Tema va remaning sintagmada aniqlanishi
Ta’kidlash kerakki, sintagmani yozma nutqda ham, og‘zaki nutqda ham aniqlasa bo‘ladi, biroq uni matnning muallifi va matnni o‘qiyotgan o‘quvchi turlicha belgilashi mumkin.
Sintagmani nafas olishning qisqa-cho‘ziqligi, yoki havo zarbiga qarab aniqlab bo‘lmaydi. Chunki sintagma va nafas olish jarayoni turli xil hodisalarni taqozo etadi. Ba’zan ular to‘g‘ri kelishi, ba’zan to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Ba’zan to‘liq bir gap ham sintagma bo‘lib kelishi mumkin. Faqat bu holatda u yakka holda emas, balki murakkab sintaktik qurilmaning komponenti sifatida keladi. Urg‘u sintagma va frazalarning struktur butunligini ta’minlaydi.
/ //
O‘n besh daqiqadan so‘ng / biz hovliga chiqdik.
십 오 분 후에 우리 만나요.
Berilgan gap pauzalar bilan bo‘lingan ikki sintagmaga ajraladi. Birinchi sintagmani ko‘rib chiqaylik. Bunda ohang butunligiga ega bo‘lgan ikkita sintagma varianti mavjud:
/ // // /
O‘n besh daqiqadan so‘ng; O‘n besh daqiqadan so‘ng
Do'stlaringiz bilan baham: |