III.YANGI MAVZUNI BAYON QILISH
Kiyim tikishda gazlamaga dastlabki ishlov berishda, o`lchash va bichishda uning ayrim detallari yoki qismlarni vaqtincha biriktirib turishda qo`l ishlaridan foydalaniladi. Qo`l ishlari ikki guruhga bo`linadi:
Tik turib bajariladigan ishlar va o`tirib bajariladigan ishlar.Ishlar esa kiyim yoki detalni ham stol ustiga, tikuvchining tizzasiga qo`yib qilinishi mumkin. Oyoq toliqmasligi uchun o`tirib bajariladigan ish o`rnini pastki qismiga kichkina yashikcha o`rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo`yiladi. Tik turib bajariladigan ish stolining chap tomoniga andozalarni ilib qo`yish uchun kronshteyn o`rnatilgan bo`ladi. Stol o`ng tomonidan old qismida chegaralangan joy bo`lib, bu yerda qaychi, bo`r va hakozo saqlanadi. Stol o`ng tomoning yuqori burchagiga organic shisha tagiga texnologik yoki instruksion karta yoki ish chizmasi joylanadi.Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo`yiladi. Rasmda ishlab chiqarishda ishlovchi tikuvchining ish o`rni ko`rsatilgan . Biz bulardan foydalanib, o`z ish o`rnimizni tashkil etib olamiz. Shuni unutmaslik kerakki, tik turib yoki o`tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto`g`rib o`lsa odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib, yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Tikuvchi to`g`ri o`tirishi uchun oyoqlar polga yoki taglikka to`la tiralib turishi kerak.Oyoqlarni chalishtirib o`tirmagan ma’qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi; gavdani boshni to`g`ri tutib yoki salgina oldinga egib o`tirish kerak; Ko`krakni stolga tirab o`tirish yaramaydi; qo`l tirsakdan bukilib, gavdadan taxminan o`n sm masofada turishi lozim; ish bajarayotganda tirsaklarni stol ustiga tirab o`tirish yaramaydi; tikayotgan kiyim yoki detalni ko`zdan 25-30 sm masofada tutish kerak; ish o`rni yaxshi yaratilgan bo`lishi yorug`lik chap tomondan tushib turishi lozim.Tik turib ishlaydigan tikuvchi gavdani to`g`ri va qattiq tutib turishi, bo`yin va ko`krak qismida umurtqa to`g`ri turishi kerak.
Qo‘lda bajariladigan ishlarga mashinada bajariladigan ishlarga nisbatan ko‘proq vaqt ketadi. Qo‘l ishlari ikki guruhga bo‘linadi: tik turib bajariladigan va o‘tirib bajariladigan ishlar. Tik turib bajariladigan ishlarda kiyim yoki kiyim bo‘lagi stol ustiga qo‘yiladi, o‘tirib bajariladigan ishlarda esa ularni ham stol ustiga, ham o‘quvchining tizzasiga qo‘yib bajarish mum- 139 kin. Oyoq toliqmasligi uchun o‘tirib bajariladigan ish o‘rnini pastki qismiga kichkina taglik o‘rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo‘yiladi. Qo‘lda ish bajaruvchilar uchun ish o‘rnini tashkil etishda quyidagi jihozlar kerak bo‘ladi: stol – yuqori qismi silliq, mehnat qurollari va namunalarni saqlaydigan, ochiladigan tortmalardan tashkil topgan; maxsus ish qutichasi – ip va qurollarni saqlash uchun; chiqindilar uchun idish; oyoq uchun tirgak. Stol o‘ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo‘lib, bu yerda qaychi, bo‘r, igna, ip va hokazolar saqlanadi. Stol o‘ng tomonining yuqori burchagiga organik shisha tagiga texnologik xarita joylashtiriladi. Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo‘yiladi. Tik turib yoki o‘tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto‘g‘ri bo‘lsa, odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Ishchi to‘g‘ri o‘tirishi uchun oyoqlar tirgakka to‘la tiralib turishi kerak. Oyoqlarni chalishtirib o‘tirmagan ma’qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi. Gavdani va boshni to‘g‘ri tutib yoki salgina oldinga egib o‘tirish kerak. Tikayotgan kiyim yoki bo‘lakni ko‘zdan 25–30 sm masofada tutish lozim. Ish o‘rni yaxshi yoritilgan bo‘lishi, yorug‘lik chap tomondan tushib turishi lozim. Tik turib ishlaydigan ishchi gavdani to‘g‘ri va qattiq tutib turishi, bo‘yin va ko‘krak qismida umurtqa to‘g‘ri turishi kerak. Qo‘l ishlarini bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar 5-jadvalda keltirilgan. Bu asbob-uskunalardan o‘quvchilar foydalanishlarida texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariyagigiyena talablariga rioya qilishlari zarur. Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan sikli baxya deyiladi. Qo‘lda solingan baxya xalq tilida qaviq deb 140 yuritiladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan baxyalardan baxyaqator, qaviqlardan esa qaviqqator hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |