1.1.8. Galogen almashgan karbon kislotalar
Galogenli karbon kislotalar qisqacha galogen kislotalar deyiladi. Galogen kislotalar karbon kislota radikalidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarining galogenga almashinishidan xosil bo’lgan birikmalardir. Galogen kislotalar uch xil, ya’ni:
galogenning turiga (F, Cl, Br, I);
galogen atomining karboksil gruppaga nisbata joylashishiga (α, β, γ, va hokazo)
galogen atomlarning soniga (mono-, di-, tri- va hokazo) qarab klassifikatsiyalanadi.
Galogen kislotalardan xlorkislotalar muhim ahamiyatga ega. Galogen kislotalar tabiatda juda oz, deyarli uchramaydi. Shuning uchun ham ular, asosan sintez yo’li bilan olinadi. Galogenlar karbon kislotalarga qaraganda ularning angidrid va galogenangidridlariga oson birikadi. Bu usul bilan Zelinskiy – Gell – Folgard galogen kislota hosil qilishgan.
Galogen kislotalarning ko’pchiligi qattiq kristall, fiziologik aktiv moddalardir. Ular teriga tegsa kuydiradi, ko’zning shilliq pardasini yallig’lantiradi. Galogen kislotalar kuchliligi jihatidan mineral kislotalarga yaqin kelib qoladi. Hozirgi vaqtda turli xil galogenkislotalar ma’lum bo’lib, ulardan muhimlari α-xlor sirka kislotalar va ba’zi yod kislotalardir.
Monoxlorsirka kislota CH2(Cl) – COOH havoda sekin – asta suyuqlanuvchi kristall, uning suyuqlanish temperaturasi 61,5°C, qaynash temperaturasi 189°C Monoxlorsirka kislota sanoat uchun muhim birikma bo’lib, kimyo sanoatining turli soxalarida, jumladan karboksimetiltsellyuloza olishda, xilma – xil gerbitsidlar sintez qilishda, turli bo’yoqlar va dori – darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Dixlorsirka kislota CH(Cl)2 – COOH 194°C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik.
Trixlorsirka kislota C(Cl)3 – COOH 52°C da suyuqlanadigan, 197°C da qaynaydigan gigroskopik kristall modda. Bu kislota sanoatda trixlorsirka aldegid (xloral) ni nitrat kislota ta’sirida oksidlash yo’li bilan olinadi. Trixlorsirka kislota ham boshqa xlorsirka kislotalar kabi gerbitsidlar olishda, dori – darmonlar tayyorlashda va hokazolarda ishlatiladi.
β- xlorpropion kislota CH2(Cl) - CH2 - COOH 41°C da suyuqlanuvchi kristallar, 204°C temperaturada xaydaladi va qisman vodorod xlorid ajralib chiqadi, o’zi esa akril kislotaga aylanadi.
β- yodpropion kislota CH2(J) - CH2 - COOH 82°C da suyuqlanuvchi kristalldir. Uni akril kislotaga vodorod yodid ta’sir ettirib olish mumkin. Tibbiyotda bu kislotaning efirlari dori – darmon tayyorlashda ishlatiladi.
Galogen almashgan karbon kislotalar
-
№
|
Nomi
|
Formulasi
|
Shundan tabiatda uchraydiganlari
|
Sun’iy sintez qilingan kislotalar
|
Ishlatilishi
|
|
Monoxlorsirka kislota
|
CH2CI-COOH
|
|
Konsentrlangan sirka kislotaga fosfor xloridlar katalizatorligida xlor ta’sir ettirish orqali olinadi
|
Karboksimetilselluloza olishda, xilma – xil gerbidsidlar sintez qilishda, turli bo’yoqlar va dori – darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.
|
|
Dixlorsirka kislota
|
CHCI2-COOH
|
|
|
|
|
Triftor sirka kislota
|
CF3-COOH
|
|
kislota angidridlarini olish uchun uning bug 'lari kuchli suv ajratib oluvchi vosita P2O5, ustidan o'tkaziladi
|
|
|
α-brom izovalerian kislota
|
|
|
|
|
|
9 ,10 - dibrom stearin kislota
|
|
|
|
|
|
Xlorolma kislota
|
|
|
|
|
|
α-xlorpropion kislota
|
CH3CH(Cl)COOH
|
|
Propion kislotaga xlor ta’sir ettirib olinadi
|
|
|
β-xlorpropion kislota
|
CH2(Cl)CH2COOH
|
|
Propion kislotaga xlor ta’sir ettirib olinadi
|
|
|
2,3 dixlor moy kislota
|
CH3CH(Cl)CH(Cl)COOH
|
|
Kroton kislotaga vodorod galogenid ta’sir ettirib olinadi
|
|
|
Monoftorsirka kislota
|
FCH2 – COOH
|
|
|
|
|
Diftorsirka kislota
|
F2CH – COOH
|
|
|
|
|
Monobromsirka kislota
|
BrCH2 – COOH
|
|
|
|
|
Monoyodsirka islota
|
JCH2 – COOH
|
|
|
|
|
Trixlorsirka kislota
|
CCl3-COOH
|
|
Sanoatda trixlorsirka aldegid (xloral) ni nitrat kislota ta’sirida oksidlash yo’li bilan olinadi.
|
Trixlorsirka kislota ham boshqa xlorsirka kislotalar kabi gerbitsidlar olishda, dori – darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.
|
|
β – yodpropion kislota
|
СН21 — СН2 — СООН
|
|
Akril kislotaga vodorod yodid ta’sir ettirib olish mumkin.
|
Tibbiyotda bu kislotaning efirlari dori – darmon tayyorlashda ishlatiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |