Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet131/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Savol va topshiriqlar

1.Lisonning yaxlit sistemaviyligini izohlang.


2.Lisoniy sathlar hamkorligini qanday tushunasiz?
3.Umumiy ma’no bilan xususiy ma’noni bog‘lovchi bo‘g‘in nima?
4.Lisoniy-sintaktik qolip nutqda qanday voqelanadi?
5.Sintaktik sath birligi voqelanishida sathlar hamkorligi qanday?
6.Sintaktik sath birligi voqelanishida leksik sath ustuvorlashuviga misol keltiring.
7.Sintaktik sath birligi voqelanishida morfologik sath ustuvorlashuviga misol keltiring.


9–BO‘LIM


PUNKTUATSIYA


Tayanch tushunchalar


nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko‘p nuqta, tire, qavs, qo‘shtirnoq

Tinish belgisiyozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda xizmat qiluvchi, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmun munosabatlarini ko‘rsatuvchi muhim yozuv vositasi. Ular quyidagilar: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), ko‘p nuqta (…), tire (–), qavs ( () ), qo‘shtirnoq (“”).


Nuqtaning ishlatilishi. Nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi:1) tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o‘z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki, uning kuchi yetsa. 2) birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan keyin: “Men hozir jo‘nayman, – dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo‘lga chiqing”. 3) qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy). 4) sanash yoki ayrim fikrning qismini ifodalagan va oy, kun, yilni bir-biridan ajratish uchun qo‘llangan raqam yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi. Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o‘z o‘rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Ketdi. (A.Qah.) Shuningdek, sarlavhadan keyin (darak gap bo‘lsa) nuqta qo‘yilmaydi. Lekin sarlavha birdan ortiq mustaqil sodda gapdan tuzilgan bo‘lsa, oldingilaridan keyin nuqta qo‘yilib, oxirgisidan keyin qo‘yilmaydi: Gap. Sodda gap

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish