2-bob Buxoro viloyatida xorijiy sayyohlar uchun xizmatlar sohasini rivojlantirish.
2.1 Buxoroning sayyohlik sohasi taklif qilayotgan turizm turlari
Hozirgi kunda Buxoroning turistik tashkilotlari tomonidan asosiy taklif qilinayotgan turizm turlari bu:
• Ekologik turizm.Hududimizda “Jayron ekomarkazi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Dastlab ushbu ekomarkaz “Jayronlarni ko‘paytirish bo‘yicha Buxoro ixtisoslashtirilgan qo‘riqxonasi” deb nomlangan va tobora kamyob bo‘lib borayotgan bu jonivorlarni ko‘paytirish, ularni biologik o‘rganish, yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoitlar yaratish asosiy vazifa qilib olingan edi. Bu sohada ijobiy natijalarga erishilgandan so‘ng qulon, sayg‘oq, Buxoro bug‘usi, Prjevalskiy oti, chiroyli tuvaloq, yo‘lbarssimon yirtqich hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish choralari ko‘rildi. Bu boradagi ishlar kutilgan natijani bergach, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi farmoyishi bilan qo‘riqxonaga “Jayron ekomarkazi” nomi berildi.Ayni paytda markaz hayvonlarning kamyob turlarini ko‘paytirish, ularning biologik xususiyatini o‘rganish, genetik zahirasini yaratish bilan shug‘ullanayapti. Qo‘riqxona maqomiga ko‘ra o‘ziga xos ilmiy ishlab chiqarish muassasasi hisoblanib, unda ayni paytda 33 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, o‘n ikki kishidan iborat ilmiy bo‘lim tadqiqot ishlarini — jayronlar, qulonlar, Prjevalskiy otlari bo‘yicha monitoring olib boradi. Boshqa tashkilotlar ham bu borada ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.Ekomarkaz Qizilqum cho‘llarida — Buxoro shahridan 42 kilometr uzoqlikda joylashgan. U tabiatni asrash tartibidan kelib chiqib, ikki hududga bo‘lingan. Birinchi hudud — qariyb 5200 gektar maydonni egallagan bo‘lib, atrofi ikki metrli sim to‘rlar bilan o‘ralgan. Bu yerda hayvonlar asosan ko‘paytirish uchun saqlanadi. Ikkinchi hudud — atrofi o‘ralmagan 27000 gektardan ziyod maydonni tashkil etadi.Qo‘riqxona hududi murakkab tabiiy releflardan iborat bo‘lib, asosan, Qizilqum va Qarnobcho‘l qumliklari hamda yarimqumliklardan tashkil topgan. Uning birinchi qismida sho‘rlik darajasi turlicha bo‘lgan to‘rtta kichik ko‘ldan iborat suv havzalari mavjud. Ko‘llar asosan tabiiy suv manbalari va Amu — Buxoro kanalidan oqib o‘tadigan suv bilan to‘ldiriladi. Ularning minerallilik darajasi chegara doirasida. Markaz hududining o‘simliklar dunyosi boy va xilma-xil. Bu yerda o‘simliklarni turiga qarab o‘n bir turkumga bo‘lish mumkin.
Birinchi hududda asosan tuyoqli hayvonlar yashashi, ko‘payishi va rivojlanishi uchun yetarli sharoit mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2006 yilning o‘zida tuyoqli hayvonlardan — jayronlar mingta, qulonlar ellik uchta, Prjevalskiy otlari qirq bittaga yetgan. Ikkinchi hududda esa, 30-40 ta jayron yashaydi. Bu hudud tuyoqli noyob hayvonlar yetishtirishda zahira vazifasini bajaradi.
• Diniy turizm. Buxoro viloyati Imom al-Buxoriy, Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo`shgan minglab allomalarning vatani hisoblanadi. Birgina Buxoroning o`zida 7000 dan ortiq avliyolar yashab o`tgan. Islom ahli o`rtasida Buxoro viloyati hududida joylashgan olamga mashhur “Yetti pir”ning qadamjolarini ziyorat qilish kichik haj ziyoratiga tenglashtirilgan.
Buxoro viloyatida turizm turlarining taklifini oshirish masalasida keng qamrovli ishlar jaddallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, “Akademik va xalq badiiy jamoalari” tasarrufidagi “Maqom”, “Buxoracha”, “Buxoro go’zallari” ansambllari 1980 yildan buyon O’zbekistonga jumladan Buxoro shahriga turizm yo’li bilan tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarga, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega nufuzli delegatsiyalar, qabul marosimlarida maxsus dasturlar asosida Devon begi madrasasida qator madaniy xizmatlar ko’rsatib kelmoqda.
Mazkur dasturlarda Farg’onacha, Xorazmcha va xususan Buxoroning o’ziga xos mumtoz san’ati bilan birga fol’klor na’munalari “Buxorcha” va “Zaboniy” turkum ma’rosim qo’shiqlarga keng o’rin berilib, xorijiy delegatsiyalar va mehmonlarga Buxoro san’ati va madaniyati haqidagi ta’assurotlarini yanada boyitishga yordam beradigan jihatlariga e’tibor qaratilgan. Kuy va qo’shiqlar, musiqa asboblari xaqidagi dastur davomida o’ziga xos tarzda ma’lumotlar berib borilishi konsert saviyasini ko’tarishiga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |