Global ekologik muammolar va yechimlar
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida global iqlim o‘zgarishi muammolari, uning inson salomatligi, ekologik muvozanat hamda iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.Umarov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mintaqaviy va global ekologik muammolarning oldini olish hamda ishlab chiqarish tizimiga ekologik sof texnologiyalarni joriy etishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Bugun jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan va barqaror rivojlanishga tahdid tug‘dirayotgan global iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish, atrof tabiiy muhitga munosabatni yaxshilash borasida yurtimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ekologik muvozanatni barqarorlashtirish maqsadida mamlakatimizda 1993 yilda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, amaliy, o‘quv-uslubiy tadbirlar, aholi orasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazib kelinayotir. Bu borada ikkita milliy ma’ruza tayyorlandi va taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19 sentabrdagi “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror asosida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiqlik gazlari emissiyasini kamaytirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kimyo korxonalarini rekonstruksiya qilish, havoga chiqarilayotgan zararli gazlarni kamaytirish, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir.
Anjumanda iqlim o‘zgarishi muammolari va unga moslashish yo‘llari, yurtimizda issiqlik gazlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaralari, tabiiy muvozanatni asrash, inson salomatligini muhofazalash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha bajarilayotgan loyihalar natijalari va galdagi vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Orol va Orol bo'yi ekologik muammolari
Tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlar ma`lum qonuniyatlar asosida borib, uning buzilishi ertami-kеchmi ekologik halokatga olib kеladi.
Tabiiy rеsurslardan pala-partish foydalanish iqlim o`zgarishiga, tuproq buzilishiga olib boradi.
O`zbеkiston rеspublikasi bozor tavsiflanadi. Rеspublikamizda tabiatni muhofaza qilishning mintaqaviy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarish bilan bog`liq holdagi nisbatan kichik xududda aholi zichligi. Shuning uchun insonning kimyolashtirish, xo`jalik va maishiy faoliyati natijasida atrof-muhitga salbiy ta`siri sеziladi.
Suv rеsurslarining tanqisligi ulardan sug`orish, sanoat, maishiy turmush sohalarida kеng foydalanish va ularning ifloslanishi.
Rеspublika xududining bir qismi tog` oraliqlarida bo`lgani uchun tabiat-iqlim xususiyatlari bilan xavfli zona (atmosfеra zararli moddalarning to`planishi bo`yicha) hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda sug`oriladigan dеg`qonchilikda suv rеsurslaridan asossiz va noo`rin foydalanish natijasida Orol va Orol bo`yi muammosi vujudga kеldi. Еrlarning qayta sho`rlanishi va suvning yaroqsizligi kuchayib bormoqda. O`simliklar xomashyosidan foydalanish, chorvani bеtartib o`tlatish, tabiiy manzaraga rеkratsion tazyiq rеspublikadagi ekotizimlarning mahsuldorligini kamayishiga olib kеlmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |