Mundarija kirish 1 Yon


IV darajali o’tga chidamli



Download 420 Kb.
bet20/31
Sana23.01.2022
Hajmi420 Kb.
#403357
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
bahodir kurs ishi

IV darajali o’tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari va tomYopg’ich qurilmalari yaxlit Yoki kleylangan Yog’ochlardan va Yonadigan Yoki Yonmaydigan ashyolardan qurilib, Shuvoq Yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.

V darajali o’tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga o’tga chidamlilik boyicha talablar qoyilmaydigan barcha inshootlar kiradi.

Qurilmalarni Yong’in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko’tarish Yoki to’sib turish qobiliyatini yuqolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzulishgacha bo’lgan vaqt oralig’iga, ularni o’tga chidamlilik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o’lchanib, qurilmalarni sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish belgilarining birortasini paydo bo’lganiga qadar o’tgan vaqt oralig’i bilan ifodalanadi:

-qurilmada alanga Yoki tutun o’taoladigan teshikni paydo bo’lishi;

-qurilmani Yonmay turgan sirtida harorati 160oS ga ko’tarilsa, Yoki uning boshqa ixtiyoriy nuqtasidagi harorat 220oS dan oshib ketsa;

-qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko’tarish qobiliyati kamayib qolganda va h.o.

Qurilmalarni o’tga chidamlilik chegarasi tajriba usuli bilan yoki analitik xisoblash Yo’li bilan aniqlanadi. Bu usullarning asosiy shart va qoidalari Xalqaro mezonlashtirish tashkilotining tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78 «Yong’inga qarshi qurilishni loyihalashtirish meyorlari» da aks ettirilgan.

Tajriba usulga binoan qurilmalarni haqiqiy o’lchamda namunasi tayYorlanib, maxsus pechlarda oldin isitiladi, keyin ularni ishlatilish joyidagi meyoriy yuklar yig’indisiga mos keladigan holatda yuklantiriladi va sinov boshlani-shidan to uning sirtida o’tga chidamlilik chegarasini anglatuvchi belgilaridan birortasi paydo bo’lganiga qadar vaqt oralig’i aniqlanadi.
II. Yog‘och konstruksiyalarni olovdan himoyalash usullari. Yog‘och konstruksiyalarning yong‘in xavfini pasaytirishga qaratilgan konstruktiv echimlar

Yog‘och konstruksiyalarning yong‘in xavfi ularga olovdan himoyalash bo‘yicha bo‘yoq va shimdiriladigan tarkiblar bilan ishlov berish hamda konstruktiv himoya choralarini qo‘llash natijasida pasaytirilishi mumkin.

Yog‘och konstruksiyalarni yong‘in xavfi. Ko‘pgina naslga mansub daraxtlar (yog‘ochlar) parchalanish mahsulotlarining alangalanish harorati 270-300 0 S oralig‘ida, o‘zi o‘zidan alangalanish harorati esa 330-470 0 S oralig‘ida bo‘ladi. Shuni hisobga olish kerakki, pirofor ko‘mir hosil bo‘lishi imkoniyatini beradigan uzoq vaqt qizish, himoyalanmagan yog‘ochni 130 0 S haroratda xavfli qiladi.

Qizishtirish manbasini uzoq vaqt ta’sir etishi va issiqlikni akkumulyasiya qilinishi shartini mavjudligi, yog‘ochni o‘zi o‘zidan alangalanish haroratini pasaytiradi. Yog‘ochni 110 0 S gacha qizishida, undagi namlik yo‘qoladi, 130 0 S va yuqori haroratda esa uni keyinchalik yoyilishi ro‘y beradi. Yoyilish jarayoni boshida sekin kechadi, lekin harorat ko‘tarilishi bilan tezlashadi. Yog‘ochni yoyilishi issiqlik ajralishi bilan kuzatiladi, shuning uchun 1300S haroratda issiqlikni akkumulyasiya bo‘lish sharti mavjudligida, o‘zi qizish jarayoni boshlanishi va bu esa belgilangan shartlarda o‘z-o‘zidan alangalanish bilan tugashi mumkin. Yog‘och qipiqlarni 110 0 S haroratdan o‘tgandan keyin o‘zi qizishi holatlari, hamda tutun mo‘risi yaqinida joylashtirilgan to‘sinlarni chet qismini yonishi hollari ma’lum.

Yuqorida keltirilgan holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, binolardan foydalanish shartlarida yog‘ochni alangalanish, o‘z-o‘zidan alangalanish haroratigacha qizdirib, buning oqibatida yong‘inni keltirib chiqarishga sababchi bo‘ladigan issiqlik manbalari mavjud.

Shu bilan bir qatorda shuni inobatga olish kerakki, yog‘och konstruksiyalar yonishi, oldindan aniqlab olish murakkab bo‘lgan turli sharoitlarga bog‘liq. Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatli hisoblanadi: yondirish manbasini miqdori va uning o‘lchamlarini yonuvchi elementga bo‘lgan nisbati, yog‘ochni issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, issiqlik manbasini ta’sir etishi davomiyligi va issiqlikni akkumulyasiya qilinishi shartlarini mavjudligi, yog‘ochning namligi, konstruktiv elementlar ko‘ndalang kesimi geometrik o‘lchamlari va sirtini holati, yoki yondiriladigan elementlar sirtini ularni hajmiga nisbati. Shuning uchun turli xildagi to‘ldiruvchilar, strujka, qipiq, qamish va torf chiqindilari, devor va orayopmalarning qoplamalari (yog‘ochli) aytarli darajada yong‘in xavfini tug‘diradi.

Yog‘och qanchalik zich bo‘lsa, u shunchalik qiyin alangalanadi. Bu quyidagi bilan izoxlanadi, agar yog‘och issiqlikni qanchalik kam o‘tkazadigan bo‘lsa, uni hajmi birligini qizishi uchun shunchalik kam issiqlik kerak bo‘ladi. Undan tashqari, issiqlikni kam o‘tkazuvchi yog‘ochni kuchi hisobiga, issiqlik uning sirtida jamlanadi.

Yog‘och elementning randalanmagan sirti, oddiy zich yog‘ochnikiga qaraganda po‘k, yumshoq, kam zich qoplamli, tez yonuvchan hisoblanishi mumkin.

Nam yog‘ochni alangalanishini qiyinligiga, uni yuzasi namlikni bug‘lanib ketishi uchun qo‘shimcha issiqlik miqdorini olishi kerakligi sabab bo‘ladi.

Yog‘och konstruksiyalar kesimining geometrik tuzilishi ham ularni alangalanish xossasiga ta’sir ko‘rsatadi. Binoning devorlari tekisligidan chiqib turadigan elementlar qismlari, tekis qismlarga qaraganda tezroq yonadi.

Yog‘och konstruksiyalarni yonishida aytarli miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Agar zich yog‘ochni yonib o‘tish tezligini 25 kg/(m2xsoat) deb olsak, unda yong‘inni solishtirma issiqligi 25x16,8x103 =42x104 kDj/(m2xsoat)ni tashkil etadi, yog‘och to‘siq va sinchli yog‘och qoplama devorlar yonganida, bu issiqlik miqdori ancha yuqori bo‘ladi. Arralangan materiallar shtabelini yonishida alanganing harorati 1300 0 S bilan, yonib o‘tish tezligi 400 kg/(m2xsoat) ekanligi, yog‘och konstruksiyali binolarni yonishida esa harorat 1100 0 S ekanligi kuzatilgan. Ekspluatatsion namlikdagi yog‘och konstruksiyalarda alangani tarqalish tezligi 2 m/min.ga etadi.

Yog‘och binolarni yonishida katta o‘lchamdagi alanga hosil bo‘ladi. Bu alanga nurining energiyasi, qo‘shni binolarda yangi yong‘in o‘choqlarini keltirib chiqarishi mumkin. Yong‘inlarda hosil bo‘lgan konvektiv oqimlar natijasida bir nechta yog‘och binolardagi yong‘inlar birlashib, bitta katta oqimni hosil qiladi va ular yong‘in shamoli, quyumini hosil qilib, qo‘shni binolarga yong‘inni tarqalishiga yanada ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkin.

Yog‘och konstruksiyalarni yong‘indan xavfli hisoblanishiga qaramasdan, ular sanoat va fuqaro qurilishlarida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa o‘rmon hududlarida yog‘och konstruksiyalardan foydalanish keng tarqalgan. Shuning uchun yog‘och konstruksiyalar qo‘llaniladigan binolarni loyihalash va qurishda, ularni uzoq vaqt xizmat qilishi va binolarni xavfsizligini ta’minlash uchun qator tadbirlarni bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Olovdan himoya. Binolar va yog‘och konstruksiyalarni olovdan himoyalash texnik chora tadbirlari me’yorlanadi. Bunday chora tadbirlar sanasiga quyidagilar kiradi: yog‘och konstruksiyalarni yonishdan himoyalash, bo‘shliqlar bo‘ylab yong‘in tarqalishini cheklash, konstruksiyalarda yonuvchi materiallarni qo‘llashni kamaytirish, binolarni yong‘inga qarshi bo‘lmalarga bo‘lish, binolar orasida mos keladigan oraliqlarni yaratish, hamda kerakli bo‘lgan sharoitlar, va yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlash.

Yog‘och konstruksiyalarni yonishdan himoyalash, ularni antipirenlar bilan singdirish, olovdan himoya qoplamalarni qo‘llash, suvoq va sirtni qoplash evaziga ta’minlanadi.

Olovdan himoyalash usullari, alohida retseptlarni samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqish, olovdan himoyalashni yangi vositalarini yaratishdagi tadqiqotlar B.V.Kopыtovskiy, S.G.Vedenkin, professor A.I.Folomin, S.N.Taubkin va boshqalar ishlari bilan boshlanadi.

Antipirenlarning olovga chidamli samarasi bu, ularning sellyuloza bilan kimyoviy ta’siri, buning oqibatida yonishning asosiy alangalanish fazasidagi ishlatilgan materialdan chiqayotgan issiqlik miqdori kamayishidir. Bunga, issiqlik energiyasini asosiy qismini akkumulyasiya qiladigan qiyin yonadigan ko‘mirni chiqishi, saqichni chiqish yo‘llarini kamayishi va gaz tuzilishdagi mahsulotlarni chiqish tezligini pasayishi sabab bo‘ladi.

Oxirgi vaqtlarda yog‘ochni singdirish uchun quyidagilar qo‘llanmoqda: fosfornokislыy ammoniy dvuzameщyonnыy (NN4)2NRO4, yoki odnozameщyonnыy (NN4)N2RO4, sernokislыy ammoniy (NN4)2SO4, buru NaB4O7*10H2O.

Bu moddalar suvda yaxshi eriydi (10 0 S haroratda erishi taxminan 40 %), ular nogigroskopik (havo namligi nisbatida 80 % dan kam), yonmaydigan va uchmaydigan hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida olovdan himoya va antiseptik xususiyatlarga ega bo‘lgan aralashmalarni olish uchun, bu aralashmalarga ftorli-natriy qo‘shiladi.

Antipirenlarni kamchiliklari, tomchili-suyuq nam ta’siri ostida, ishlov berilgan materialdan tuzni ishqorlanishidir. Bu holatni oldi olinmasa, ya’ni tuzni ishqorlanishini oldi olinmasa, olovdan himoyalash xususiyati vaqt o‘tishi bilan pasayadi.

Tuzlarni ishqorlanishini oldini olish uchun namdan himoyalash qoplamalari qo‘llaniladi. Suvdan himoyalash va atmosferaga chidamlilikni oshirish uchun moyli bo‘yoqlar samarali hisoblanadi.

Antipirenlar bilan chuqur shimdirish va uni sirtga surtish usullari mavjud. Shimdirilayotgan elementning 1 m3 ga 75 kg dan kam bo‘lmagan miqdorda tuzlarni yutilishi usuli bilan qo‘llaniladigan chuqur shimdirish, yog‘ochni qiyin yonuvchi materialga aylantiradi. Elementlarni chuqur shimdirish maxsus avtoklavalarda bosim ostida va issiq-sovuq vannalar usuli bilan amalga oshiriladi.

3.1-jadval.

YOg‘ochni shimdirish jarayonini davomiyligi.



yog‘ochning nasli

jarayon davomiyligi, soat

bosim balandligi, MPa

qandag‘och, qayin, qoraqayin

2-6

0,8-1

qayrag‘och, kedr

8-12

1-1,2

shumtol

10-12

1,2-1,5

Eman

15-20

1,5-1,6

Yog‘ochni antipirenlar bilan chuqur shimdirish qurilmalari Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd va boshqa shaharlarda mavjud.

Yog‘ochni chuqur shimdirish, himoyalanayotgan elementlarni tuzlarni suvli aralashmasi to‘ldirilgan issiq-sovuq vannalarga cho‘ktirish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.

Yog‘ochga olovdan himoya tarkibi bilan yuzaki ishlov berishga, antipirenlar bilan yuzaki ishlov berish, bo‘yash va surtish kiradi. Olovdan himoya tarkiblari yog‘ochga qanday ishlov berishdan qat’iy nazar uch guruhga bo‘linadi: atmosferaga chidamli; namga chidamli; namga chidamsiz. Atmosferaga chidamli tarkiblarga atmosfera ta’siriga uchraydigan bino va qurilmalarning tashqi qismini qoplash uchun ishlatiladiganlari kiradi. Namga chidamli tarkiblar bilan havo namligi 61-75 % bo‘lgan yopiq xonalarda ekspluatatsiya uchun mo‘ljallangan binoning qismlariga ishlov beriladi (chordoqsiz qoplama, yopiq ombor va boshq.). Namga chidamsiz tarkiblar havo namligini 60 % bo‘lgan, namlanishdan himoyalangan yopiq xonalardagi konstruksiyalarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Zavodlarda amalga oshiriladigan yog‘och elementlarga olovdan himoya tarkiblari bilan ishlov berish atmosferaga chidamli va namga chidamli tarkiblar bilan amalga oshirilishi kerak, chunki elementlarni montaj qilishda, saqlashda va transportirovka qilishda ular namlanishi mumkin. Yuzaki ishlov berish cho‘tka yoki «kraskopult» yordamida bajariladi.

Yog‘ochni avtoklavalarda chuqur shimdirish uchun MS 1:1; MS 3:7; BB-11 [7] turidagi suvda eriydigan tarkiblarni qo‘llash tavsiya etiladi.

MS 1:1 va MS 3:7 tarkiblari yog‘ochning rangini o‘zgartirmaydi, ammo uning mustahkamligini 10% ga pasayishiga imkon yaratadi, shimdirilgan yog‘ochning metall bilan aloqasi esa, uning korroziyalanishini keltirib chiqaradi. Bu tarkiblarni, ekspluatatsiya davrida havoning nisbiy namligi 80% dan oshmaydigan binolarda qo‘llash tavsiya etiladi.

BB-11 turdagi preparat yog‘ochning rangini o‘zgartirmaydi, ko‘ndalang egilishga va tolalar bo‘ylab siqilishga uning mustahkamligini oshiradi, metallni korroziyalanishini keltirib chiqarmaydi, biohimoya xususiyatlarga ega, odamlar va hayvonlarga nisbatan xavfsiz, yog‘ochni bo‘yashga to‘sqinlik qilmaydi.

Yuzaga surtish usuli bilan cho‘ktirish, purkash, cho‘tka bilan surtish) yog‘ochni shimdirish uchun MS va PP tarkiblari qo‘llaniladi.

MS tarkibi nisbiy namligi 80% dan yuqori bo‘lgan muhitda ekspluatatsiya qilinishi mumkin, u yog‘ochga biochidamlik beradi, metallni korroziyasini keltirib chiqarmaydi, lekin yog‘ochni elimlanish va bo‘yalish layoqatini pasaytiradi hamda yog‘ochdan oson yuvilib ketadi.

PP tarkibi biohimoya xususiyatlarga ega, yog‘ochning bo‘yalishiga to‘sqinlik qilmaydi, yog‘ochdan oson yuvilib ketadi, namdan qo‘shimcha himoyasiz faqat quruq xonalarda ekspluatatsiya qilinishi mumkin.

Yuzaki ishlov berishni barcha usullari, yog‘ochni yonadigan guruhdan qiyin yonadigan guruhga o‘tkazish uchun etarli emas. Yuzaki olovdan himoya qilish vositalari yog‘ochni yonishini faqatgina bir necha daqiqaga oldini oladi hamda qisman issiqlik ta’sir etganda yog‘och konstruksiyalar bo‘ylab olov tarqalishining oldini oladi. Yog‘ochga yuzaki ishlov berish, ko‘p hollarda yong‘inni sodir bo‘lishini oldini oladigan jiddiy profilaktika tadbir hisoblanadi. Yog‘ochni yuzaki himoya qilish usullari fuqarolarni xavfsiz evakuatsiya qilishda katta ahamiyatga ega.

Yog‘och konstruksiyalarga antipirenlar bilan yuzaki ishlov berish, quruq tuzni 1 m2 ishlov beriladigan yuzaga 100 gr dan kam bo‘lmagan miqdorda sarf qilinsa, samarali hisoblanadi.

Ko‘pincha, tomyopmaning yog‘och konstruksiyalariga yuzaki ishlov beriladi. Bunday ishlov berish quyidagi binolarda zarur hisoblanadi: balandligi 3 qavat va undan yuqori bo‘lgan tosh binolar, tosh va yog‘ochli mol boqish, qimmat qurilma va materiallar saqlanadigan sanoat va qishloq xo‘jaligi binolarida (qavatligi hisobga olinmaydi), bir va ikki qavatli yog‘ochdan bajarilgan jamoat binolarida.

Chuqur shimdirish faqat butun yog‘ochdan bajarilgan konstruksiyalarning elementlari uchun qo‘llaniladi. Elimlangan konstruksiyalarni tayyorlash uchun antipirenlarda chuqur shimdirilgan doskalarni elimlab yopishtirish mushkulroq, shuning uchun elimlangan elementlarga bo‘yoq tarkiblari va yuzaki shimdirish tarkiblari bilan ishlov beriladi.

Olovdan himoya tarkiblarini samaraligini tekshirish uchun laboratoriya va poligon usullari mavjud, ularni o‘tkazish mohiyati maxsus adabiyotlarda berilgan.

Oxirgi vaqtlarda yog‘och konstruksiyalarni olovdan himoya qilish uchun olovdan himoya qoplamlari keng tarqalgan. Zamonaviy olovdan himoya texnikalarida shishuvchan va shishmaydigan qoplamalar mavjud. «VNIIPO MVD» da ishlab chiqarilgan shishuvchan qoplamalarga shishuvchi olovdan himoya VPD (ГОСТ 25130-82) qoplamalari kiradi. Bu qoplama, polimer bog‘lovchilarning suv aralashmasidagi termochidamli va tolali to‘ldiruvchi moddalar aralashmasini o‘z ichiga olgan. Shishuvchi atmosferaga va namga chidamli organik asosdagi qoplamalardagi bog‘lovchilar sifatida epoksid va mochevinoformaldegid saqichlari, polivinilxlorid latekslari va boshq. qo‘llaniladi. Chiquvchi agent sifatida amin ishlab chiqaradigan fosfor kislotasi (aminoproizvodnыe fosfornыe kislotы), fosfornokislыy mochevina va boshq. ishlatiladi. Shishuvchi qoplamalarning olovdan himoya qilish samarasi mohiyati shundan iboratki, ular qizish vaqtida, qizishda gazsimon mahsulotlarni ajralib chiqishi yordamida shishadigan, polimer saqichlardan ko‘mirli ko‘pikli qatlam hosil qiladi. Hosil bo‘lgan qatlam himoya qilinayotgan konstruksiyani tarqalish haroratgacha qizishiga to‘sqinlik qilgan holda issiqlik izolyasiyasini ta’minlaydi. «VNIIPO MVD» da уelimlangan yog‘och konstruksiyalarning olovbardoshligini tadqiq qilish borasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qoplamaning 0,7-1 kg/m2 sarfida konstruksiya yuzasida olovtarqalishi ro‘y bermaydi, yog‘ochni yoyilish mahsulotlari alangalanishi esa 9-12 minutdan so‘ng ro‘y beradi. Bunday qoplama yog‘ochni qiyin yonuvchilar guruhiga o‘tkazadi.

Shishmaydigan olovdan himoya qoplamalari V.A.Kucherenko nomidagi «SNIISK» da, tarkibida OFP-9 (ГОСТ 23790-79) indeksi ostidagi shishuvchi komponenti noorganik to‘ldiruvchi bo‘lgan fosfat sementlari asosida olingan. Fosfat sementlar qotganidan so‘ng himoya qilinayotgan konstruksiya yuzasida yuqori haroratlar ta’sirida buzilmaydigan, olovga chidamli keramika plyonka hosil qiladi, OFP-9 qoplamasi konstruksiya bo‘ylab olovtarqalishiga qarshilik qiladi. OFP-9 ni yog‘och sirtiga cho‘tka yoki «kraskopult» yordamida ikki qavatdan 0,6 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikda surtiladi.

OFP-9 xossasini olovdan himoyalash vositasi sifatida tasdiqlash uchun, olovtarqalish chegarasini aniqlash bo‘yicha konstruksiyani sinash kerak bo‘ladi.

Bo‘yoq tarkiblari sifatida asosi XV-5189 turdagi emal va OS (OS-12-01 va OS-12-03) turdagi organosilikat kompozitsiyalar bo‘lgan qoplamalarni qo‘llash tavsiya etiladi.

XV-5169 turdagi qoplama yaxshi namdan himoya xususiyatlarga ega, yoriqlarga chidamli va elastik, tez quriydigan hisoblanadi. OS turdagi qoplamasi suv o‘tkazmasligi va issiqlikni o‘tkazuvchanligi past, termo- va sovuqqa chidamlilikka ega, yog‘ochni namlanishdan himoyalanish imkonini beradi. Ammo bu qoplamaning mexanik mustahkamligi past va yog‘ochga adgeziyasi kamroq.

Butun yog‘ochdan tayyorlangan to‘sinlarni olovdan himoyalash antipirenlar Bilan chuqur shimdirish yordamida bajarilsa, elimlangan to‘sinlar bo‘yoq tarkiblari Bilan himoyalanadi. Yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan xavfliroq bo‘lgan elimlangan faner to‘sinlar qalinligi 50 mm ga teng mineral paxtali plitalar bilan himoyalanadi. Bunday himoya elimlangan to‘sinlar olovga bardoshlilik chegarasini 0.4 soatgacha oshirishga imkon yaratadi.

Yog‘och konstruksiyani yonishdan himoyalashda eng samarali vosita, bu suvoq va sirtni qoplash hisoblanadi.

Suvoq va sirtni qoplashning afzalligi, yog‘ochni o‘z o‘zidan alangalanish haroratigacha qizishini sekinlashtirishni ta’minlab beradigan termik qarshiligidir. Shu nuqtai nazardan, yuqori termik qarshilikka qodir bo‘lgan suvoq va sirtni qoplashni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Konstruksiyani olovbardoshlik chegarasini aniqlash borasida o‘tkazilgan tajribalar shuni tasdiqlamoqdaki, ho‘l suvoqning himoyalash samarasi 15-20 daqiqavaqti bilan o‘lchanadi va bu uning qalinligi, turi va surtilish usuliga bog‘liq.

Suvoq qilingan yog‘och konstruksiya quyidagi olovtarqalish chegarasiga ega: gorizontal konstruksiyalar uchun 20 sm dan kam emas, vertikal konstruksiyalar uchun 40 sm dan kam emas. Bu esa suvalgan yog‘och binolarni bir qator ijobiy holatlar bilan ta’minlaydi.

Sirtni qoplash materiallariga gips suvoq, asbestsement listlar, g‘isht va boshq. kiradi. Quruq gips suvoq olovga chidamlilik bo‘yicha ho‘l suvoqga qaraganda kam samaraliroq. Quruq gips suvoqning olovga chidamlilik samarasi 10 daqiqa vaqti bilan o‘lchanadi, bu vaqt o‘tishi bilan himoyalanayotgan konstruksiyalar yonadi.

Devor sirtini qoplash uchun ikki xildagi asbestsement listlar qo‘llaniladi: 1) profillangan yarim to‘lqinli va to‘lqinli; 2) oddiy-tekis va bezakli (dekorotiv).

Asbestsement listlar yonmaydigan hisoblansada, lekin olovdan himoya qilish samarasi sement yoki ohak suvoqqa qaraganda pastroq. Bu 6 mm qalinlikdagi asbestsement listlarning termik qarshiligi, ho‘l suvoqnikiga qaraganda pastligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, asbestsement listlar yuqori haroratda buziladi va bu listlarning alohida bo‘laklari aytarli masofaga uchishi mumkin.

Yong‘indan himoya vositalari sifatida suvoq va sirtni qoplash, loyihalash me’yorlariga asosan yog‘och binolarda zarur. Bunday binolar, bir va ikki qavatli qurilishlarda yoki o‘rmonga boy hududlardagi fuqarolar yashash uylarini qurishda qo‘llaniladi. Suvoq va sirtni qoplash qishloqdagi sanoat va mol fermalari binolarida qo‘llaniladi. Ba’zi o‘rmonsiz hududlarda, devor sinchini to‘ldirish sifatida qamish, pichan va boshqa yonuvchi materiallardan foydalaniladi. Bunday devorlarni olovdan himoya qilishni eng ishonchli vositasi, bu ularni yaxshilab suvoq qilish va havo yig‘iladigan qatlamlarni yo‘qotishdir. Shu bilan bir qatorda shuni nazarda tutish kerakki, suvoq qilingan taqdirda ham, bino aytarli darajada yong‘indan xavfli hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan suvoq o‘zini sifatini va butunligini yo‘qota boshlaydi, bu esa yong‘inni hosil bo‘lishi va uni tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.

Konstruktiv echimlar. Yog‘och konstruksiyalar va binolarni loyihalashda yong‘inda yonish jadalligini pasaytiradigan va olovni tarqalishini cheklaydigan maxsus choralar ko‘zda tutilgan.

Bunga yog‘och konstruksiyalarda yonuvchi mahsulotlar miqdorini cheklash, yonuvchi to‘ldiruvchi va boshqalarni yonmaydiganlarga almashtirish yo‘li bilan erishiladi.

Bolalar maskanlarida, maktab, klublar, kinoteatr va boshqa jamoat binolarida yog‘och-sinchli va shitli binolarni faqat bir qavatli, yonmaydigan to‘ldiruvchilar bilan, ikki tomondan suvoq qilingan holda bajarishga ruxsat beriladi.

Yog‘och konstruksiyalarda yong‘inni tarqalishini oldini olish bo‘yicha butun bo‘shliqsiz konstruksiyalarni qo‘llash samarali hisoblanadi. Lekin ko‘p hollarda havo qatlamlarini chirishdan himoya qilish zarur. Yonuvchi materiallardan bajarilib, yonmaydigan materiallar bilan himoyalangan sinchli devor to‘siqlarda, bunday qoplamlardan foydalanish taqiqlanadi.

Yog‘ochli binolar yong‘inni tarqalishi va uni samarali o‘chirishni ta’minlash uchun yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan bo‘lmalarga bo‘linadi. Bunda yog‘och binolarda yong‘in xavfi bo‘yicha A va B toifaga kiruvchi ishlab chiqarish jarayonlarini joylashtirish taqiqlanadi.
III


Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish