Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar.
Qo‘l ignalari. Uchi o‘tkir pishiq, sinib ketmaydigan silliq bo‘lishi kerak. Uzunligi va yo‘g‘onligiga qarab 1 dan 12 gacha raqamlanadi. Toq nomerli ignalar juft raqamli ignalarga qaraganda uzunroq bo‘ladi. Ignalarning o‘lchamiga qarab turli qalinlikdagi gazlamalarda ishlatiladi.
2. Qaychi – kiyim bo‘laklarini bichish, tikayotganda bo‘laklarning ba’zi joylarini, baxyaqatorlar oxiridagi ip uchini qirqish uchun ishlatiladi. Qaychining 8 xil turi mavjud.
3. Angishvona – qo‘l barmoqlarini igna sanchilishidan himoya qiladi va o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga kiyiladi. Ikki xil – tubli va tubsiz bo‘ladi. Ayollar ko‘ylagi va ichki kiyimlarni tikishda tubli angishvona ishlatiladi. Palto, kostum, plashlarni tikishda tubsiz angishvona ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |