Bu haqda ertaroq o‘ylash kerak edi. Shu sababdan bugungi kunda qarzingning miqdori o‘sib bormoqda.
날개는 날기 위해 달린 거야. 독침은 쏘라고 있는 거야. (“넓적사슴벌레 죽은 척하다”, 김정환, 83 bet)
Qanot uchish uchun kerak. Nish esa chaqish uchun kerak.
Berilgan misollarda emfatik hamda fraza urg‘usi ertaroq va 날기 위해 (uchish uchun) so‘zlariga tushmoqda. Bunda matn mazmuniga qarab ertaroq va 날기 위해 (uchish uchun) so‘zlari bo‘rttirilmoqda. Jumlalarning nuqtadan keyingi qismida esa bugungi kunda va 쏘라고 있는 (chaqish uchun) birikmalari logik urg‘u olmoqda. Jumlalarda tema sifatida Bu haqda va 날개는 (qanot) so‘zi kelmoqda. Rema vazifasini ertaroq va 날기 위해 (uchish uchun) so‘zlari bajarmoqda. Bugungi kunda hamda 쏘라고 있는 (chaqish uchun) birikmalari ikkinchi qismning remasi hisoblanadi.
Agar ushbu jumlani matn tasarrufidan olib tahlil qiladigan bo‘lsak, u holda mantiqiy urg‘u qo‘yiladigan yana bir variant mavjudligini ko‘ramiz:
/// / /
Do'stlaringiz bilan baham: |