Centre 2018" Global Top 100 Companies by market capitalization”
34
keyinchalik esa shuba korxonalari va filiallarini tashkil qilish imkonini ham qo’lga kiritgandir.
TMK larni tashkil qilish va kapitallashuvida Yaponiya tajribasining joriy
holati
Yaponiya mamlakatidagi TMKlar xususida ham yuqorida AQSh mamlakati TMKlari ustida qilingan barcha tahlillami ко’rib chiqamiz. Buning uchun esa awalambor, Yaponiyada TMK paydo boTishini, rivojlanish tarixini va shuningdek, o’ziga xos xususiyatlarini o'rganib chiqamiz.
Yaponiya Osiyo mintaqasidagi eng rivojlangan milliy iqtisodiyotga ega davlat hisoblanadi. Hozirda Yaponiya AQSH va Xitoydan keyin jahon iqtisodiyotida 5,071 trilon AQSH dollar miqdoridagi YalM bilan uchinchi o rinda turadi1.
Ushbu davlatning bu darajaga qay tarzda erishganligi tabiiyki barchaga qiziq. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishi XIX asrlarda tashkil eta boshlangan “zaibatsu” lar ya’ni, “moliyaviy guruhlar” yoki konglomeratlar bilan bog’lash joiz bo’ladi. Ular bank va sanoat sektorlarining ma’lum bir oilalar tomonidan bo’linib olishlari, ya’ni mamlakat iqtisodiyotini oligopoliyalar tomonidan boshqarilishi bilan tavsiflanadi. Dastlabki “zaibatsu” lar XIX asrning 40 yillarida tashkil etilgan. Ular 4 ta katta guruhlarga bo’lingan:
•Mitsubishi
Yuqoridagi konglomeratlar rivojlanish bosqichlarida kengayib, keyinchalik Okura, Furakawa, Suzuki va boshqalar yangi zaibatsulaming tashkil topishiga asos bo’lgan. 2-jahon urushidan keyin esa AQSH okkupantlari tomonidan zaibatsular faoliyatimaqbul emas deb topilib, ular rasman tugatildi va ulaming qayta birlashmasligi
1 http statisticstimes.com economy countnes-bv-ydp. php “StatisticsTinies.com” internet statistika resursi
35
uchun bir qator antimonopol qonunlar qabul qilindi. Keyinchalik iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab olgan “birlashmalar” ko‘rinishidagi biznesni tashkil etishning o‘ziga xos shakllari - keyretsu guruhlari yaratildi. Ulaming yuzaga kelishi ma’lum darajada, ildiz otib ketgan savdo va ishbilarmonlik urf-odatlari saqlanib qolganini tushuntirib beruvchi “guruhli moijal” bilan belgilanadi.
Keyretsu guruhlari tarkibiy jihatdan dzabaysuga nisbatan kichikroq bo'lgan va u aksiyalarga birgalikda egalik qilish, guruhning yagona bankidan foydalanish, guruhning yagona savdo kompaniyasi prezidentlik kengashlari va umumiy filiallar tuzish orqali bosh menejerlar o‘rtasida tijorat va loyiha koordinatsiyalari majburiyatlari, konsultatsiyalarini taqsimlab berish kabilami o‘z ichiga olgan turli-tuman vositalar bilan ta’minlab turilgan. Aynan Keyrutsu guruhlarining paydo bo’lishi Yaponiyada transmilliy korporatsiyalarning paydo bo’lishiga va rivojlanishiga asos bo’ldi desak adashmaymiz.
Hozirgi kunda Yaponiyaning barcha yirik sanoat korxonalari dunyodagi yirik transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi. Top-500 eng yirik TMK lar orasida avtomobilsozlik bo’yicha - Toyota Motor, Honda Motor, Nissan, Mitsubishi; elektronika bo’yicha - Hitachi, Sony, NEC, Panasonic; kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishda - Toshiba, Fujitsu, Canon va boshqalar dunyoda yuqori o’rinlarda turadilar.
XX asr oxirida - XXI asming boshlariga kelib Yaponiyada korporatsiyalar, kompaniyalar va firmalar soni 1,8 milliondan ortiq ko’rsatkichni tashkil etadi. Shulardan, 720 000 tasi sanoat sohasida faoliyat yurituvchi korxonalami tashkil etadi. Jahondagi umumiy TMKlaming 9%i ya’ni qariyb 7400 ga yaqin TMKlar Yaponiya mamlakatida joylashgan1.
Yaponiya TMK larining avvalambor Yaponiya mamlakatining o’z milliy iqtisodiyotiga, shu bilan birgalikda jahon iqtisodiyotidagi o’mi va ko’lami haqidagi
1 http ubiznes ru fmansv-termin sse-o-tnk-transnacionaInv\-kompanivax.html
36
Do'stlaringiz bilan baham: |