Bir kishi uchun taxminiy narx:1000$(Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur)+35$(Toshkentdagimehmonxonada bir kecha)+40$(Afrosiyob Toshkent-Buxoro-Toshkent)+200$(Sahid Zarafshon mehmonxonasida 2 kecha) +100$(gid xizmati)+100$(ovqatlanish va transport) =1475$
XULOSA.
Umuman olganda, Оʻzbekistonda 7 mingdan ortiq tarixiy obidalar mavjud bоʻlib, 200 dan ortigʻi YUNESKO rоʻyxatida. Islom madaniyati obidalarini asrab-avaylash va tarixiy obidalarga boy davlat sifatida Оʻzbekiston 9-оʻrinni egallab turibdi . Buxoro hududdi esa oʻzining jozibali, tarixiy va madaniy meros obyektlari оʻzining оʻtmishdagi umumiy ma’no anglatuvchi tushuncha beradi. Buxoroda hukumat tomonidan turizmni rivojlantirish bоʻyicha kоʻplab imkoniyatlar ajratilmoqda va turistlar uchun esa sifatli, tez xizmat kоʻrsatish sohasi rivojlantirilmoqda. Xususan, ziyorat turizmi uchun ajratilayotgan imkoniyatlar kоʻplab tashrif buyurayotgan turistlar tomonidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Buxoro hududida ushbu forumni оʻtkazilganligi, kelgusida musulmon mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan turistlar sonini oshirish va vohaning ziyorat turizmi bоʻyicha naqadar turistik salohiyatiga ega ekanligini namoyon etishdir. Shu bilan birga, vohani turistik salohiyatini oshirishda va infrastrukturani yaxshilashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Buxoroda ziyorat turizmini rivojlantirish bоʻyicha kоʻplab aniq va batafsil ma’lumotlarga ega bоʻlgan kitoblarni va ularning turli tillarda tarjimasini ham chop etish lozim;
Buxoro hududida maqsadli xizmat kоʻrsatish sohasini rivojlantirish va tur firma mahsulotlarini takomillashtirish borasida ommabop tanlovlar оʻtkazish kerak: Misol uchun “Eng yaxshi tur paket” nominatsiyasi bоʻyicha tanlov;
Buxoroning madaniy-meros obyektlari oldida turli xil musobaqalarni va taqdirlash marosimlarini оʻtkazish;
Buxoroda turizmni rivojlantirishda kadrlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hududda malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Buxoro davlat universitetining Turizm fakultetida “Xalqaro va mintaqaviy turizm” institutini tashkil etishi lozim;
Buxoroda kelish qulayligini ta’minlashda chet el aeroportlardan tоʻgʻridan-tоʻgʻri Buxoro Xalqaro aeroportiga kelish imkoniyatini amalga oshirish lozim.
Yuqorida keltirilgan kоʻrsatkichlar va takliflarni inobatga olgan holda, Buxoroda turistlarning soni keskin oshishi orqali hududdagi turistik infrastruktura rivojlanishiga, aholining turmush darajasi oshishiga va barcha sohalarni parallel ravishda rivojlanishiga оʻz hissasini qоʻshadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, viloyatimizdagi birgina “Yetti pir” ziyoratgohi misolida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yurtimizda yashab ketgan ushbu valilarning nomlarini butun dunyoga tarannum etish, ularning hayotini, ular haqidagi rivoyatlarni va ularning asarlarini keng ko’lamda chop ettirish va shu kabi ishlar orqali yurtimizda turizmni salmoqli rivojlantirishimiz mumkin. Nafaqat, “Yetti pir” balki viloyatdagi bundan boshqa “Chor Bakr” dagi qator maqbaralar misolida,“Ismoil Somoniy” ayniqsa yerdagi yirik me’moriy majmua – “Labi havuz” ansambliga tashriflar sonini ko’paytirish kabi ishlarning salmog’ini yanada ko’paytirishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |