Mundarija: I. Kirish



Download 2,29 Mb.
bet1/11
Sana26.03.2022
Hajmi2,29 Mb.
#511717
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Alisher.Pkurs ishi

Mundarija:


I.Kirish
1.1. Turizm sohasidagi brend tushunchasi
1.2. Brend yaratish
II.Asosiy qism.
2.1.Xiva turistlik brendi haqida
2.2. Xiva Turistik brendini targ'ib qilishda ommaviy uchrashuvlar va namoyishlarni tashkil etish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Xorazmning boy ko‘p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va yurtdosh olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Viloyat hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva shahridagi me’moriy obidalar bugun dunyo ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu yerda Ark, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishanqal’a yodgorliklari alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa’la yodgorlik majmui esa YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy Xiva shahrining 2500 yilligi 1997 yilda xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Xorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti - Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda vohada turizm sohasini rivojlantirish uchun ham talay ishlar amalga oshirildi va bu ish xozirda ham davom etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu hujjat Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatidan foydalanishni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy sayyohlarning hududdagi noyob tarixiy-madaniy va me’moriy yodgorliklar bilan keng qamrovda tanishishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
Sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlik inshootlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, sayyohlikning transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish, hududdagi turistik marshrutlar va xizmatlarni takomillashtirish, sayyohlikning yangi yo‘nalishlarini, mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Xorazmda sayyohlikni rivojlantirish orqali 2015 yilgacha turistik xizmatlar hajmini 4,9 marta, eksportni 3,8 barobar, sayyohlar sonini esa 1,7 marta va mehmonxonalardagi o‘rinlarni 1,7 baravar oshirish ko‘zda tutilgan.Dastur doirasida viloyatda umumiy qiymati 86,76 million AQSH dollariga teng 118ta loyiha amalga oshiriladi. Buning uchun mahalliy korxonalar va tashkilotlar 28,502 million dollar mablag’ ajratadi. Tijorat banklari tomonidan esa 25,108 million dollarlik kredit, 12,5 million dollarlik chet el sarmoyasi va 2,925 million dollarlik grant ajratiladi. Shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi tomonidan 4,243 million va davlat byudjetidan 13,482 million AQSH dollarlik mablag‘ ajratiladi.
Xususan, dastur doirasida Xiva shahrini rivojlantirishning bosh rejasi qabul qilinadi. Qarorda ta’kidlanishicha, iyun oyida barcha madaniy yodgorliklar va sayyohlik inshootlarida ko‘rsatkichlar va yagona namunadagi axborot stendlari o‘rnatiladi.
Dastur doirasida sayyohlar uchun mo‘ljallangan kamida 50 ta transport vositasini sotib olish, ular uchun park va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etish rejalashtirilgan.
Xabarlarga qaraganda, Toshkent, Samarqand va Buxorodan Urganchga, qatnaydigan poyezdlar harakatlanish chastotasini haftasiga uch marotabagacha oshirish ko‘zda tutilmoqda. «O‘zbekiston temir yullari» davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi Urganch-Buxoro-Qarshi-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki martadan kam bo‘lmagan chastotada harakatlanadigan yangi marshrutni ochadi.
Dastur doirasida Buxoro-Urganch (sayyohlik mavsumida har kuni), Parij-Urganch va Milan-Urganch (mavsumda haftasiga ikki marta) va Frankfurt-Urganch (haftaning turli kunlarida) yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi sayyohlik mavsumida Urganchdan Farg‘onaga, Termizga, Qarshiga, Samarqandga va boshqa shaharlarga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Kompaniya 2014 yilda Urganch orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yevropa Ittifoqi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Rossiya shaharlariga qatnaydigan xalqaro aviareyslarni ochadi.
Xorazm viloyatida yangi mehmonxonalar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish mo‘ljallanmoqda. Hujjat 2013-2015 yillar davomida viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va holatini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqladi. Manzilli dastur doirasida hududda jami qiymati 17,063 million AQSH dollarlik 35ta loyiha amalga oshiriladi. Loyiha tashabbuskorlari buning uchun 6,785 million dollar ajratadi. Tijorat banklari tomonidan 7,778 million dollar hajmdagi kredit va 2,5 million dollar chet el sarmoyasi ajratiladi. 
Mustaqillik davrida Prezidentimiz tashabbusi bilan tarixiy obidalarni qayta tiklash va ta’mirlash borasida Xorazm viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risidagi qarorini alohida ta’kidlash lozim. Qarorda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. 
Xususan, 2015 yilga borib turistik xizmatlar ko‘rsatish 2012 yilga nisbatan 4,9 barobar o‘sishi ko‘zda tutilmoqda, turizm xizmatlarining eksporti 3,8 barobar, turistlar soni 1,7 barobar, mehmonxonalar soni 1,8 barobar o‘sishi ko‘zda tutilgan. Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda turizm sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik marshrutlarni hamda xizmatlarini takomillashtirish, turistik potensialni taqdimot qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, turistlar uchun infratuzilmani yanada yaxshilash, turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish kabi vazifalar belgilangan.
Ushbu Dasturga muvofiq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida joylashgan “Hazorasp qal’asi” negizida turistik kompleksni tashkil etish, jumladan, 600 kishiga mo‘ljallangan ochiq amfiteatr, qal’a atrofida yo‘lovchilar uchun yo‘lak tashkil etish, sharq bozori va hunarmandlar rastasini ta’mirlash, yonidagi ko‘lni obodonlashtirish, qadimiy “Hazorasp qal’asi” muzeyini tashkil etish, unda arxeologik topilmalar, qadimiy rasm va ashyolarni namoyish etish hamda qal’aga boruvchi avtoyo‘lni joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda tarixiy-madaniy ob’ektlarni restavratsiya qilish va ahvolini yaxshilash bo‘yicha tasdiqlangan manzilli Dasturda “Hazorasp qal’asi” devorlarini tiklash ham ko‘zda tutilgan.
Umuman olganda, Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda Davlat byudjeti, tashkilot va muassasalar mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, chet el investitsiyalari, grant mablag‘lari va Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari ko‘zda tutilgan. 
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Prezidentimiz qarorlari hamda ana shu asosda amalga oshirilayotgan ishlar aholi tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Ushbu ishlarda ular faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, viloyatning har bir tumanida dam olish kunlari shaharlarni obodonlashtirish uchun hasharlar uyushtirilmoqda, kam ta’minlangan odamlarga moddiy va ma’naviy yordam berish bo‘yicha xayriya ishlari olib borilmoqda.
Viloyatda iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri turizm hisoblanadi. Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida viloyat hokimining 2010 yil 24 fevraldagi 87-sonli «Viloyatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2010 yilga mo‘ljallangan tadbirlar Dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.


Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish