2.2. Buxoroda turizmning maxsus turlar taklifini oshirish yo’nalishlari
So’nggi yillarda jahon bo’ylab turizmning unutilgan va yangi innovatsion ko’rinishlari paydo bo’lmoqda. Ana shunday yo’nalishlarning ayrimlarini o’zbekona mentalitetimizga mos kelgan holatda qo’llash, yurtimizni iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlaydi.
Qishloq turizmi yo’nalishiga shaharlarda yashovchi o’zbekistonliklarni, hamda xorijlik sayyohlarni ham jalb etish mumkin. Bunda sayyohlar qishloqning toza havosidan bahra oladilar, yangi uzilgan sarxil meva-sabzavotlarni, sut mahsulotlarini tatib ko’radilar. Keyingi paytlarda jahonda paydo bo’lgan agroturizm sohasi mana shu turistik yo’nalishga mansub bo’lib, sayyohlarni ayni hosilni yig’ib olish davrida ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Baliq tutishdan boshlab asalarichilikkacha bo’lgan barcha sohallarda turistlarni jalb etish sohaning rivojlanishiga, hudud infratuzilmasining yaxshilanishiga va fermerlarimizni qo’shimcha daromad olishlariga erishiladi. Bahorda qulupnay, kuzda qovun sayllarini yo’lga qo’yish sayyohlar qiziqishini oshiradi.
Gastronomik turizm yo’nalishida xorijiy sayyohlarni to’g’ridan-to’g’ri milliy taomlarning tayyorlanish usullari bilan tanishtiradi. Tayyor taomlarni esa restoranlarda tortish orqali qo’shimcha sarmoya olishga erishiladi.
Festival turizm yo’nalishini rivojlantirish uchun shahrimizda tashkil etiladigan barcha festivallar reklamasini ommaviy-axborot vositalari yoki internetda joylashtirishni keng yo’lga qo’yish zarur. “Ipak va Ziravorlar”,“Buxoro hunarmandlari”, “Milliy oʻyinlar” kabi bir qator festivallar shahrimizga turistlar tashrifini oshiradi.
Ziyoratchilik turizmi shiddat bilan taraqqiy toptirish mumkin o’lgan turistik yo’nalishlardan biri sanaladi. Buxoroda Islom olamining buyuk muhaddisi Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Ismoil Somoniy kabi mutafakkirlarning ziyoratgohlari, “Yetti pir” hamda Bahouddin Naqshbandiy qadamjoylarni Buxoro bo’ylab keng targ’ib etish orqali turizmni eng yo’lga qo’yish mumkin.
Ekoturizm sayyohlarni tabiat bilan yolg’iz qolib ruhiy quvvat, ilmiy bilim olishlarida oʻrni katta. Ana shunday ekologik turistlar uchun mehmonxona sifatida qo’riqxonada barpo etiladigan uylardan foydalanish mumkin. Bu esa ayniqsa tabiatshunos olimlarning xavfsiz masofadan turib hayvonlarga ozor yetkazmasdan turib ularning biologiyasini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Hattoki, ekologik turistlarning xalqaro hamjamiyati tuzilgan bo’lib, ayrim sayyohlar dam olish va ilm o’rganish asnosida atrof-muhitga foyda keltirishni istaydilar.
Qo’shimcha xizmat sifatida men turizmni maxsus turlar taklifini oshirish maqsadida bir kunlik ekologik ekskuriyani rejasini ishlab chiqdim. Ekskursiya xorijiy va mahalliy turislarga moʻljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi cho’lining tabiati bilan yaqinroq tanishish. Buxoro viloyatining Shofirkon o`rmon xo`jaligi hududida joylashgan qum cho`l landshafti, u yerdagi o`simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar xarobalari) xamda “Vardanza qo`riqxonasi » ekskursiya uyushtirish , 3-4 kishidan iborat bo’lgan guruh maxsus instructor bilan avtotransportda Buxorodan chiqib fotoov bilan shug’ullanishadi. Uning rejasi quyidagicha:
7.00 – Guruh yig’ilib avtotransportda shahardan chiqish.
7.30-8.00 – Vobkent shahridagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishish (Vobkent minorasi)
10.00-11.00 – «Vardanza qo`riqxonasi»ga yetib kelish va o’sha yerning o’zida milliy xonadonda o’zbekcha choy ichish.
11.00-19.00 qo’riqxonani o’zida fotoov bilan shug’ullanish.
Tushlik maxsus tayyorlangan joyda (palatkada)
19.00 – Buxoroga qaytish.
Milliy an’ana va urf-odatlar turizmi Buxoroga sayyohlar e'tiborini oʻziga tortishi shubhasiz. Milliyligimizga xos bo`lgan odatlarimizdan : beshik to`yi, xatna to`yi, kelin salom, xina qo`yish marosimlari, dorbozlar namoyishi, kurash tushishlarni ham misol qilish mumkin. Xatna to`yi-bu mahalliy tilda “sunnat to`yi”dir. Odatda o`gil farzand ko`rgach, farzandning otasi yaqin qarindosh, yoru-birodarlari orasida to`y qilib, nishonlaydi. Beshik to`yi odatda bolaning tug’ilganidan keyin, yettinchi, to’qqizinchi, o’n birinchi va qirqinchi kuni amalga oshiriladi. Kelin tomondan boy bezatilgan beshik va chaqaloq uchun kerakli aksessuarlar, shuningdek chaqaloq uchun turli kiyimlar, o’yinchoqlar keltiriladi. Yana bir o`zgacha marosim- bu “Salla bog`lash” marosimi hisoblanib, bu marosim faqat Buxoro viloyatiga xos bo’lib, bu qizning onasi tomonidan uyushtiriladigan marosimdir, mohiyati shundan iboratki, qizi farzand ko`rgach onasi farzandi uchun uyushtiradigan bayramdir. Bu udum quyidagicha amalga oshiriladi: xonaga ko`rpacha yozilib, yosh ona shu yerga boshlab kelinadi, dindor,taqvodor ayol yosh onani kiyintirib, boshiga salla bog`laydi, ona uchun kerakli bo`lgan barcha kiyimlarni qizning onasi taqdim qiladi. Kiyimlar bayramona,bezakli bo`lishi kerak. Shundan so`ng yosh ona barcha zaifalarga,so`ngra otasi,turmush o`rtog`iga salom beradi. Shu bilan bu marosim o`z nihoyasiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |