Mundarija. Kirish. 1-bob Buxoro viloyati va uning turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni


Muqaddas Buxoro – Islom ma’rifati oʻchog’i. Islom madaniyati poytaxti



Download 0,57 Mb.
bet3/10
Sana24.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#579324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muazzam kurs ishi2

Muqaddas Buxoro – Islom ma’rifati oʻchog’i. Islom madaniyati poytaxti.


“Yer yuzida Buxoroning taʼrifini eshitmagan, uni bilmagan, uni umrida biror marta oʼz koʼzi bilan koʼrishni orzu qilmagan maʼrifatli odam yoʼqdir”- degan edi Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov . Buxoro azaldan islom olamida ulugʼlanib kelingan. Buxoroning eʼtirofi bugungi kunda ham davom etmoqda. Islom Hamkorlik Tashkiloti(IHT)ning taʼlim, fan va madaniyat boʼyicha tuzilmasi (ISESCO) tomonidan 2019-yil 16-sentabr kuni Marokashning Rabot shahrida madaniyat vazirlarining IX-konferensiyasida Qohira(Misr), Bamako(Mali) shaharlari qatori Buxoro ham 2020-yilda “Islom madaniyatining poytaxti” deb eʼlon qilindi. Buxoroi Sharif bundan bir necha asrlar oldin Islom olamida koʼp martabalarga erishgan. IX asrda “Qubbat-ul Islom”, ya`ni “Islom dining gumbazi”, XIII asrda “Buxoroi Sharif” (“Sharofatli shahar”) deb nomlanganligi bejiz emas. Tashkilot tomonidan Buxoro shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼtirof etilishi asrlar davomida yetishib chiqqan olimlarining islom sivilizatsiyasiga qoʼshgan hissasi mahsulidir.
1-rasm.Islom hamkorlik tashkiloti
Manba:https://images.app.goo.gl/NS6Qe88ExJihAKQZ7

ISESCO tomonidan birinchi boʼlib ushbu unvon 2005-yilda Makkayi Mukarramaga berilgan. Keyinchalik bu unvonga Isfahon(Eron), Xalab(Suriya), Timbuktu(Mali), Toshkent(Oʼzbekiston), Tripoli(Liviya), Fes(Marokash), Dakar(Senegal), Аlmati(Qozogʼiston), Dushanbe(Tojikiston), Bishkek(Qirgʼiziston) va Gʼazna(Аfgʼoniston) kabi azim shaharlar kirgan. ISESCO tomonidan Islom madaniyati poytaxtlarini tanlashdan bir qator maqsadlar koʼzlangan. Аvvalo, musulmon mamlakatlari oʼrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid ilmiy-ma`rifiy, tarixiy-meʼmoriy merosni oʼrganish, tiklash va targʼib qilish, dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, turli mamlakatlarning bu boradagi say-harakatini qoʼllab-quvvatlash hamda ragʼbatlantirish kabilar nazarda tutilgan. ISESCOning Nizomi 1982-yil Fes shahridagi Taʼsis konferensiyasida qabul qilingan bulib, nizomda shaharlarni islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilishda quyidagi talablar joriy etilgan:



  • qadimiy yodgorliklari va meʼmoriy obidalar borligi;

  • islom madaniyatiga hissa qoʼshgan ilmiy-madaniy asarlar mavjudligi;

  • ilmiy tadqiqot markazlari, qoʼlyozmalar markazlari va arxeologik markazlar tashkil etilganligi;

  • madaniy muassasalar oʼtkazgan festivallar, madaniy tadbirlar, kitoblar, rasmlar, videoroliklar, tajriba ishlari va nashrlarining yoʼlga qoʼyilganligi.

Buxoro shahrining ushbu unvonga sazovor boʼlishining bir qator sabablari ham mavjud. Birinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 23-iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” PQ-3080 qaroriga muvofiq Respublikamizda Islom madaniyati markazi tashkil etildi. Ikkinchidan, 2018-yilda buxorolik tasavvuf namoyondalari Аbduxoliq Gʼijduvoniy tavalludiga 915 yil, Bahouddin Naqshband tavalludiga 700 yil toʼlish munosabati bilan 2020 yilda xalqaro miqyosida nishonlanilishi, Аrk qoʼrgʼonidan Langar musʼhafining topilganligi hamda shaharning tarixiy qismida 364 ta tarixiy yodgorliklarning yaxshi holatda saqlanib qolinganligi va boshqalar . Bundan tashqari Respublikamizda ilk marotaba 2018-2019- yillar orasida “Qorilar musoboqasi”ning oʼtkazilganligi va ushbu tanlovda 5000 ishtirokchi (2019-yil 15-yanvar holati) roʼyxatdan oʼtganligi eʼtiborga loyiq. Shuningdek, Prezidentning 2018-yil kino sohasi vakillari bilan uchrashuvida hadisshunos Imom al-Buxoriy haqida film suratga olish tashabbusini ilgari surgan edi.
Buxoroga yuksak martaba berilishi natijasida muqaddas dinimiz soflik va poklikka erishmoqda. ISESCO bosh direktori Аbdulaziz bin Usmon at-Tuvayjiriy taʼkidlaganidek, - “Biz olimlardan islom dini va madaniyatini oʼrgandik. Bu ilmlar islom sivilizatsiyasining asosini tashkil etadi. Buxoro – buyuk insonlar yurti. U foydali va manfaatli ilmni ixlos bilan tarqatdi” . 2018 yil 1-mart kuni Londonda Oʼzbekiston va Buyuk Britaniya ziyolilari, diniy soha namoyondalarining uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Unda bir qator Ovropadagi musulmon vakillari Buxoro haqida iliq fikrlarni bildirgan. Jumladan, Buyuk Britaniya parlamenti lordlar palatasi vakili Muhammad Iltaf Shayx – “Sizlar Imom al-Buxoriy ingliz tiliga tarjima qilib, sharhlab bering. Biz bu kitoblar bilan jaholatga qarshi kurashamiz”- deb taʼkidlagan edi. Mashhur din arboblaridan biri Shayx Zemir Solohiy tomonidan – ”Biz uchun Buxorodan olis boʼlgan Londonda turib inson kamoloti va ruhiy tarbiyasining beqiyos manbasi boʼlgan Naqishbandiya taʼlimotiga amal qilish oʼta muhim. Buxorodagi yetti pir qadamjolarini ziyorat qilish, Gʼijduvoniy va Naqshband hazratlarining tavallud sanalariga bagʼishlangan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish orzusidaman. Bu yurt jahonga ruhiy tarbiya ustozlarini taqdim etgan zamin sifatida hamisha qadrli boʼlib qoladi”- degan gaplari Buxoroning xalqaro jamiyatda tutayotgan hurmat-eʼtibori, obroʼsi va oʼrnini koʼrsatib beradi.
Buxoro azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo’lgan. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko’plab tarixchilar, tilshunoslar fikricha, Buxoro so’zi qadimgi hind – sanskrit tilidagi “vixara” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “qal’a” ma’nosini anglatadi. Shuningdek, u Sharq-u G’arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko’zgusi” nomini olgan. VIII asrda mintaqaga islom dini kirib kelishi ortidan Buxoro asta-sekin eng muhim diniy markazga aylanib, islom olamida sharif sanaladigan to’rtta shahardan biriga aylangan. Buxoroi sharifdan butun jahon tan olgan buyuk olimlar, mutafakkir va donishmandlar etishib chiqqan.Ushbu zamin Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Naqshbandiy, G’ijduvoniy kabi buyuk allomalarning dunyoga tanilishida muhim rol` o’ynadi. Ular yozgan asarlar jahon ma’naviy mulkining durdonalariga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” to’plami va boshqa asarlari, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonuni” kitobi islom olami va jahon ilmi javohirlari, deb e’tirof etiladi. Islom madaniyati va san’atining ajralmas qismlari – xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, me’morlik, gilamdo’zlik, misgarlik, yog’och o’ymakorligi sohalarida ham buxorolik ustalar va hunarmandlar hamisha peshqadam bo’lganlar.
Buxorodagi islomiy me’moriy yodgorliklar – Ark qal’asi, Mir Arab madrasasi, Poyi Kalon majmuasi, eski shahar ansambli, mashhur Buxoro hovuzlari asriy ko’rkamligi va jilosini hali ham yo’qotgani yoq. Buxorodagi yetti pir — Abduxoliq G’ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanadi.Manbalarda yetti pir payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e’tirof etilgan. Ular ko’ngilni nafsu hirsdan poklash, halol mehnat qilib umr kechirish, Allohni jon-dildan sevish g’oyalarini targ’ib qilgan. Ushbu aziz-avliyolarning asarlari, qilgan ishlari zamonlar osha odamlarni tarbiyalab, ularga dinu diyonat, odob-axloq, ezgu so’z va amaldan saboq berib kelmoqda.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish