- Bola tirik. Hozir manzilini aytaman.
/ / / ///
Ra’no ko‘rsatilgan ko‘chaga otildi.
Ushbu gapda fraza urg‘usi fe’lga tushmoqda. Gapning temasi sifatida Ra’no so‘zi, remasi sifatida esa otildi fe’li kelmoqda. Ikkinchi darajali bo‘laklar (ko‘rsatilgan ko‘chaga) remaning kengaytiruvchilari vazifasini bajarmoqda.
Ta’kidlash kerakki, yozma nutqda urg‘uni gapning mazmunini tushunishiga qarab, o‘quvchining o‘zi belgilaydi. Demak, tema va remaning yozma nutqda belgilanishi sub’yektiv nuqtayi nazardan aniqlanadi. Biroq bu jarayonda ham pauzaning ahamiyati katta. Boshqacha aytganda, prosodik jihatdan fraza urg‘usining, ton pasayishining o‘rni beqiyosdir.
Sintaktik nuqtayi nazardan gapda tema va rema vazifasida ega va kesimdan tashqari istalgan gap bo‘lagi kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |