Mundarija: Kirish i-bob. O’simliklarning haroratga moslanishi



Download 337,3 Kb.
bet3/14
Sana13.02.2023
Hajmi337,3 Kb.
#910540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O’simliklarning haroratga va suvga moslanishi

Ishning obyekti: Issiqlikka va sovuqqa chidamli o’simliklar. Issiqsevar o’simliklar va o’simliklarni suvga moslanishi.
Ishning predmeti : O’simliklarning haroratga va suvga moslanish mavzusi bo’yicha olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar va manbalar.
Ishning amaliy ahamiyati: O’zbekistonda don ekinlarini sovuq urishi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kuzatiladi. Qolgan viloyatlarda sovuq urishi kam, Surxandaryo va Qashqadaryoda juda kam kuzatiladi.
O’simliklarni sovuq urishining oldini olishda tuproqni ishlash, o’g’itlash, optimal muddatda urug’larni tegishli chuqurlikka ekish, sovuqqa chidamli kuzgi navlarni ekish singari chora tadbirlar qo’llaniladi. Lalmikorlikda ixota daraxtzorlarini barpo etish, qorni to’sadigan va uni ushlab qoladigan baland bo’yli o’simliklarni ekish ham yaxshi natija beradi.
Kuz davridagi ob-havo sharoiti ham o’simlikning chiniqishida katta ahamiyatga ega. Bulutsiz, quyoshli iliq kunduz, salqin, past haroratli tunlar o’simlikning chiniqishiga qulay sharoit yaratadi, aksincha tunlar va kunduzlar iliq va bulutli bo’lsa chiniqish davrining o’tishni sekinlashtiradi. Kuz davrida havo va tuproq harorati keskin pasaysa o’simlik chiniqishni to’la o’tib ulgurmaydi va tegishli sovuqqa va qishga chidamlilikka ega bo’lmaydi. O’zbekistonning iqlim sharoitida, qish davrida, harorat ijobiy bo’lgan, ancha davom etadigan iliq kunlar bo’lib turadi. Bu davrda o’simliklar sovuq haroratga chidamliligini yo’qotishi va yana chiniqishning ikkinchi fazasini tiklashi mumkin.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 29 betdan iborat bo’lib, kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I-Bob. O’simliklarning haroratga moslanishi
1.1. O’simliklarning haroratga moslanishi haqida umumiy tushuncha
Hayvonlar singari o’simliklarda ham tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud. Chunonchi ham tanqisligiga o’simliklar turlicha moslashgan bo’ladi. Bir xil o’simliklarning bargi ustki tomondan mum qavat (fikus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigir quyruq) bilan qoplangan bo’ladi. Saksovulda barglar kichik “tangacha” ga aylangan. Yantoqning barglari mayda va qattiq, ko’pgina shoxchalari tikan shaklida, Kaktus, aloe, agavalar sero’t o’simliklar hisoblanadi. Ba’zi o’simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa, masalan ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o’sib, rivojlanib urug’ berishga ulguradi. Yantoq, suvoq kabi o’simliklar qurg’oqchilik paytida barglarini to’kish orqali o’z hayotini saqlaydi.
O’simliklarning chetdan changlanish bilan aloqador bo’lgan bir qancha moslanishlari bor. Hasharotlar orqali changlanadigan o’simliklarning gultojbarglari yirikligi, rangning xilma-xilligi, xushbo’y hid tarqatishi, nectar ajratishi bilan o’ziga jalb qiladi. Aksincha shamol yordamida changlanadigan o’simliklarning gullari mayda, ko’;rimsiz, hidsiz, changlari juda yengil bo’ladi. o’simliklarda meva va urug’larning tarqalishiga nisbatan ham bir qancha moslanishlarni ko’rish mumkin. Shamol yordamida tarqaladigan qayin, qayrag’och aylant, zarang meva va urug’larida qanotsimon o’simtalar, g’oza chigitida tuklar bo’ladi. ittikanak, sariqchoy, yovvoyi sabzi, qariqiz, qo’ytikan mevalarida ilgak, tikan, tuklar bo’lib, ular hayvonlarning juniga, qushlarning patiga, odamlarning kiyimiga yopishishi orqali uzoq masofalarga tarqaladi. Etdor, sersuv danakli va danaksiz mevalar qushlar va boshqa hayvonlar tomonidan yeyilib, hazm bo’lmagan urug’lar axlat orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Shu yo’sinda ular boshqa joylarga tarqaladi. Suv orqali tarqaladigan meva va urug’larda ham ba’zi bir moslanishlar bor.
Bayon etilganlarga xulosa qilib, biz moslanish deyilganda tirik organizmlarning ma’lum muhitda yashab, nasl qoldirishini tushunish kerakligini qayd qilib o’tamiz.
Moslanishlarning kelib chiqishi. Darvin tashqi mu hitning muayyan sharoitida organizmlardagi murakkab va turli-tuman moslanishlar qanday paydo bo’lganligini ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Darvin mulohazasi qanchalik to’g’ri ekanligini aniq lash maqsadida kapalaklar tana rangining o’zgarishiga oid ma’lumotlarni tahlil qilib chiqamiz.
XVIII-XIX- asrdan boshlab tanga qanotlilarning 70 ga yaqin turida tana rangining o’zgarganligi ma’lum bo’ldi. Bunday o’garishlarning sababi qayin odimchisi deb nom olgan kapalak turida atroflama o’rganildi. Mazkur kapalakning tanasi oq rangda bo’lib, u oq qayin po’stlog’iga o’tirganda ko’zga tashlanmaydi. Binobarin u himoya vazifasini o’taydi. Keyingi 200 yil davomida ko’pgina Yevropa mamlakatlarida zavod-fabrikalarning ko’payishi va ulardan ajralgan chiqindilar hisobiga shahar, sanoat markazlari ifloslanib, daraxt tanalari, shox-shabbalari barglari qurum, changlar bilan qoplana bordi.
Ma’lumki muhit omillarining o’zgarishi u yerda yashayotgan organizmlarga ta’sir etmay qolmaydi. Lekin bu o’zgarishlar ilgari qayd etilganidek zararli, neytral va foydali bo’ladi. shunga ko’ra qishloq joylarda mutatsion o’zgaruvchanlik natijasida qoramtir kapalaklar aydo bo’lsa, ular tezda hasharotxo’r qushlar tomonidan yeb bitirilgan. Chunki ularda himoya rangi bo’lmagani uchun hasharotxo’r qushlar ularni yaxshi ko’rishgan. Sanoat lashgan markazlarda esa bunday kapalaklar rangi, qurum bosgan daraxt tanasi, shox-shabbasi rangida bo’lgani sababli himoya vazifasini o’tagan. Shu zaylda shaharda qoramtir, qishloqda oq rangli kapalaklar son jihatdan ko’paya brogan. Hasharotxo’r qushlar ustida o’tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha chittak, moyqut va boshqa shu singari qushlar sanoat markazlarida qayin odimchi kapalagining oqish, qishlqo joylarda esa qoramtir nusxalarini ko’proq yer ekan. Genetiklarning aniqlashicha, qayin odimchisi kapalagida tana rangining hatti-harakatining o’zgarishi gen mutatsiyasiga aloqador.
Bayon etilgan ma’lumotlar tanga qanotlilarning himoya rangi irsiy o’zgaruvchanlik va tabiyi tanlanish natijasi ekanligini ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida Darvinning mulohazasi naqadar to’g’ri ekanligidan dalolat beradi.

Download 337,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish