Mundarija: kirish I bob mahalliy byudjetning iqtisodiy-nazariy asoslari va byudjet tizimida tutgan o`rni


-rasm. Buxoro viloyati mahalliy byudjeti ijrosining 2012-2015-yillardagi asosiy tendensiyalari30



Download 243,31 Kb.
bet14/17
Sana29.11.2022
Hajmi243,31 Kb.
#874765
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mahalliy byudjet moliyaviy mexanizmi va boshqaruvini takomillashtirish yo’nalishlari

3-rasm. Buxoro viloyati mahalliy byudjeti ijrosining 2012-2015-yillardagi asosiy tendensiyalari30.
Ushbu masala muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli Respublikamiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 2016-yil 16- yanvarda bo‘lib o‘tgan 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasida byudjet mablag‘lari sarflashda mahalliy hokimiyatlarni rolini oshirish, daromadlarni katta qismini va ayniqsa rejadan oshiqcha yig‘ilgan mablag‘larni to‘liq mahalliy organlar ixtiyorida qoldirish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ma'lumki, respublikadagi viloyatlar mahalliy byudjetdagi daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqqan holda, respublika byudjetidan yordam oluvchi va aksincha daromadini bir qismini respublika byudjetiga o‘tkazuvchi mintaqalarga bo‘linadi. Shu nuqtai nazardan viloyatga tegishli tumanlar mahalliy byudjetlari daromad va xarajatlar ijrosiga qarab ko‘mak beruvchi va oluvchi tumanlarga ajratish mumkin. Buxoro shahri, Kogon tumani va Qorovulbozor tumanlari xarajatlari doirasida byudjet daromadlari yuqori. Ammo shunday tumanlar mavjudki, o‘z mahalliy byudjeti daromadlariga qaraganda 2-5 baravar ortiq xarajat qiladi. Ular Peshku, Shofirkon, Qorako‘l, G‘ijduvon, Buxoro, Vobkent tumanlari shular jumlasidandir. Albatta ularning mahalliy byudjet taqchilligi ko‘maklashuvchi va respublika byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi(4-ilova).

XULOSA VA TAKLIFLAR.
«Mahalliy byudjetning moliyaviy mexanizmi va boshqaruvini takomillashtirish yo’nalishlari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yakunida quyidagi xulosa va takliflar tayyorlandi.
Xulosalar:

  1. Davlat byudjetining vazifalarni amalga oshirishda mahalliy byudjetlar tizimini samarali boshqarish va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish muhim rol o‘ynaydi.

  2. O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi islohotlarning asosiy maqsadi – mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish, byudjet tizimi tarkibidagi respublika va mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda turli darajadagi mahalliy byudjetlardan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini amalga oshirish bilan oilalarning turmush farovonligini oshirishdan iborat.

  3. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan boshqarishdagi rolini oshirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Birinchidan, markaziy boshqaruv organlari ma’lum darajada ortiqcha vazifalardan holi bo‘ladi, ikkinchidan, mahalliy hokimiyat organlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi mas’uliyati oshadi, uchinchidan, ushbu hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning tez yechilishga olib keladi.

  4. Hududiy iqtisodiyot rivojlanishida moliya mexanizmining o‘rni alohida hisoblanadi. Ushbu mexanizmning eng samarali vositasi hisoblangan soliqlardan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalanish, uning rivojlanishi bilan birga, mahalliy byudjetlarni muntazam va yetarli miqdorda daromadlar bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.

  5. Mahalliy byudjetlarning mavqeyini yanada oshirish hukumatimizni byudjet-soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim omildir. Har bir soliq turi bo‘yicha soliq salohiyatini hisoblagan holda, uni haqiqiy tushumlar bilan solishtirma tahlil qilinadi. Soliq salohiyatiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari ijobiy o‘zgarishda bo‘lishi kerak. Soliq salohiyatidan mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirishda foydalanish maqsadida o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 2009-yilda mamlakat soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasidagi farq 129,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasidagi farq 124,8 foiz bo‘lgan. Mazkur holat- soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasida farq qisqarishi ijobiy hisoblanadi. Bu respublikamizda izchillik bilan davlat amalga oshirayotgan byudjet-soliq siyosatining ijobiy natijasidir.

O‘zbekistonda byudjet tizimi unitar tuzilishga ega bo‘lib, u respublika davlat byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va ularga qarashli shahar, tumanlar mahalliy byudjetlaridan iborat. Ushbu tizimdagi har bir bo’g‘inga tegishli ravishda daromad manbalari va xarajat yo‘nalishlari belgilangan.
Mahalliy byudjetlar byudjet tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu bo’g‘indagi byudjetlar daromadlari mahalliy soliq va yig‘imlar hamda umumdavlat soliqlaridan ular ixtiyoriga qoladigan ajratmalar, zarur hollarda yuqori byudjetdan beriladigan dotatsiyalar hisobidan shakllanadi. Xarajatlar esa ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Bu masalalar muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va ular xarajatlarini maqsadli sarflanishini ta'minlash yuzasidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilayotgan tadbirlar ular samaradorligini oshirishni ta'minlaydigan omillardan hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish tahlili natijasiga ko‘ra mahalliy byudjetlar daromadlarni oshirish va xarajatlarini samarali taqsimlanishini ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
Ijtimoiy sohada. Birinchidan, sog‘lom avlod yo‘lida byudjet parametrlarida ko‘rsatilgan nafaqalar, ish haqi va boshqa zarur xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta'minlashlikni amalga oshirish va nazorat etish zarur. Ikkinchidan, birinchi darajali xarajatlarni (ish haqi, ish haqidan ajratma, barcha turdagi nafaqalarni, stipendiyani, oziq-ovqatni, dori-darmon) kechiktirmasdan moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Uchinchidan, Byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ustuvor sohalardan biri bu, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan e'tirof etilayotgan va mamlakat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan bu dastur talablari bo‘yicha qurilishlarga ajratilayotgan mablag‘larni samarali sarflanishini ta'minlash nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa ham hisoblanadi. Bu vazifa birinchi navbatda mahalliy moliya idoralari zimasiga yuklatilgan. To‘rtinchidan, mahalliy byudjetdan aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilayotgan mablag‘larni manzilligini ya'ni aynan muhtoj kishilarga yetib borishini ta'minlash bu sohadagi ustuvor vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekistonda bu mablag‘larni "Mahalla" orqali taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yilganligi keng jamoatchilik tomonidan, hatto xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etilayotganligi muhim hisoblanadi. Chunki, O‘zbekistondagi aholini asosiy qismi qishloq joylarda yashaydi(62.8%). Shu sababli bu mablag‘larni samarali va adolatli foydalanishini nazoratini olib borish kerak.
Iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida. Birinchidan, shahar va tumanlarni iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi moliya tizimi mavqeyini oshirish, ushbu hududlarning iqtisodiy rivojlanishida katalizator funksiyasini bajaradi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi sohasiga ko‘mak berish maqsadi bo‘yicha moliyalashtirishni doimiy nazoratga olish zarurdir. Uchinchidan, hududlar eksport potensialini oshirish va bunda tumanda qo‘shma korxonalarni qurish loyihalarini ishlab chiqish jarayonini ta'minlash kerak. To‘rtinchidan, kichik va o‘rta biznes rivojlantirishga ko‘maklashuvchi idoralar funksiyalarini nazorat etish va ular o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatishni tashkil etishni moliyalashtirish.
Moliya-soliq tizimini yuksaltirish sohasida. Birinchidan, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlashni qonun hujjatlari asosida amalga oshiriga qat'iy rioya etish lozim. Ikkinchidan, byudjet tashkilotlarini xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘larni to‘lig‘ligicha moliyalashtirishni ta'minlashlikni amalga oshirish kerak. Uchinchidan, byudjet tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiq foydalanishi ustidan monitoring nazoratini kuchaytirishni va maqsadsiz xarajatlar bo‘lishligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy nazorat o‘rnatish.


Download 243,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish