To’rtinchi guruh – “Bilimdon” deb nomlanib, ularga davlatimiz gerbi haqida ma’lumot berish topshirig’i berildi. O’quvchilar gerbimizni ta’riflab berishga harakat qilishdi.
Darsning mazmuni.
Har bir guruh vazifasini bajarganidan so’ng, elementar jismoniy harakatlar bajartiriladi. Topshiriq bajarishga qiynalayotgan guruhchalarga o’qituvchi ko’mak beradi. Guruhlar bilan ishlash jarayonida o’qituvchi kichik jismoniy harakatlar bajartirishi bunda darsning har minutidan unumli foydalanishi lozim. Quyida keltirilgan testdan foydalanib, o’quvchilarninig o’zlashtirish jarayoni tashxislab borish mumkin.
3. Test bilan ishlash.
1. Madhiyamiz muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Quddus Muhammadiy C) Po’lat Mo’min.
2. Vatanimiz paytaxti qayer?
A) Samarqand B)Toshkent C) Buxoro
3. Qaysi davlat ramzimizda humo qushi tasvirlangan?
A) Gerbimizda B) Bayrog’imizda C) Madhiyamizda
4. Bayrog’imizda nechta yulduzcha bor?
A) 4 ta B) 8ta C)12 ta
5. Prezidentimiz kim?
A) Abdulla Oripiv B) Amir Temur C) Islom Karimov
O’qituvchi har bir guruhni mehnatini baholab, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Qayta aloqa o’rnatib o’zlashtirishda qiynalayotgan o’quvchilar bilan individual usullar orqali ish olib boradi. Faol ishtirok etgan va g’olib bo’lgan guruh a’zolariga minnatdorlik bildirib, a’lo baho va guruhlar orasida еtakchi va g’olib bo’lganligi uchun tabriklaydi va boshqa guruhlarga ham yanagi darslar jarayonida faol bo’lish kerakligi tushuntiriladi. Dars jarayonida o’qituvchi qaysi guruh topshirig’i to’la ochib berilmagan bo’lsa, o’sha jihatlarini o’zi to’ldirib boradi. Bolalarga humo qushi va uninig ramziy ma’nosi, u haqidagi bobolarimizdan qolgan rivoyat va ertakni so’zlab beradi. U bizning milliy g’ururimiz ifodasi ekanligi ochib beriladi.
Darsni yakunlash va mustahkamlash: dars yakuni sifatida o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda dars bo’yicha yakuniy xulosa yasaydi. Xulosani she’riy tarzda ham yakunlash mumkin. Dars o’quvchilarga vazifa berish bilan yakunlanadi. O’qituvchi uyga vazifa sifatida har kim ota-ona va buvi-bobolaridan humo qushi haqida nimalarni (she’r, ertak, rivoyat, topishmoq, tez aytish) bilishini so’rab, biror ma’lumot olib kelishi uqtiriladi. Kim yaxshi ma’lumot olib kelsa, rag’batlantirilishi ta’kidlab o’tiladi.
XULOSA
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ta’lim tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi bilan belgilangan. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita ta’luqlidir. Magistrlik ishida ifoda etilgan barcha g’oyalar ana shu metadologik qoida atrofida rivojlanib bordi.
1. O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari – dolzarb pedagogik muammo ekanligi isbotlandi.
2. O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari metodikasi ilmiy asoslandi va o'quv amaliyotiga tadbiq etildi. O'quvchilarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish modeli, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda sinovdan o'tkazildi.
3. O’quvchilarini faolligini oshirishda o’zbek milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish jarayonida ta'lim-tarbiya uzviyligi ta'minlandi, ularda o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosi haqida bilim olishga motivatsiya uyg'otish usullari ishlab chiqildi.
4. O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish ularning o'quv va amaliy faoliyati samaradorligiga ijobiy ta'sir etib, ularda shaxsiy va kasbiy sifatlarning kamol topishiga omil bo'ldi. O'quvchilarning kasbiy bilimlari va o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlari mustahkamlandi, ularda ilmiy faoliyat bo'yicha amaliy ko'nikma va malakalar shakllantirildi.
5. O ’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi mazmunini yangilab borish va o'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishdagi bilimlarini shakllantirish obyektiv zarurat bo'lib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bunda nazariya bilan amaliyotning uzviyligini ta'minlash zarurati tajriba-sinov ishlari jarayonida o'z ifodasini topdi.
6. O ’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga oid “O’qish”, “Odobnoma” fanlarini o'qitish bo'yicha ishlab chiqilgan metodika va maxsus kursni amalda joriy etish va tajriba-sinov ishlari natijalari umumta`lim maktakblari boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish borasida samaradorlikka erishilganini ko'rsatdi.
Hozirgi kunda pedagogika fani oldida kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri kuchli demokratik jamiyat qurishning ma’naviy ma’rifiy zaminini yaratishdan iborat. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollahtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan unumli foyfalanish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalashdek umumdavlat, umummilliy dasturni bajarishga yordam berishi, shak-shubhasizdir.
Shuning uchun ham “Maktabni rivojlantirishga qodir, uni shaxs va jamiyatni rivojlantirish omiliga aylantira oladigan tilsimotni faqat milliy- mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda maktabni demokratlash, insonparvarlashtirish orqaligina erishish mumkin” deyiladi. O’zbekiston Respublikasining umumiy o’rta ta’lim maktabi to’g’risidagi vaqtinchalik nizomda. Zero, bunday vazifani to’la-to’kis amalgam oshirish uchun O’zbekiston maktablarining o’quv-metodika ta’minotini, maqsadlari, vazifalari, tizimi, mazmuni, boshqarish va tashkil qilishning shakl va usullarini Respublikaning milliy madaniy an’analariga, uni hozirgi ijtimoiy – iqtisodiy holati va istiqboliga mutanosib holda takomillashtirish zarur. Buning uchun avvalombor, barcha o’quv yurtlari, oila, ishlab chiqarish jamoalari, madaniy muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlash va takomillashtirishi lozim. Bunda asosan xalq ta’limining eng asosiy qonuniyatlaridan biri yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda maktab, oila, jamoat tashkilotlari mehnat jamoalarining hamkorligi muhim va hal qiluvchi omillardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |