Mavzu: O`quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB O‘QUVChILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TIZIMINI ShAKLLANTIRIShNING NAZARIY TAHLILI
1.1. Umuminsoniy qadriyatlarni va ijtimoiylashtirishning o‘zaro aloqadorligi
1.2. Fazilatlarni shakllantirishga doir zamonaviy yondashuvlarning mazmuni va mohiyati
II BOB O‘QUVChILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR FAZILATLARNI ShAKLLANTIRIShNING PEDAGOGIK ShART-ShAROITLARI
2.1. Davlat ta`lim standartlarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga qo’yilgan talablar.
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shakl, metod va vositalari.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Jahonda XX asrning o‘rtalaridan boshlab ta’lim sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan barcha ishlarga kelajakka qo‘yilgan investitsiya deya qaralmoqda. Ta’limning barcha bo‘g‘inlari sifatini ko‘tarish bilan bir qatorda jamiyatda ijtimoiy-lingvistik strategiyalarning samaradorligini oshirish dolzarb vazifa qilib qo‘yilmoqda. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy еtuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko’zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo’lda bizga doimo mash`ala bo’ladigan, yo’limizni charog’on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Yurtimizda buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an’ana va tajribalarga asoslanib, aql-u idrok bilan amalga oshirilmoqda. Har bir xalqning ta’lim –tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik fikr taraqqiyotiga xizmat qilib, bola tarbiyasi haqidagi tasavvur va qarashlarni ifodalaydi. Har bir ota-ona o’z farzandini barkamol bo’lishini istaydi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farzandlar kamoli – ota-ona jamoli” degan naql bor. Huddi mana shu narsa, ota-onalarning orzu-umidi ham, an’ana sifatida avloddan-avlodga o’tib keladi. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o’zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti, o’ziga xos tarixiy–etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turlicha bo’lishi shubhasiz. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.
Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda1. Yurtimizda amalga oshirilayogan islohotlarning muvaffaqiyati ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirish, uni hozirgi zamon talablari darajasiga ko‘tarish, shu jamiyatda yashayotgan fuqarolarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishga bog‘liq. Shu maqsadni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish va boshqa vazifalar ta’lim tizimi sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi2.
Yuksak ma’naviy madaniyat, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash muammosi siyosiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’naviy-madaniy cohalarda islohotlar jadallik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, jahon ta’limi standartlari darajasida shaxsga ta’lim berish va ijtimoiy tarbiya samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish talabi ta’lim tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.
Yoshlar ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalari chuqur o‘rin olishi uchun milliy mustaqillik tafakkurining asosiy negizlari sifatida xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy ozodlik kurashlari, iqtisodiy ravnaqi, allomalarimizning jahon faniga qo‘shgan hissasi, milliy-ma’naviy merosimizga murojat etishimiz lozim. Bugungi kunda mustaqillik tafakkuri jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, ahloq, ma’rifat kabi qadriyatlar turishi kerak.
Milliy mustaqillik tafakkuri insoniyat xayotining turli sohalarida turlicha shakl-mazmunda sodir bo‘layotgan hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan, o‘z hak-huquqini taniydigan va uning uchun kurashadigan, o‘z kuchi va imkoniyatiga tayanadigan mamlakatning tenglar dunyosidagi tengligini ta’min etishga undaydigan, yo‘naltiradigan aqliy-ruhiy salohiyatdir.
Milliy mustaqillik tafakkuri – mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va hurmat, Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va uning kelajagi oldidagi ma’sullik xissidir. Mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxs jamiyatda o‘zini dadil va erkin tutadi, barcha voqea va hodisalarga xolis baho bera oladi, o‘z fikri va g‘oyalarini ishonch bilan bayon etadi, o‘z yurtining haqiqiy egasi ekanligi bilan faxrlanadi.
Milliy mustaqillik tafakkuri shaxs ma’naviyatini rivojlantirish bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, yuksak ma’naviy fazilatlar, ma’naviy еtuklik va ma’naviy qiyofani tarkib toptirishni talab etadi.
Ma’naviyat – insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi muhim omil hisoblanadi. Inson tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Faqatgina moddiy jihatdan kifoyalanish ongsiz va ruhsiz maxluqotlarga xos bo‘lgan xususiyatdir. “Inson uni inson darajasiga ko‘taradigan asoslarning asosini o‘z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi. Inson o‘zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o‘ylab mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”.
Shu bois insonning erkinlikka, adolatga, kamolotga intilishi, ijod qilishi ma’naviy ehtiyojlari tufaylidir. Inson o‘z tabiatiga noloyiq holda emas, balki unga munosib ravishda yashamog‘i lozim.
Ma’naviyat ijtimoiy hodisa sifatida birgina shaxs ongiga bog‘liq bo‘lmasdan, uning taraqqiyoti, rivoji umummilliy tajriba orqali amalga oshadi. Ma’naviyat inson ruhiyati va amaliy xatti-harakatda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun u avvalo, alohida shaxs faoliyati bilan bog‘liq tushunchadir.
Ammo shaxs jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, jamiyatdan tashqarida o‘z insoniy mohiyatini yo‘qotar ekan, ma’naviyat insonni o‘zga odamlarga, jamiyatga, butun borliqqa daxldorligini anglash imkonini beradi. Shu jihatdan ma’naviyat ijtimoiy mazmun kasb etadi. Demak, har bir kishi o‘zining yashash tarzi, o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatiga jiddiy e’tibor qaratmasdan turib, jamiyatda biror-bir muammoni samarali hal etishi mumkin emas.
Bugungi kunda har qanday milliy tiklanish va milliy rivojlanishning asosi bo‘lgan ma’naviy meros, urf-odatlar, an’analar, yuksak qadriyatlar, tarixiy xotira xalqimizga qaytarildi. Milliy o‘zligi, huquqlarini tobora teranroq anglab borayotgan xalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish yo‘lida bu boy imkoniyatlardan foydalanish, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga, O‘zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyat qurish, milliy mustaqillik tafakkurini takomillashtirishga yo‘naltirishga safarbar etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi.
Hozirgi kunda Respublikamizda milliy qadriyatlarni o’rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sababi boy milliy qadriyatlarimiz tarixini o’rganmay turib, ularning bugungi holatini tahlil qilish va kelajagi haqida fikr yuritish qiyindir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko`p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy ma`naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo`lganlari qadriyat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |