Bu haqda ertaroq o‘ylash kerak edi.
Boshqacha aytganda, ertaroq o‘ylanishi kerak bo‘lgan narsa haqida o‘ylash kerak edi, degan ma’no hosil bo‘ladi. Endi bu jarayonda Bu haqda birikmasi rema, ertroq o‘ylash kerak edi birikmasi esa tema vazifasida kelmoqda. Pauza remadan keyin, temadan oldin qo‘yilib, aktual bo‘laklarga bo‘linishning teskari tartibi kuzatilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, azaldan ma’lum bo‘lgan element har doim ham tema bo‘lavermaydi. Uning o‘zgarishiga fraza urg‘usi sababchi bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, jumladagi remaning o‘rnini fraza urg‘usi va tonning pasayishi belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |