1.2. RIMDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA
Eng qadimgi davrlardan boshlab Rimda mehmondorchilik huquqi mavjud bo’lib, U Yunonistondagi prokseniyani eslatardi. Qabilalar va qabilaviy ittifoqlar o’rtasida yuzaga keladigan janjallar va anglashilmovchiliklarni tartibga solgan kohinlarning fetsiallar kollegiyasi bor edi. Birorta tashqi siyosiy tashabbusni fetsiallarning ijozatisiz na boshlab bo’lardi, na yakunlab. Xalqaro kelishuvlarni saqlash, urush e’lon qilishning va sulh tuzishning rasmiy marosimini o’tkazish fetsiallar vakolatining doirasiga kirgan.12
Boshqa qabilaga mansub kishilar bilan bo’lgan munosabatlarda Rim jamoasi va alohida fuqarolarning manfaatlarini rekuperatorlar deb nomlangan martabali shaxslar himoya qilgan. Ular rimliklar , qo’shni shaharlar va qabilalar vakillari o’rtasida paydo bo’ladigan o’zaro moddiy da’volar negizidagi janjallarni va tortishuvlarni ko’rib chiqadigan, soni 3 dan 5 gacha bo’lgan saylanma hakamlar edi. Keyinchalik, miloddan avvalgi II-I asrlarda, rekuperatorlar sudi Rim viloyatlari aholisining noiblar ustidan qilgan arzlari va shikoyatlarini ham ko’rib chiqqan.
Xalqaro aloqalarning rivojlanishi munosabati bilan Rimda xalqaro huquqning kurtaklari ham paydo bo’lmoqda edi. Buni fetsiallar huquqida ko’rish mumkin . Iqtisodiy hayotning murakkablashishi va qo’shnilar bilan tinchlik munosabatlarining rivojlanishi sari faqat Rim fuqarolariga taaluqli bo’lgan qadimgi “fuqarolar huquqi” bilan bir qatorda “xalqlar huquqi” ham vujudga keldiki, u rimliklar va chet elliklar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soldi.
Antik davrga oid diplomatik munosabatlarning tashkil etilishi va ichki tuzilishi Rimda mavjud bo’lgan siyosiy tuzumning xususiyatlarini aks ettirgan klassik davridagi Rimda xalq yig’ini faqat urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilardi, tashqi siyosatga esa Senat siyosiy rahbarlik qilardi.
Rim tarixining eng qadimgi (podsholik) davrida elchilik yuborish huquqi podshoga tegishli bo’lib, elchilar esa fetsiallardan iborat edi. Respublika davrida ushbu huquq Senat qo’liga o’tdi. Elchilar legatlar va oratorlar deb nomlangan. Elchi shaxsi odat va qonun bilan himoya qilingan edi. Elchiliklar turli maqsadlarga ega bo’lishi mumkin edi: urush e’lon qilish va sulh tuzish, shartnomalarni imzolash, bo’ysundirilgan viloyatlarning boshqaruvini yo’lga qo’yish, ihtiloflar va diniy kelishmovchiliklarni hal qilishda hakamlik qilish. 13
Senat nafaqat elchiliklarni yuborish, balki ularni qabul qilish huquqiga ega edi. Rimga yetib keladigan elchiliklar ikki toifaga bo’linardi:
Ganim davlatlarning elchiliklari;
Do’stona davlatlarning elchiliklari;
Ichki diplomatiya so’nggi antik davriga oid xalqaro munosabatlar tizimining o’ziga xos xususiyati sifatida namoyon bo’lgan. Ichki diplomatiya rivojlanishining eng yuqori cho’qqisiga Rim imperiyasi davrida chiqqan. Rim imperiyasida markaz va alohida qismlar o’rtasidagi munosabatlarning mujmalligi sharoitida na faqat tashqi va balki ichki siyosat o’rtasidagi, na ichki va tashqi diplomatiya o’rtasidagi aniq chegarani belgilashning iloji yo’qdir.
Rimda mavjud bo’lgan davlat huquqi nuqtai nazardan, har bir shahar va hatto mamlakatning maydaroq qismi mustaqil siyosiy subyekt, ya’ni davlat ichidagi davlat sifatida ko’riladi. Ushbu mustaqillikning ko’rinishlaridan biri elchilik huquqida o’z ifodasini topgandi. Yuqorida tilga olingan har bir shahar yoki ma’muriy qism markazga elchilik yuborishi, qo’shnilari bilan shartnoma tuzishi mumkin edi. Bir so’z bilann aytganda, huquqiy jihatdan mustqil birlik yoki tomon sifatida harakat qilardi.
Imperiya davrida davlat boshqaruvi butunlay imperator qo’liga o’tdi. Respublika davrida davlatning boshqaruv muassasasi hisoblangan Senat mavjud bo’lib qolaverdi, lekin imperator qoshidagi kengashga aylanib qoldi.
Tashqi siyosat va diplomatiya masalalarini boshqarib borish ham shunga mufofiq tarzda o’zgardi. Imperatorlik davrida tashqi siyosiy masalalar imperatorning (prinsepsning qaramog’ida edi. Diplomatiya imperator xizmatchilarining vazifasiga aylanib qoldi. Imperiya davrida elchilar saylanmasdi, balki barcha amaldorlar kabi, prinseps tomonidan tayinlanardi. Klavdiy davridan boshlab, (milodiy I asr o’rtalari) elchilik ishlari bilan, imperator kotibi boshchiligdagi, imperatorning shaxsiy devonxonasi shug’ullardi. Shu blan bir qatorda, ushbu devonxona imperiyaning oliy ma’muriy idorasi ed. 14
Ilk respublika davrida Rimning tashqi siyosati Latsiyada o’z ta’sirini o’rnatish maqsadida olib borilgan to’xtovsiz urushlar bilan tavsiflanadi. Etrusklar, gallar, Italiya qabilalari qarshi urushlar O’rta Italiya hududlarida Rim ta’sirining yoyilishiga olib keldi. Rim O’rta Italiyani zabt etib, Janubiy Italiyadagi yunon polislari bilan urushlarni boshladi va ularda muvaffaqiyatga erishdi. Natijada Rim boshchiligidagi Rim-Italiya konfederatsiyasi barpo etildi. Rim butun Italiyani “ divide et impera” – “ bo’lib tashla va hukmronlik qil” shiori ostida boshqargan.
Shunday qilib, miloddan avvalgi III asrda Rim o’sha davrning yirik davlatlaridan biriga aylandi va G’arbiy O’rtayer dengizi mintaqasida hukmronlik qilish uchun kurashni boshladi. Ushbu yo’nalishda Rim miloddan avvalgi IX asrda Finikiya koloniyasi negizida asos solingan Karfagen Shimoliy Afrika oligarxik respublikasi bilan to’qnashdi. Shuni ta’kidlash lozimki, O’rtayer dengizining mintaqasidagi xalqaro munosabatlarni Rim tarixidan ajralmas holda ko’rib chiqish mumkin. Demak, 100 yildan ortiq davom etadigan Puni urushlari boshlandi. Birinchi Puni urushi ( miloddan avvalgi 264-241-yillar) natijasida Rim dastlabki dengiz orti egaliklarini - Sitsiliya, Sardiniya, Korsikani qo’lga kiritdi va ular Rim viloyatlariga aylantirildi. 15
Ikkinchi Puni urushi 218-yilda boshlanib, 17 yil davom etdi. G’ayratli sarkarda Gannibal urush harakatlarini rimliklar hududida olib bordi. Gannibal Rim qo’shinlari ustidan bir necha marta g’alaba qilgan. Eramizdan avvalgi 216-yilda Kann yonidagi jang bu janglarni ichida eng mashhuri bo’lib, bu jangda Gannibal rimliklarni qurshab olib to’la mor-mor qildi. Karfagen o’z qo’mondoniga yetarli yordam ko’rsata olmadi. Gannibal biror marta yengilmagan bo’lsa-da, o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, Janubiy Italiyada qamalib qoldi. Karfagenliklar tomonga o’tgan shaharlar yana Rimni qo’llab-quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy Korpeliy Ssipion Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi g’olibona urush harakatlarini olib bordi. U Ispaniyani punilardan tozalab, Afrikaga qo’shin tushirdi. Eramizdan avvalgi 202-yilda Karfagen yaqinidagi Zam qishlog’i yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z hayotida birinchi va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi.16
G’arbiy O’rtayer dengizi mintaqasining Rim hokimiyati ostida birlashtirilishi Yunonistonning Sitsiliya va Misr va Suriyaning, Shimoliy Afrika va Italiya bilan miloddan avvalgi III asrda mustahkamlangan an’anaviy savdo aloqalariga sezilarli o’zgartirishlar kiritdi. Savdo yo’llari va iqtisodiy markazlarning boshqa joylarga ko’chishi boshlandi: Rimliklar sharqdagi ellin mamlakatlariga kirib bordi. Ikkinchi Puni urushidan so’ng Rim ekspansiyasining yangi davri boshlandi. Murakkab xalqaro vaziyat va ellin davlarlaridagi ichki inqiroz bu jarayonlarni yengillashtirdi.
Rim tomonidan sharqda olib borilgan hujumkor siyosatning sabablari va maqsadlari Rim jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqardi. G’arbdagi muvaffaqiyatli urushlar natijasida qulchilikning tez sur’atlarda o’sishi ko’zga tashlanadi. Ushbu urushlar qullar va moddiy boyliklarning katta oqimini yuzaga keltirdi. Bu jarayon iqtosodiyotda chuqur o’zgarishlarga olib keldi, tovar xo’jaligi rivojlandi. Shuning uchun Rimning tajovuzkorligi kuchaydi.
Miloddan avvalgi III asrning oxirgi yillari Makedoniyaning siyosiy va iqtisodiy jihatdan o’ta kuchayishi davri hisoblanadi. Misrning ichki qiyinchiliklaridan foydalanib Makedoniya podshosi Filipp V va Salavkiylar podshosi Antiox III ittifoq tuzishdi va Misrdan tashqarida joylashgan,lekin ushbu davlatga tegishli bo’lgan yerlarni bo’lib olishdi. Ptolomeylarning Gellespont sohili Kichik Osiyo va Egey dengizi sohilidagi polislari Makedoniyaga o’tdi. Filipning istilolari va Makedoniyani Egey dengizidagi eng qudratli davlatga aylanishi tahdidi Pergam, Rodos, Vizantiy, Afina va boshqa yunon shaharlarining Filipp V ga qarshi chiqishiga sabab bo’ldi. Shunday qilib, Egey dengizi havzasida Makedoniyaga qarshi harbiy ittifoq shakllandi. Ittifoqchilar yordam so’rab Rimga murojaat qilishdi. Rimliklar Makedoniyaning kuchayishidan manfaatdor emasdi. Birinchi Makedoniya urushi ( miloddan avvalgi 215-205-yillar) Bolqon yarimorolidagi ziddiyatlarni keskinlashtirdi va Rimning Sharqqa ekspansiyasi davrini boshlab berdi. Ikkinchi Makedoniya urushi ( miloddan avvalgi 200-197-yillar) Filipp V ning mag’lubiyati va Makedoniyaning Yunonistonda va Kichik Osiyoda ta’sirini yo’qotishi bilan yakunlandi. Uchinchi Makedoniya urushi ( miloddan avvalgi 171-168-yillar ) natijasida esa Makedoniya va butun Bolqon yarimoroli Rimga bo’ysundirildi.17
Sharqdagi tashqi siyosat Rim jamiyatining o’zida keskin siyosiy kurashlarni keltirib chiqardi. Miloddan avvalgi III asr oxiridan boshlab ikki siyosiy oqim muayyan bo’ldi-ki, ularning vakillari, Rim zodagonlari orasidagi har xil qatlamlarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettirib,davlatning tashqi siyosiy vazifalarini va ichki siyosatini turlicha tushunardilar.18
Qullarning mehnati mehnati juda arzon o’zlari esa qadrsiz edilar. Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish provinsiyalardan arzon g’allani keltrilishi Italiya dehqon xo’jaligini izdan chiqaradi. Dehqonlar g’alla o’rniga uzum va zaytun daraxtlarini o’stira boshladilar. Rimning istilochilik urushlari natijasida eramizdan avvalgi II asrda Italiyada va Sitsiliyada qullarning soni keskin o’sadi. Qul asosiy ishlab chiqaruvchiga aylandi. Yirik quldorlik xo’jaliklari latifundiyalar o’rta quldorlik xo’jaliklari villalarda yuzlab, minglab qullar ishladi. Rim huquqi qullarni buyum “ so’zlaydigan qurol “ deb hisoblar edi. Qullar eramizdan avvalgi 196-195-yillarda Etruriyada, eramizdan avvalgi 185-yilda Apuliyada qo’zg’olon ko’taradilar. Rim jamiyati va davlati asoslarini titratgan qullarning qo’zg’olonlaridan biri eramizdan avvalgi 138-132-yillarda Sitsiliyadagi qul Evnoy o’zini Antiox deb ataydi va yangi Suriya davlati tuzilganligini e’lon qildi. Kengash va xalq yig’ini tashkil etilib, Enna shahri davlat markazi bo’ladi. Qo’zg’olonga Sitsiliyaning janubi-g’arbi ham qo’shiladi. Bu yerda qo’zg’olonchilarga kilikiyalik qul Kleon boshchilik qiladi. Tez orada Evnoy va Kleon birlashib Rim qo’shinlarini yanchib tashladilar. Kleon “ podsho Antiox” ning strategi bo’ladi. Rimliklar juda katta qiyinchiliklar bilan qo’zg’olonni eramizdan avvalgi 132-yilda bostira oldilar. O’ttiz yildan keyin yana ( eramizdan avvalgi 104-101-yillar ) Sitsiliyada qoo’zg’olon ko’tarildi. Bu qo’zg’olonni bostirish uchun rimliklar orolga katta qo’shin yuboradilar. Sitsiliyadagi qullar qo’zg’oloni bilan bir vaqtda Iberiya yarim orolida iber qabilalari Rim hukmronligiga qarshi urush olib boradilar.19
Do'stlaringiz bilan baham: |