1.3 Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyati. Buxoroning ziyoratgoh qadamjolari dunyo turizmi nigohida.
Ayni damda Buxoro viloyatida hozirgi kungacha saqlanib qolgan ko’pgina tarixiy obidalar mavjud. Ushbu tarixiy obidalarga sayohat amalga oshirish uchun sayyohlar asosan, Buxoro viloyatining jami yodgorliklarning 10 foizginani tanishish, bilish va o’sha obyekt joyida bo’lishadi. Buxoro shaharidan joy olgan asosiy obyektlarning ro’yxati quyidagicha:
Buxoroning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari.
1 -jadval.
Manba: http://arkuzminorkalom.zn.uz/
Yuqoridagi asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklar ro’yxati keltirilgan bo’lib, sayyohlar esa asosan ushbu obyektlar bilan tanishishi va ko’rishiga ega bo’lishadi, ammo Buxoro viloyatida bunday tarixiy yodgorliklar esa talayginadir,jumladan:
Buxoro viloyatida umumiy yodgorliklar soni 365 ta bo’lib, shulardan 255 tasi Buxoro shahariga to’g’ri keladi. Hamda, quyidagicha tahlili keltirib o’tilgan:
1-diagramma.
B uxoro shahrining jami yodgorliklari.
Manba: Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamentining statistik maʼlumoti.
Buxoro shahrining jami yodgorliklari 255 ta bo’lib, shulardan ba’zi asosiy tarixiy obidalar soni 14 ta, madrasalar – 30 ta, masjidlar – 48 ta, karvonsaroylar – 15 ta, tim va toqlar – 4 ta, boshqa yodgorliklar esa 145 tani tashkil etib, sayyohlikda foydalanib kelinmoqda.
Jahonga mashhur ushbu yetti pir:
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy quddisa sirrihu – Xojai Jahon. 1103-1179-yillarda yashaganlar. Xojagon tariqatining asoschisi hazrat Abduxoliq avliyolarning sultoni va boshqa nomlar bilan sharaflangan. Abduholiq G’ijduvoniyning “Risolai Soxibiya”, “Risolai tariqat”, “Vasiyatnoma”, “Maslak al orifin”, “Maqsad as-solikin”, “Az sufar Xoja Ahmad abduhalil G’ijduvoniy”, “Maqomat Xoja Yusuf Xomadoniy” kabi asarlarida ilmu odob, inson va uning jamiyatdagi o’rni, din va dunyoviy munosabatlar to’g’risida fikr yuritilgan. Hozirda Abdulxoliq G’ijduvoniyning muborak xoklari Buxoro viloyatining G’ijduvon shahri markazida joylashgan.
Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy quddisu sirrihu Xo’ja Orif Mohi-tobon nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Xo’ja Orif Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Revgar qishlog’ida tug’ilganlar, yuz yildan ortiq umr ko’rib, 1259-yilda vafot etganlar. U kishining “Orifnoma” kitobining muallifi. Qabrlari Shofirkon markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan. 1996-yil Xoja Orif jomesi qurildi.
Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy quddisu sirrihu Vobkent tumanidagi Anjir Fag’ni qishlog’ida tug’ilib, o’sha yerda vafot etgan. Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbog’dir. Bugungi kunda Fag’naviy qabrlari Vobkent tumanida obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Xoja Ali Romitoniy quddisu sirrihu Xojai Azizon nomi bilan mashhur. Bu zoti sharif Romitonning Ko’rgon qishlog’ida tug’ilganlar. Xoja Ali Romitoniyning “Risolai Azizon” kitoblari mashhurdir. Xoja Ali Romitoniy haqlarida Alisher Navoiy oʻzining “Nasoimul muhabbat” asarlarida ham “Xoja Mahmud xulososidandur va bu silsilada alarming laqablari hazrati Azizondir va alarga oliya maqomot va zokira karamot ko’p erkandur va to’qmoq san’atiga mashg’ul bo’lur emish” deya ta’rif berib o’tganlar.Xoja Alining Romitondagi Qo’rg’on qishlog’ida tabarruk qadamjolari bor.
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy quddisa sirrihu . Bu muborak zotning qabri Buxoro viloyatining Romiton tumanidagi Simos qishlog’idaida. Sayyid Amir Kulol quddisu sirrihuning asli ismi Sayyid Amir Kalon bo’lib, Buxoro yaqinidagi Suxor qishlog’ida tug’ilgan 1287-yillarda dunyoga kelganlar. Bu zotning qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Hazrati Sayyid Muhammad Bahoul-haq val-millat vad-dunyo ud-din Naqshband ibn Sayyid Jaloliddin. Bahouddin Naqishband hazratlari 1318-yil Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog’ida tug’ilgan. Naqshband so’zi Hazrati Xojaning laqablari bo’lib, ma’toga naqsh (gul) solishni bildiradi. “Maqomot” ning bir yerida Hazrati Xoja mato to’qiydigan do’konlari borligiga ishora qiladilar. Bu so’zning ramziy ma’nosi ham bo’lib, muridning qalbiga Alloh muhabbatining naqshlanganligini bildiradi. Ul zoti sharif sharofatidan qishloqning nomi Qasri Orifonga aylangan. Bahouddin Naqishband 1389-yilda Qasri Orifonda vafot etganlar. U kishining qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Nafaqat “Yetti pir” balki Buxoro o’zida juda ko’plab me’moriy obyetlarni o’zida jamlagan hudud sifatida ham bu yerda erkin turistik zonani shakllantirish imkoniyati mavjud. Bu yerdagi har bir me’moriy obida, arxitektura yodgorliklari butun dunyodan kelgan mehmonlarni o’ziga maftun qila oladi. Chunki viloyat hududida 660 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo’lib, ularda 997 ta arxitektura yodgorliklari ro’yxatga olingan. Shu jumladan, Buxoro shahrida 264 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo’lib, ularning tarkibida 350 dan ortiq arxitektura yodgorliklari bor. Yuqorida ko’rsatilgan 264 obyektdan 183 tasi jamoat, 81 tasi turar joy binolaridir. Birgina Bahouddin Naqshbandiy madaniy merso obyektida 30 dan ortiq arxitektura yodgorliklari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |