Mundarija kirish I bob o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning nazariy tahlili


II BOB O‘QUVChILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR FAZILATLARNI ShAKLLANTIRIShNING PEDAGOGIK ShART-ShAROITLARI



Download 65,63 Kb.
bet6/10
Sana18.07.2022
Hajmi65,63 Kb.
#822254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oquvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish

II BOB O‘QUVChILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR FAZILATLARNI ShAKLLANTIRIShNING PEDAGOGIK ShART-ShAROITLARI
2.1. Davlat ta`lim standartlarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga qo’yilgan talablar.

Boshlang’ich sinf o’quvchisining xulq namunasi, ma`naviy harakati, nutqiy aloqalari samarasi o’qituvchi va o’quvchining o’z faoliyatlariga munosabatlari bilan belgilanadi. O’zbek xalqining intellektual merosni tarixiy taraqqiyot bosqichlari asosida o’rganish, tarbiyaviy mohiyatidan ta`sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarilishini ta`minlash, insoniyat tarixida shaxs va jamiyat ma`naviy madaniyatini tarbiyalashda tutgan o’rniga haqqoniy baho berish ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o’qituvchi-o’quvchi) ijodkorlikni talab etadi.


Ijodkor o’qituvchi ashyoviy va ma`naviy-ilmiy merosni, qadriyatlarning boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniyatini shakllantirishdagi imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy ilmiy merosini shakllantirishning muvaffaqiyati o’qituvchi va o’quvchi ijodkorligi omiliga ham bog’liq. Bu omilni harakatlantiruvchi shartlar mavjud bo’lib, ular o’qituvchining umumpedagogik va maxsus ixtisoslik bo’yicha chuqur bilimi; kasb mahorati; o’quvchilar bilan do’stona muloqot madaniyati; ma`naviy madaniyat darajasi; ta`lim-tarbiyaning samarali shakl va usullarini tanlay bilishi; natijani oldindan aniq tasavvur etish va pedagogik faoliyatni shunga asoslanib yo’llay olishi; qiziqish doirasining kengligi; oilaviy muhiti; maktab jamoasi ichidagi mavqei; ma`naviy qadriyatlarni o’rganishga, o’z ustida ishlashga intilish darajasi va boshqalardan iboratdir. O’qituvchi ijodkorligi omiliga e`tibor natijasida o’quvchi ajdodlar tarixi, adabiyoti, san`ati, an`analari va urf-odatlari haqida chuqur va puxta asosli bilim oladi; ma`naviy qadriyatlarning mohiyati va mazmunini tahlil etish, qiyosiy o’rganish, xulosa chiqarish, umrboqiyligini ta`minlashda faol nuqtai nazarda bo’lishga o’rganadi; ajdodlar madaniy merosi asosida mantiqiy fikr doirasi kengayadi, ta`lim-tarbiyaga yaxlit munosabat paydo bo’ladi; savodxonlik darajasi o’sadi; ma`naviy qadriyatlarni maktabda, oilada, bo’sh vaqtda chuqur o’rganishga ehtiyoj asosida faollik, ijodkorlik; tashabbuskorlik namoyon bo’la boradi; turli ijodiy ishlarga (insho, referat; annotatsiya, tezis yozish, musobaqalar, mushohadalar, oila an`anasi shajarasini tuzish; o’zbek xalqi an`analarini, urf-odatlari, rasm-rusumlari; adabiy-badiiy; ilmiy qadriyatlari asosida jadvallar tuzish va h.k.) qiziqishi ortadi. Bu xususiyatlarning shakllanishi o’quvchi ijodkorligi omiliga ham bog’liq bo’lib, u qator sifat belgilari: milliy ma`naviy merosni o’rganishga qiziqish, ehtiyoj va talabning kuchliligi; fan asoslarini egallashga ijobiy munosabati; ma`naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi, o’z-o’ziga talabchanligi; atrof-muhitga ongli va faol munosabati; ijtimoiy va shaxsiy faolligi; nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasi; tashabbuskorligi va ijodkorligi bilan xarakterlanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish va shu asosida ularda faollikni oshirish maqsadida yaratiladigan ta`lim va tarbiya qator omillarga e`tibor berishni talab etadi. Ularni quyidagicha guruhlantirish mumkin:

  • ta`lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliy xarakteri;

  • ijtimoiy omillar, ta`lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish, mustaqillik, erkinlik, oshkoralik va tenglik;

  • hududiy omillar: o’quvchi yashayotgan o’lka milly madaniy merosini mazmuni qamrovi, boyligi, tarixiy o’rni va ahamiyati;

  • maktab va sinfning moddiy-texnik bazasi, maktab kutubxona fondi, muzey va ma`naviy qadriyatlarni o’rganish markazlari, to’garak faoliyatining mazmunan rang-barangligi.

