Gallar Kapitoliy tepaligini qamal qilishga kirishganlar. Tunlardan birida gallar Kapitoliyni ishg’ol qilishga uringanlarida ma’buda Yunon ibodatxonasidagi g’ozlar g’ag’illab shovqin ko’targan. Kapitoliy himoyachilari g’ozlar shovqini chiqqan joyga yetib kelib, gallarni uloqtirib tashlaganlar. Bu xolalat “ Rimni g’ozlar qutqargan” degan afsonaning to’qilishiga sabab bo’lgan. Gallarning hujumi to’g’risidagi rivoyatlarda noaniq ma’lumotlar ko’p uchraydi. Lekin Alliya qirg’oqlarida jang bo’lgani, Kapitiloyning qamal qilingani, Rim to’lov bergandan keyin gallarning Rimdan qaytib ketgani haqiqiy voqealardir. Keyinchalik, gallar yana bir marta Rimga hujum qilishga uringanlar, lekin bu urunish natijasiz bo’lgan, shundan keyin eramizdan avvalgi 334-yilda ular rimliklar bilan sulh shartnomasi tuzganlar. 11
Do'stlaringiz bilan baham: |