Kompyuter xonalariga qo‘yilgan talablar
Xona keng, meoyorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo`lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy taosir etadi. Qorong`i xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir. Stolni shunday joylashtiringki, deraza oynasi qarshingizda bo`lmasin. Agar buning iloji bo`lmasa, u holda qalin parda yoki jalyo`zi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yorug`lik sizga xalal bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo`lsa, yana parda yoki jalyo`zi joningizga oro kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon taosir o`tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o`rnatgan ma`qul.
Xodimlar samarali faoliyat ko’rsatishi uchun sharoit yaratish va texnik vositalarni ishlashi uchun xonalar yorug‘, toza, tovush va tebranishdan izolyasiyalangan xolatda loyihalanadi, shkaf va devorlar tovush yutuvchi plitkalar bilan qoplanishi maqsadga muvofiqdir.
Kompyuterni xonada to’g’ri joylashtirish va to’g’ri loyixalanib o’rnatilgan yoritgichlar foydalanuvchini ko’rishini yaxshi ta’minlaydi, asab tizimiga qo’shimcha zo’riqish bermaydi, operatorni normal ish faoliyatini ta’minlaydi, ish jarayonidagi xatolarni keskin kamaytiradi. Kompyuterlarni alohida xonalarga 5-6 displeydan ortiq bo’lmagan xolda joylashtirish tavsiya qilinadi. Bu eng avvalo mikroiqlimni yo’l qo’yilgan qiymatlari parametrlarini ta’minlashga imkon beradi. Sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun 6 m2 maydon, xajmi 20 m3 dan kam bo’lmasligi kerak. Gigienik nuqtai nazardan kompyuterni shunday joylashtirish keraki, ekrandan ko’zni ko’targanda, xonadagi eng uzoqda joylashgan narsa ham ko’rinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan xolda joylashtirish eng samarali xisoblanadi. Eng uzoq masofaga nigoxni o’tkazish imkoni - kompyuterda ishlaydigan ko’rish tezligining og’irligini kamaytirish eng samarali usuli xisoblanadi. Ish joylarini kompyuterdan devorgacha bo’lgan masofa
1 m dan kam bo’lmagan xolda xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib joylashtirish, derazadan tushgan yorug’lik ko’z uchun ortiqcha zo’riqish bo’lmasligiga yordam beradi. Shuning uchun ham kompyuterni derazaga qaratib joylashtirmaslik darkor. Agar bir xonada bir necha kompyuterlar joylashgan bo’lsa, elektromagnit nurlarning ta’sirini kamaytirish uchun bir manitor ekranidan ikkinchisining orqa devorigacha masofa 2 m dan kambo’lmasligi, yon devorlari orasi esa 1,2 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |