O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI B.T.I VA S.T.I YO`NALISHI 43-18 GURUH TALABASI VALIJONOVA MUNIRANING MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI FANIDAN “VAQT,MASOFA, TEZLIK HAQIDA TASAVVURLARNI TARKIB TOPTIRISH” MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Bajaruvchi:VALIJONOVA M
Qabul qildi: Abdurahmonova N
GULISTON – 2021 Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………3 I BOB. Asosiy qisim ……………..……………………………………..5 Darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir
tushunchalarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari………...5 1.2 Matematika darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir masalalar yechish...........................................................................9 1.3. Boshlang`ich sinf o`uvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari………………………………20 1.4. Boshlang`ich sinflarida vaqt, masofa va tezlik haqidagi tushunchalarni o`rgatishning ahamiyati………………….26 II.Xulosa……………………………………………………………….33 III.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………...34
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustivor maqsadimiz” degan fikr
mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchlari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash ... samarali tizimini yanada rivojlantirish” ko’zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Muammoning o’rganish darajasi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinish bilan bog’liq ravishda kirib kelganligi ma’lum.Hozirgacha B. Bluj, J.Koroll, P.Y Galperin, V.I.Davidov,L.I.Zankov,Charlz, Templ va Jenni Stillarning texnologiyalari mashhurdir. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari B.P.Bespalko, G.S.Suxobskoy,T.V.Kudryavsev,M.I.Maxmutov,T.N.Ballo kabi aksariyat psixolog va didaktikachilar ilmiy tadqiqot ishlarni olib borganliklarini aniqladim.
Tadqiqot ob’yekti. Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf matematika darslari.
Tadqiqot maqsadi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarda foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
. Pedagogik texnologiyalarni nazariyasining umumiy asoslarini o’rganish.
. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish.
. Pedagogik texnologiyalarni va ularning turlarini tahlil etish.
. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash uslubini ishlab chiqish.
. Ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar asosida tajriba-sinov ishlarini o’tkazish.
Tadqiqot metodlari. Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o’quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o’quv jarayonini kuzatish,suhbat,so’rovnoma, testlar o’tkazish, eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalari umumlashtirildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi nazariy o’rganildi.
- pedagogik texnologiyalarning mohiyati uni tashkil etuvchi va mazkur jarayonga oid qismlari o’rganildi.
- boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar, taklif etilgan fikr-mulohazalardan yangi avlod darsliklar, metodik qo’llanmalar yaratishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot predmeti. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Boshlang’ich sinf matematika darslarini sifat va samaradorligi ortadi, agar:
Boshlang’ich sinf matematika darsini o’qitishda pedagogik texnologiyardan keng foydalanilsa;
1.1 Darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir