Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarni boshqarishni va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar berishdan iborat.
Muallif tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan:
bo‘yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqish.
Ilmiy ishning ob`ekti.Ilmiy izlanishning ob`ekti sifatida mahalliy moliya idoralari faoliyati va mahalliy byudjetning tarkibiy qismi tuzilishi olingan. Shuningdek ishda Buxoro viloyati mahalliy byudjeti amaliyotidan keng foydalanilgan.
Ilmiy ishning predmeti. Ilmiy ishning predmeti sifatida mahalliy byudjet munosabatlari va mahalliy byudjetlarni boshqarish jarayonlarini ilmiy o‘rganish olingan.
Ilmiy ishning axborot bazasi.Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda O`zbekiston Respublikasi qonunlaridan, Moliya Vazirligining me`yoriy hujjatlaridan, Buxoro viloyati moliya boshqarmasining ma`lumotlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida asoslangan xulosa va takliflarni O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini moliyaviy rejalashtirish ishlarini takomillashtirish uslubiyotida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi.Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari, bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti, nazariy-amaliy ahamiyati hamda bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi ko‘rsatilgan.
Birinchi “mahalliy byudjetning iqtisodiy mohiyati” nomli bobda mahalliy byudjetning iqtisodiy mohiyati, hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va me’yoriy huquqiy asoslari keltirilgan.
Ikkinchi “o‘zbekiston respublikasida mahalliy byudjetlarni boshqarishni takomillashtrish yo’llari” nomli bobda mahalliy byudjet daromadlarini oshirish va xarajatlarini muvofiqlashtirishning asosiy mexanizmlari, mahalliy byudjetlarni samarali boshqarishni yaxshilash yo‘llari kabi masalalarga to’xtalib o’tildi. Uchinchi “buxoro viloyati mahalliy byudjetining hozirgi holati tahlili” bobida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari shakllanishining tahlili, Buxoro viloyati mahalliy byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi, ulardagi o’zgarishlarga to’xtalib o’tildi.