Mazkur omillarning pedagogik ahamiyati, uning o’ziga xos xususiyatlari va holatlari hisobga olingan taqdirda ilmiy meros tizimini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ajdodlarimizning milliy-ma’naviy merosi tizimini o’rganishda har bir mashg’ulot, tarbiyaviy tadbir o’quvchilar ongida ma`naviy madaniyatning yagona ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishi, shaxsiy hayotda, jamiyatda o’z o’rnini topishga erishishi; milliy ma`naviy madaniyat tizimi tarbiyaviy mohiyatini anglab еtish malakalarini shakllantirishi; o’z ma`naviy faoliyatining natijalarini oldindan ko’ra bilishga o’rgatishi; tabiat va jamiyat, inson va u yashaydigan muhit haqida ilmiy bilim bilan qurollanishi kerak. Milliy-ma’naviy merosni shakllantirish maqsad va vazifalarini ijobiy hal etishda mashg’ulotlarning xarakteriga mos ma`naviy muhit yaratish uchun barcha omillarga tayanish talab etiladi. Chunki, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi faoliyat jarayoni shu faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning ma`naviy talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit yaratilishini taqozo etadi.
Bunday ma`naviy muhit uchun o’qituvchi bilim saviyasining o’quvchilar talabiga mosligi; o’qituvchi uslubiyatidagi rang-baranglik; o’qituvchi va o’quvchi, maktab pedagogik jamoasi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatlarning sofligi; sinf jamoasini o’quv qo’llanmalari, o’quv vositalari bilan ta`minlash darajasi; maktabning moddiy va ma`naviy bazasi (kutubxona fondi, o’quv zallarining mavjudligi, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari bilan ta`minlanishi va h.k.); o’quvchi oilasining ma`naviy muhiti (oila a`zolarining o’zaro munosabatlari, bo’sh vaqtni tashkil etishga e`tibor va h.k.) kabilar muhim rol’ o’ynaydi.
O’quvchi ma`naviy muhitning faoliyat jarayonida xulq namunasi orqali o’z ma`naviy qiyofasini namoyon eta boradi. Bu o’rinda subyektning shaxsiy va ijtimoiy harakati nutqiy aloqalar, pedagogik muloqot zamirida shakllanib, takomillashadi.
Pedagogik muloqotda o’qituvchi shaxsining sifatlari va uning xatti-harakatlari o’quvchining ideali sifatida namoyon bo’ladi. O’quvchining o’qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari uning xatti-harakati, pedagogik mahorati, ma`naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni tashkil etish ham ijobiy natija bermaydi. O’qituvchi subyekti bilan o’quvchi obyekti o’rtasidagi qattiq intizom ham pedagogik jarayonga salbiy ta`sir etadi va obyektning ichki hissiyoti hamda shaxsiy sifatlariga bevosita salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarida ajdodlarimiz milliy-ma’naviy merosining tarkib topish belgilari: ma`naviy ehtiyoj, talab, qiziqish, o’z-o’zini anglashi, ma`naviy muhit va faoliyat jarayonida turli omillar: o’quvchi shaxsining xulq namunasi, xatti-harakati, o’zaro nutqiy aloqasi, o’qituvchi va o’quvchi ijodkorligi kabi omillar ta`sirida shakllanib boradi. Bunga dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida e`tibor berish talab etiladi.

2.2. O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shakl, metod va vositalari.

O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini nafaqat dars jarayonida, balki, darsdan tashqari tarbiyaviy jarayon bilan uzviy ravishda olib borish ayni maqsadga muvofiqdir. Bunda tanlab olinishi kerak bo’lgan metodikalar, usullar o’qituvchi va ota-ona o’rtasidagi aloqalar orqali oydinlashadi. Ya’ni, o’qituvchining tanlab olib qo’llashi kerak bo’lgan metodikalari ota-ona tomonidan bolaga nisbatan qo’llaydigan metodikaga mos bo’lishi, bir-birini to’ldirishi lozim. Bu o’z navbatida ota-ona bilan o’qituvchi o’rtasida hamisha uzviy aloqa bo’lishini taqozo etadi va ta’minlaydi.


Dars jarayonida milliy-ma’naviy merosni sharhlab o’rganish o’quvchilarda ma`naviy madaniyatini shakllantirishda muhim usul hisoblanadi. Bu usul o’quvchiga o’rganiladigan milliy-ma’naviy meros mazmunini chuqur o’zlashtirishga yordam berish bilan bir qatorda, o’quvchi ko’z o’ngida o’tmish ajdodlarning milliy madaniyatini to’liq gavdalantirishga xizmat qiladi. Biz olib borgan tajribalar natijasi dars jarayonida o’quvchining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning quyidagi tizimini aniqlash imkonini berdi:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosni o’rganishda “Hadis”, “Navro’z”, “Mehrjon” va boshqa qadriyatlarning yaratilishi, paydo bo’lishi, maqsadi, ular yaratilgan ijtimoiy tuzum xarakteri va xalqning ma’naviy qiyofasini anglashga yordam beradi.

  2. Milliy-ma’naviy meros tahlilida uchraydigan notanish, arxaik, tarixiy dialektizm, chet el, kasbiy so’zlarni izohlash, ya`ni lingvistik sharh. Bunday izoh boshlang’ich sinf o’quvchisining so’z boyligini oshiradi, nutq madaniyatiga ijobiy ta`sir etadi, notanish so’zlar qo’llanilgan davr, shu davrning ma`naviy olami haqidagi bilim saviyasini o’stiradi, dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir etadi.

  3. Sharq xalqlarining ilmiy dunyoqarashi bilan bog’liq bo’lgan qadimiy milliy urf-odatlar, an`analar, udumlar, qadriyatlar bilan bog’liq bo’lgan so’zlar sharhi, ya`ni tarixiy-milliy-ma’naviy (intelektual) meros.

  4. O’qish, odobnoma darslari mazmuniga singib ketgan yoki aynan tarbiyaviy maqsadni ko’zlagan holda ishlatilgan xalq donishmandligi namunalari xalq maqollari, matallar, pandnomalar, ibratli so’zlar, obrazli iboralar, mubolag’ali o’xshatishlar va h.k. izohi, ya`ni tarixiy-adabiy sharh.

  5. Sharq xalqlari qabilalari, shajarasi, turar joylarining nomlari bilan bog’liq so’zlarning tarixiy-geografik sharhi.

  6. Ajdodlarimiz milliy-ma’naviy meros qirralari bilan bog’liq iboralar bayoni. Bunday bayon o’quvchini sharq xalqlarining qadimiy kasb-kor turlari, xarakteri, kiyinish madaniyati, qurol-aslahalari, musiqa yodgorliklari, me`morchilik, haykaltaroshlik san`ati va boshqalar bilan atroflicha tanishtirish imkoniyatiga ega. Mazkur guruhlardagi sharhlardan asosan 3-4-sinflarda o’rganiladigan o’qish darsligidagi ajododlarimiz merosi bo’limi namunalaridan “To’maris” va “Shiroq” afsonalari, “Devonu lug’otit turk”, “Qutadg’u bilig”, “Qissai Rabg’uziy”, “Farhod va Shirin”, “Suhayl va Guldursun” dostonlari, “Temurnoma”, “Temur tuzuklari”, turli xarakterdagi bayram meroslari, ilmiy-tarixiy, ma`rifiy manbaalar, xalq pedagogikasi an`analari va boshqalarning mazmun mohiyatini o’rganishda foydalaniladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari nuyon, qo’ng’irot, barlos, qalmiq, mang’it, biy, shak kabi urug’lar ajdodlarimizning to’y va motam marosimlari bilan bog’liq urf-odatlar, udumlar (kampir o’ldi, “soch siypatar”, qo’l ushlatar, sarpo tarqatish), mehmondorchilik udumlari, milliy taomlar, kavush, rido, chakmon taqya, kimxob to’n, xonatlas, choriq kabi o’zbek xalqining milliy kiyim-kechaklari, Qo’ng’irot, Boysun, Bobotog’, Makka, Madina va boshqa qadimiy joy nomlari, chavandozlik, qilichbozlik, terantozlik kabi sharq xalqlarning kasb merosi tarixi bugungi kundagi ahvoli haqida ma`lumot oladilar.

O’qish kitobidagi milliy-ma’naviy meros matni mazmuni yuzasidan o’tkaziladigan suhbat, uni sharhlash, turli qiziqarli topshiriqlar, vazifalar bajarish, savollarga beriladigan har tomonlama mukammal javoblar o’quvchilar tomonidan matnning mazmun va mohiyatini tushunganlik hamda o’zlashtirganlik darajasini belgilaydi, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi, o’tilgan materialni mustahkamlashga xizmat qiladi, ularning monologik va dialogik nutq madaniyatini shakllantirishga olib keladi. Bundan tashqari multimediyali prezintatsiyalardan foydalanish, masalan: tarixiy obidalarning tasviri, udum va marosimlar tasvirlangan filmlarni o’quvchilar e’tiboriga havola qilish orqali ularda milliy-ma’naviy merosga bo’gan ijobiy munosabatni rivojlantirish bilan bir qatorda kompyuter savodhonligini oshirish va o’quvchilarni keng ma’noda faollashtirish mumkin.
Boshlang’ch sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosini o’rganishga ijodiy munosabat, faollik, o’tmish adabiyoti, tarixi, urf-odatlari, san`ati, an`analarining mohiyatini puxta o’rganish asosida ma`naviy ehtiyoj, talabni qondirish, qiziqishni o’stirish mustaqil ishlar orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining uzviy bog’langan tomonlaridir. Mustaqil ishda o’quvchi o’z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o’z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantiradi, dunyoqarashi va ma`naviy saviyasini namoyon etadi. Qolaversa, o’quvchilar do’stlik munosabatiga asoslangan jamoaviy faollikka erishadi. Bunda o’qituvchi va ota-ona, jamoat tashkilotlarining hamkorligi asosiy tayanch vazifasini o’taydi. O’quvchilarni asori-atiqalarga sayohatlarga olib borish ham samarali natija beradi.
O’qish va odobnoma darslarini o’qitish jarayonida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar og’zaki (savollarga og’zaki javob tayyorlash, o’zbek fol’klori manbaalarini yodlash va mazmunini tahlil etish, asardan ma`lum parchalar o’qish va hikoya qilish, darslik bilan ishlash, mavzuga mos hayotiy misollar topish va so’zlab berish va h.k.) va yozma (o’qituvchi qo’ygan savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, rasmlar chizish, ma`ruza, referat, tezis, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish, kartochkalarga yozma javob berish, avlodlar shajarasini tuzish va h.k.) shaklda amalga oshiriladi. Yuqoridagi jarayonga tizimli yondashsak, o’quvchilarni faollashtiribgina qolmay, ularda milliy ongni o’stirishga, milliy gu’rurli va o’zligini anglagan yoshlar bo’lib voyaga еtishlarini ishonch bilan ayta olishimiz mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqi milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan yana biri bu - fanlararo integratsiyalashdir. Bu o’qituvchiga bog’liq. Faqat tanlangan fanlar mantiqan bog’liq bo’lishi muhimdir. Shu bois ham biz o’qish, odobnoma, tasviriy san`at fanlarini mantiqiy bog’liqligini hisobga olgan holda tanlab oldik. Chunki, o’qish darslarida ham bolaga ta`lim berish bilan birga o’zbek xalqi milliy ma’naviy merosi haqida bilim berib boriladi, tasviriy san`at darslarida ham huddi shunday. Demak, o’qish darsi mavzularini yana takrorlab o’tilishiga yo’l qo’ymasdan bir darsning o’zida uyg’unlashtirish mumkin bo’ladi. Fanlarni integratsiyalash o’quvchilarni haqiqiy ma’noda faollashtiradi, vaqtdan unumli foydalanish ko’nikmasini hosil qiladi, o’qituvchini metodikalar bilan ishlash konikmasini oshiradi, o’qivchilarning individual qobiliyatlarini namoyon qilib, ulardan unumli foydalanish holatini yuzaga keltiradi. Har bir o’quvchining qiziqishiga asoslangan qobiliyati rivojlanib boradi. Bu jarayonlar o’z navbatida to’la o’zlashtirishga erishishni ta’minlash bilan bir qatorda ta’lim samaradorligini oshishini ta’minlaydi.
Masalan: o’qish, musiqa, odobnoma, tasviriy san`at darslarining uyg’unlashtirilishi natijasida amalga oshadi. Ushbu talablarni bajarish zamirida o’quvchilarni bilish, tushunish, qo’llash, tahlil qilish, sintez qilish, nazorat qilish va natijani baholash bilimlari shakllanadi. Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini 1-sinflarda integratsion loyihalashni amalga oshirishda eng avvalo o’qish, tasviriy sana’t, odobnoma, fanlari bo’yicha DTS talablari asosida tashkil etilgan ishchi reja va darsliklar ko’zdan kechirildi. Bularning ichidan bir-biriga mos bo’lgan, bir-birini to’ldiruvchi mavzularni muvofiqlashtirib, bir soatli “O’qish sana’ti” fani hosil qilindi. Quyida o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha 1-sinflar uchun haftada bir marotaba o’tkaziluvchi integratsion mashg’ulotning texnologik xaritasi keltirildi. (misol tariqasida)


Download 65,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish