Mundarija. Kirish. 1-bob Buxoro viloyati va uning turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni



Download 0,57 Mb.
bet2/10
Sana24.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#579324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muazzam kurs ishi2

Kurs ishining maqsadi xorijiy sayyohlar uchun Buxoro viloyatida maxsus turlar dasturini ishlab chiqish, turizmdagi maxsus turlarni aniqlash va turlarning ro`yxatini tuzish, maxsus turlardan turizmda foydalanishni asoslash, maxsus turlarning Buxoroga turistlarni jalb etishdagi o`rnini, ahamiyatini belgilashdir.
Kurs ishining vazifasi turizmdagi maxsus turlarni o`rganish va maxsus turlarga ta`rif berish, turizmga turistlarni jalb qilish hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi kurs ishi mundarija, kirish qismi, 2 ta bob, 6 ta reja, 1 ta jadval, 1 ta diagramma, 1 ta rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
1-bob Buxoro viloyati va uning turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni.

    1. Turizm – dunyo xalqlarini bir-biriga bog’lovchi muhim vosita. Turizm – mamlakatimizning ertangi kuni.

Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruhlari AQShga joʻnatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarqand hududlari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstremal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq. Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan (20-avgust 1999-yil). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni (15-aprel 1999-yil) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi. Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda “Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi” tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda “Kumushkon” turistik bazasi va “Sanzar” kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir.2021-yil aprel oyida Dogʻistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirigʻi bilan Dogʻistonda «Imomlar yurtiga sayohat» yoʻnalishidagi targʻibot ishlari boshlangan.
Sayyohlik sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko’plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma`lumotiga ko’ra 2015-yilda dunyo bo’yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo’lsa, 2016 yil yakuni bo’yicha bu ko’rsatkich 1 milliard 235 millionga ya`ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko’rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda bu raqamlarda katta tafovutni ko’rish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko’plab davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo’yicha barcha chora tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o’z aksini topgan: 2015- yilda eng ko’p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli oʻntalikdan joy olgan. Biroq bu ko’rsatkich bo’yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London (17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) singari shaharlarni keltirish mumkin. Butunjahon turizm va sayohatlar bo’yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko’ra, O’zbekiston sayyohlar tashrifi bo’yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o’rinni egallaydi. Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o’z o’rniga ega bo’lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish kabi masalalar past darajada yo’lga qo’yilgan. Turizm bo’yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi bo’yicha) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bo’lib, ushbu ro’yxatda Qozog’iston 85-o’rin, Qirg’iziston 116-o’rin, Tojikiston 119-o’rinni egallagan, O’zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida eng oxirgi o’rinda turibdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991-yildan Xivadagi Ichonqal’a qo’riqxonasidagi, 1993-yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000-yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.Sayyohlarni yurtimizga ohanrabodek jalb qilish hozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Ana shunday usullardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.

  • Zamon talabiga javob beruvchi ko’pgina mehmonxonalarni barpo etish;

  • Mehmonxonalarda qulay narxlarni belgilash va xushmuomalalikni shakllantirish;

  • Turizmning yangi inovatsion yo’nalishlarini yo’lga qo’yish;

  • Sayyohlik sohasidagi targ’ibot –tashfiqot (ayniqsa reklama) ni keng yo’lga qo’yish;

  • Yurtimiz bo’ylab o’tkaziladigan festivallar e’lonini internet saytlarida joylashtirishni keng yo’lga qo’yish;

  • Madaniy va tarixiy obidalarimizning jozibardorligini butun dunyoga ommaviy axborot vositalari yordamida targ’ib etish;

  • Turistik faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar faoliyati kengaytirish;

  • Xizmatlar sohasi yaxshilash.

Muxtasar qilib aytganda, turizm sohasini rivojlantirish mamlakatimizni yanada gullab yashnashida, hattoki, yurtimizning chekka-chekka hududlaridagi infratuzilmasining yaxshilanishida muhim o’rin tutadi.



    1. Download 0,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish