KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, fundamental fanlarning yutuqlari, tadqiqot darajasi va ularni amaliyotga joriy etish sur’atlari mamlakat rivojining asosini tashkil etadi. Shu munosabat bilan matematika ta’limining republikamizdagi holati va uni takomillashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar
sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi.
Matematika bolalarni tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi shuningdek, matematika o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi ularning o’z fikrlarini aniq
to’g’ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida
o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni
davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston
buyuk kelajagining egalaridir! Barkamol inson tarbiyasida boshlang’ich sinf o‘qituvchilariga katta ma’sulyat yuklaydi.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarini fanning oxirgi yutuqlaridan foydalanib tashkil etishda, kam vaqt va kam kuch sarflagan holda nazariy va
amaliy bilimlarni chuqur o ‘ zlashtirish imkonini beruvchi bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi faol sub’ekt sifatida qatnashadilar. Dars jarayonida o‘
qituvchi muammoli vaziyatlardan, didaktik o‘yinlardan, darsning samarali yangi
usullaridan hamda axborot va kompyuter texnologiyalaridan etarli darajada
foydalanmas ekan, o‘quvchi uchun uning darsi zerikarli bo‘lib qolaveradi.
6-10 yosh-bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang ‘ ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ ich ta’lim metodikasining
vazifalaridan biri o‘qitishning etarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini
oshirishni ta’minlashda o‘qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini
jadallashtirishdan iborat. Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan ta’lim-tarbiya bo’yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur”.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlaridan biri maktab oldiga qo‘yilgan “O‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish, ularda yuqori darajada ijtimoiy onglilikni shakllantirish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish kabi vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iboratdir.
Shunday qilib boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi, matematikaning boshlang‘ich kursi ham ta’limiy, ham amaliy vazifalarni hal qilishi kerak. Shu munosabat bilan biz ishimizni umumta’lim maktabi va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning hozirgi davrdagi dolzarb masalalardan bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda son tushunchasini shakllantirishda o‘qitishni uslubiy jihatdan takomillashtirishga bag‘ishladik.
Bolalarni 6-7 yoshdan o‘qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ayirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (yuz ichida)- boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Biroq bu yagona vazifa bo‘lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama sanoqqa tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. U uchta asosiy yo‘l bilan belgilanadi:
a)pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo ‘ llaniladigan matematik
mulohazalarga tayyorlash
b) matematika yo‘li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni ,
eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash
orqali.
v ) Bolalarni matematikani o‘rganishga tayyorlashda, ishni boshlashda
yangicha yechim orqali. Bugungi kunda asoslanishi lozim bo’lgan holat-o’quvchiga pedagogik yordam ko’rsatish va o’quv biluv jarayonida uni pedagogik qo’llab quvvatlashning qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir. Mavzuni o‘rganilganlik darajasi : Shu kungacha mavzuga xos ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. L.P.Stoylova, A. M.Pishkalo, N.U.Bikbaeva, L.SH.Levenberg, M.E.Jumaevlarning ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarida o‘rganilayotgan ish yuzasidan bir qancha tadqiqotlar qilingan bo‘lsa-da, aynan hozirgi kun talabidan kelib chiqib, ushbu mavzuga oid yaxlit ilmiy ish olib borilmaganligi mazkur mavzuni alohida o‘rganishni taqozo etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |