4. Santimetrli lenta – 150 sm uzunlikdagi tasma bo‘lib, har 0,5 sm oraliqda belgisi bor. Santimetrli tasma gavda o‘lchamini va bo‘laklarni o‘lchash uchun ishlatiladi.
5. Maneken – kiyimni gavdaga mosligini, bo‘laklarining to‘g‘ri ulanganini tekshirib ko‘rishda ishlatiladi.
6. Pichoqli halqa – asosan, qo‘lda qaviq tushirgandan keyin ipning uchini qirqish uchun ishlatiladi. Ko‘rsatkich barmoqqa kiyiladi. 141
7. Dukcha – metall, plastmassa yoki suyakdan yasalgan o‘tkir uchli sterjen, bort, yoqa uchlari, shakldor choklarni ag‘darib to‘g‘rilash uchun ishlatiladi.
8. To‘g‘nag‘ich – turli bo‘laklarni bir-biriga yopishtirish uchun, chiziqlarni bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazish uchun hamda buyumni kiydirib ko‘rishda qo‘llaniladi.
9. Chizg‘ich – kiyim chizmalarini loyihalashda va bichishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |