1.1.9. Oksokislotalar (aldegido va ketokislotalar)
Barbitur kislotasining hosilalari barbituratlar nomi bilan tibbiyotda tinchlantiruvchi dori sifatida juda ko’p qo’llaniladi.
Pirouzum kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. U spirtli va boshqa bijg’ishlarda hosil bo’ladigan oraliq mahsulot hisoblanadi. Pirouzum kislotani sintetik usullar bilan ham olish mumkin. Masalan, sirka kislotaning xlorangidridiga kumush sianid ta’sir ettirib, ketokislota nitrili olinadi va so’ngra uni gidrolizlab, pirouzum kislota hosil qilinadi. Pirouzum kislota tirik organizmlardagi karbon kislotalar, yog’lar va oqsillarning o’zgarishida oraliq mahsulot bo’lib, juda muhim biologik ahamiyatga ega.
Oksokislotalar (aldegido va ketokislotalar)
-
№
|
Nomi
|
Formulasi
|
Shundan tabiatda uchraydiganlari
|
Sun’iy sintez qilingan kislotalar
|
Ishlatilishi
|
|
Glioksil kislota
|
|
|
Glioksalni osonlik bilan oksidlanishidan glioksil kislota hosil bo’ladi.
|
|
|
Pirouzum kislota
|
|
Bu kislota turli xil mevalar bijg’iganda, muskullar tarkibidagi uglevodorodlarning o’zgarishida hosil bo’ladi.
|
Pirouzum kislotani propion kislotaning digaloidli hosilalaridan olish eng qulay usul hisoblanadi.
|
|
|
Atsetosirka kislota
|
CH3C(O)CH2COOH
|
|
|
|
|
Kamfon kislota
|
|
|
|
|
|
Oksalilsirka kislota
|
|
|
|
|
|
Metilatsetosirka kislota
|
CH3C(O)CH(CH3)COOH
|
|
Metilatsetosirka kislotaning etil efiri gidrolizlanishidan olinadi
|
|
|
Barbitur kislota
|
|
|
Malon kislota dietil efiri (malon efír) bilan mochevina reaksiyaga kirishib, barbitur kislotani hosil qiladi
|
Barbitur kislotasining hosilalari tibbiyotda tinchlantiruvchi dori sifatida qo'llaniladi
|
|
Atseton dikarbon kislota
|
|
|
Limon kislotaga sulfat kislota ta’sir ettirilganda chumoli kislota va atseton dikarbon kislota hosil bo’ladi.
|
|
|
Mezoksal kislota
|
HOOC – CO – COOH
|
|
|
|
1.1.10. Oksikislotalar (gidroksikislotalar)
Bir asosli oksikislotalarning dastlabki vakillari moysimon suyuqlik, ikki asoslilari - kristall moddalar, suvda yaxshi eriydi. Ular tegishli to’yingan karbon kislotalarga nisbatan kuchli hisoblanadi. Oksikislotalar tuz, efir karbon kislota amidi va nitrili, galogenangidridlar hosil qiladi.
Vino kislota - tabiatda ko’pgina mevalarning tarkibida, masalan uzumda uchraydi. Uning tarkibida ikkita asimmetrik uglerod atomi mavjudligi uchun to’rtta stereoizomerga ega. Tabiiy vino kislota optik faol bo’lib, qutblangan nur tekisligini o’ngga buradi. U kristall modda, 170◦C da suyuqlanadi, suvda va spirtda yaxshi eriydi. O’ngga buruvchi D – vino kislota uzum sharbatini achitish usuli bilan vino tayyorlashda bochkada qoladigan cho’kma – vino toshidan ajratib olinadi. Cho’kma asosan, vino kislotaning nordon kaliy tuzidan KOOC – CH(OH) – CH(OH) – COOH iborat bo’ladi. Vino kislotaning tuzlari turli sanoat tarmoqlarida, tibbiyotda va radiotexnikada ishlatiladi.
Olma kislota molekulasida bitta asimmetrik uglerod atomi bor. Bu kislota uch xil shaklda ya’ni o’ngga va chapga buruvchi izomer va ratsemat holida bo’ladi. Chapga buruvchi olma kislota, ryabina, uzum va boshqa mevalarda bo’ladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida akademik O.S.Sodiqov va uning shogirdlari tomonidan olma kislotani g’o’za bargidan ajratib olish usuli ham ishlab chiqilgan. Tabiiy olma kislota 100°C da, sintetik usulda olingan ratsemat olma kislota esa 130°C da suyuqlanadi.
Limon kislota uch asosli, to’rt atomli kislotadir. U asosan, xom limon sharbatida, sitrus mevalarda, smorodina, olcha, uzum, malina kabi mevalarda va lavlagi tarkibida bo’ladi. Hozirgi vaqtda uni g’o’za bargidan olish usuli ishlab chiqilgan. Limon kislota sanoatda shakarsimon moddalarni mikroorganizmlar yordamida bijg’itish yo’li bilan olinadi
Oksikislotalar (gidroksikislotalar)
-
№
|
Nomi
|
Formulasi
|
Shundan tabiatda uchraydiganlari
|
Sun’iy sintez qilingan kislotalar
|
Ishlatilishi
|
|
Glikol kislota
|
|
Glikol kislota tabiatda yaxshi pishmagan mevalarda uchraydi.
|
Glioksalga kons. NaOH eritmasi ta’sir ettirilganda glikol kislota hosil bo’ladi.
|
|
|
Sut kislota
|
|
Sut kislota achigan karamda, tuzlangan bodringda uchraydi. Keyinchalik sut kislotaga o’xshash modda muskul to’qimasida ham borligi aniqlangan.
|
Aminokislotalarga nitrit kislota ta’sir ettirib olinadi
|
Oziq – ovqat sanoatida sut kislota ba’zi mahsulotlarga nordon maza berishda, ba’zan esa mahsulotlarni konservalashda ishlatiladi. Ko’nchilikda charmga ishlov berishda ham sut kislotaning roli katta. Sut kislota va uning tuzlaridan tibbiyotda turli dori – darmon sifatida foydalanadi.
|
|
α-oksi moy kislota
|
|
|
|
|
|
α-oksi izomoy kislota
|
|
|
|
|
|
olma kislota
|
|
Olma kislota tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ko’pgina mevalar tarkibida, o’simliklarda, masalan, g’o’za yaprog’ida sof holida yoki tuz holida bo’ladi.
|
Malein va fumar kislotalarga suv ettirilganda olma kislota hosil bo’ladi.
|
|
|
vino kislota
|
|
Uzum tarkibida uchraydi
|
Etilendikarbon kislotadan olingan dibromkazfabo kislota gidroliz qilinganda vino kislota va mezovino kislota aralashmasi hosil bo’ladi.
|
Bu kislota va uning tuzlari oziq – ovqat sanoatida, tibbiyotda to’qimachilik sanoatida, radiotexnikada va analitik kimyoda ishlatiladi.
|
|
mezovino kislota
|
|
Uzum tarkibida uchraydi
|
Vino kislotasining istalgan izomerini NaOH ishtirokida qaynatilganda hosil bo’ladi.
|
|
|
limon kislota
|
|
Limon kislota o’simliklarda ko’p uchraydi. Masalan, u limon, lavlagi, malina, uzum, olcha kabi mevalarda, ba’zi daraxt yaproqlarida, tamaki yaprog’i g’o’za yaprog’ida bo’ladi.
|
Limon kislota sanoatda glukozani achitish usuli bilan yoki tamaki yaproqlaridan olinadi. Hozirgi vaqtda limon kislotani g’o’za yaprog’idan olish usuli ham ishlab chiqilgan.
|
Limon kislota oziq – ovqat sanoatida (limonadlar, turli xil shirinliklar tayyorlashda), to’qimachilik sanoatida, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
|
|
oksimalein kislota
|
|
|
|
|
|
α-oksimoy kislota
|
|
|
|
|
|
β-oksimoy kislota
|
|
|
|
|
|
γ- oksimoy kislota
|
|
|
γ –butirolaktonning ishqori muhitda gidrolizlanishidan olinadi.
|
|
|
δ-valerian kislota
|
|
|
δ –valerolaktonning ishqoriy muhitda gidrolizlanishidan olinadi
|
|
|
glyukon kislota
|
|
|
Glukoza oksidlanganda glyukon kislota hosil bo‘ladi
|
|
|
glukuron kislota
|
|
|
Glukoza oksidlanganda dastlab glukoron kislota hosil bo‘ladi
|
|
|
shakar kislota
|
|
|
Glukoza oksidlanish davomida shakar kislota hosil bo‘ladi
|
|
|
glikol kislota
|
|
|
Etilenglikolning oksidlanishidan hosil bo’ladi
|
|
|
Bodom kislota
|
C6H5 – CH(OH) - COOH
|
Bu kislota achchiq bodomda uchraydigan amigdalin deb ataladigan glukozid xlorid kislota ishtirokida gidrolizlanganda hosil bo’ladi.
|
Sintetik bodom kislota olish uchun benzaldegidga vodorod sianid ta’sir ettiriladi va hosil bo’lgan bodom kislota nitrili gidrolizlanadi.
|
Bodom kislota antiseptik xossaga ega.
|
|
Tropan kislota
|
C6H5CH(CH2OH)COOH
|
|
Atsetofenon va sianid kislota orasidagi reaksiyada so’ngi mahsulot sifatida hosil bo’ladi
|
|
|
Atropan kislota
|
C6H5C(CH2)COOH
|
|
Atsetofenon va sianid kislota orasidagi reaksiyada oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi
|
|
|
Atrolaktin kislota
|
C6H5C(CH3)(OH)COOH
|
|
Atsetofenon va sianid kislota orasidagi reaksiyada oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi
|
|
|
Glitserin kislota
|
HOCH2-CHOH-COOH
|
|
|
|
|
Tartron kislota (oksimalon kislota)
|
HOOC – CHOH – COOH
|
|
Tartron kislota brommalon kislotaga quritilmagan kumush oksid ta’sir ettirib olinadi.
|
|
|
Gekson islotalar (glukon, mannon, galakton kislotalar)
|
CH2OH – (CHOH)4 –COOH
|
|
Glukoza, galaktoza, mannoza oksidlansa, u holda stereoizomer tuzilishli gekson kislotalar (glukon, galakton, mannon kislotalar) paydo bo’ladi.
|
|
|
Trioksiglutar kislota
|
HOOC – (CHOH)3 –COOH
|
|
Arabon kislotalardan trioksiglutar kislota hosil bo’ladi.
|
|
|
Tetraoksiadipin kislota
|
HOOC – (CHOH)4 –COOH
|
|
Gekson kislotalardan tetraoksiadipin kislota hosil bo’ladi.
|
|
|
Arabon kislota
|
CH2OH – (CHOH)3 –COOH
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |