Mundarija: I. Kirish


Turkman qal’a «Ulli xovli»



Download 2,29 Mb.
bet8/11
Sana26.03.2022
Hajmi2,29 Mb.
#511717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Alisher.Pkurs ishi

Turkman qal’a «Ulli xovli» 1640-1694-yillarda axoli turar joylari sifatida qurilgan tarixiy qal’adir. Qal’aga 1600-yillar o‘rtalarida turkmanlar ko‘chmanchi o‘rtoqlashishi natijasida asos solingan. Asosiy qal’adan tashqari Oshoq ovva va Yuqori ovva deb atalgan qal’alar ham bo‘lgan ammo ular xozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. 
Ulli Xovli Xiva xonligi xududida yashagan turkman qabilalarini madaniyati va turmush tarzini namoyish qiluvchi eng qadimiy obidalardan.
Chodra Xovli Xivaning sharqiy tomonida shahardan 11 km uzoqlikda Yangiariq yo‘li bo‘yida joylashgan. O‘ziga xos shaklga ega bu bino 1871 yili Muhammad Raxim-Xan tomonidan yozgi qarorgox sifatida qurdirilgan.
To‘rt qavatli 30 metrli bino o‘ziga xos dizayni bilan minorani eslatadi. O‘zgacha dizayndan tashqari bino nisbatan kichik asosga ega ya’ni 16mx8m. Yerto‘lada otxona va ikkita omborxona joylashgan. Birinchi va ikkinchi qavatlar xona vazifasini o‘tagan. 

Qalajiq qal’a

Qalajiq qal’aga eramizdan oldingi IV asrda asos solingan. Qal’a asosan ximoya inshooti sifatida qurilgan. Qal’a kim tomonidan qurdirilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Afsonalarga ko‘ra qal’a tarixda o‘chmas iz qoldirgan sirli shaxslardan biri Sulaymon Payg‘ambar tomonidan otasi Dovud Payg‘ambar sharafiga qurilgan. 
Qal’a yonida ko‘l joylashgan bo‘lib, suvining tarkibi jixatidan o‘lik dengiz suvlari tarkibiga yaqin va foydali xossalarga ega. Ko‘l atrofidagii qum barxanlari ham foydali xususiyatlari bilan mashxur. 
«Sulaymon qal’a» qadimiy Xorazmning eng ko‘xna qal’alaridan biridir, tarixiy obida Xazorasp tumanida joylashgan. Xazoraspning tarixi eramizdan oldingi V asrga taalluqlidir, kal’a o‘sha zamonlarda yashagan xukmdorlarning qarorgoxi bo‘lgan. Qal’a devorlari xozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Qal’a xavfsizligini ta’minlash maqsadida obida ko‘l bilan o‘ralgan. Mahalliy axoli bu ko‘lni Oydin ko‘l deb ataydi uning o‘ziga xos jixati shundaka, ko‘l chuchuk chuv bilan to‘yintiriladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra ko‘l ostida yer osti yo‘li joylashgan. Qal’aning eng yuqori tepaligidan astronomik kuzatuvlar uchun foydalanilgan.



Shuningdek Xorazm vohasida ekoturizmni rivojlantirish uchun ham yetarli darajada imkoniyatlar mavjud. Xorazm viloyatining iqlimi keskin kontinental, yoz oylarida harorat +40 S gacha ko‘tarilishi mumkin. shunga qaramay viloyat xududidagi ekin yerlari yuqori hosildorlikka ega chunki, ichimlik va sug‘orish suvlarining asosiy manbai bo‘lmish Amudaryo butun xudud bo‘ylab oqib o‘tib, yerning sho‘rini yuvadi va uning tarkibini yaxshilaydi. Bu jixatdan Xorazmning yozgi iqlimini Misr iqlimi bilan solishtirish mumkin, buni ko‘plab xorijiy sayyoxlar e’tirof qilishmoqda. Qishda harorat -30 gradusgacha pasayadi, yog‘ingarchilar kuzatiladi va kuchli quruq shomaol esadi
Amudaryo bo‘yida soxil o‘simliklarining o‘zziga xos turlarini uchratish mumkin, bu kichik o‘rmonlar to‘qayzorlar deyiladi. To‘qayzor o‘rmonlar yovvoyi to‘ng‘iz, buxoro bug‘usi, Eron bug‘usi, mallarang tulki, shoqol, qo‘ng‘ir quyon ko‘plab qush turlari uchun muxim yashash muxiti hisoblanadi. To‘qayzorning asosiy daraxtlari Gujum, Baqaterak, Sharq jiydasi, Jingil va Yulgundir. 
Xususan, issiq yoz oylarida daryo bo‘yi mikroiqlimi juda yoqimli. Mahalliy axoli orasida Amudaryo va uning yon kanallari bo‘yidagi to‘qayzorlar yozgi dam olish maskanlari sifatida juda mashxur. 
Bu o‘ziga xos ekotizimdan baxramand bo‘lish uchun, ko‘p yillik Terak va gujumlar ostida dam olish va o‘tovlarda tushlik qilish yoki ikki qavatli kemada Amudaryoni aylanib chiqishingiz mumkin. bundan tashqari daryo bo‘larida baliq ovi ham yo‘lga qo‘yilgan. 


Amudaryo bo‘yida ikki qavatli kemada sayoxatlar yo‘lga qo‘yilgan. Sayoxat davomida kema bortida yangi tutilgan baliqlardan tayyorlangan taomlar tortiladi.
Shuningdek, ayni shu atrofda paxtazor yerlar joylashgan bo‘lib bu yerda mexmonlar qishloq xo‘jaligi tajribisi bilan tanishishdan tashqari, paxta terish va tandirda non yopish jarayonini kuzatishlari va ishtirok etishlari mumkin. Kunning oxirida issiq kulcha va bir piyola choy ustida folklor spektaklini tomosha qilishingiz mumkin.


Xorazm milliy oshxonalarida vohaning o’ziga xos taomlari tayyorlanishi bu yerda gostronomik turizmini rivojlantirish mumkinligidan dalolat beradi. O’zbek milliy taomlarini tayyorlanish jarayoni va ovqatlanish madaniyati juda uzoq tarixga ega va xalqning ko’p yillik tajribasiga asoslanadi. Urf-odat va an’nalar xududning iqlim sharoitidan va mahalliy axolining turmush tarzidan kelib chiqqan xolda shakllangan. Har bir xudud axolisi milliy taomlar tayyorlash borasida o’z uslubiga ega. Ayniqsa Xorazm viloyati o’zining taomlari va ularni tayyorlashning maxsus uslubi bilan mashxur. Har bir taom o’zining maxsus ta’miga ega ayniqsa, "Xorazm palovi", "Tuxum barak", "Ushoq barak", "Shivit oshi", qovurilgan baliq va boshqalar. Xorazm milliy taomlari O’zbekistonning boshqa xududlarida tayyorlanadigan taomlardan farq qiladi.
Xiva - qadimiy devorlar, minoralar va loydan qurilgan betakror binolar shahri.

Xivaning yoshi 2500 yildan oshgan. Agar siz tarixga sho‘ng‘ishni va qadimiy Sharqning haqiqiy go‘zalligini ko‘rishni istasangiz, Xivaga tashrif buyuring.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish