Ishlab chiqarish shovqini
Shovqin — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan oʻlchanadi. Mas, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—
175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday Tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar Shovqinlarning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qoʻllash yoʻli bilan Shovqin kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya,
radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy
boʻlmagan tartibsiz Tebranishlar. Mas, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz Tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Sh.i), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Shovqinlar) natijasida shovqin hosil boʻladi. shahrining umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum diapazonidagi Shovqin boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada — odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar.
Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Mas., soat mayatnigining Tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining Tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning Tebranishi va boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa Tebranishga ajraladi.
Tebranish tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning Tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining Tebranishiga, samolyot qanotlarining Tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda Tebranishni xavfli chegaragacha kutarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan Tebranish texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |