Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


KO’ChIRMA GAPLI QO’ShMA GAP



Download 1,48 Mb.
bet122/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

KO’ChIRMA GAPLI QO’ShMA GAP

Ko’chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi. Ko’chirma gap bir so’zdan, bir gap yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir abzasdan iborat bo’lishi mumkin. Muallif gapi esa qo’pincha ikki tarkibli birgina sodda gapdan tashkil topadi; qo’shma gap shaklida yoki bir tarkibli sodda gap shaklida deyarli qo’llanilmaydi. Misollar: «Bugun fakultetda yig’ilish bo’ladi”, - dedi dekan.


Ko’chirma gapning kesimi fe’l, ot yoki boshqa turkum so’zlari bilan ifodalana oladi, lekin muallif gapining kesimi hamma vaqt sof fe’l bilan ifodalanadi.
Quyidagi fe’llar muallif gapining kesimi bo’lib keladi:

  1. Gapirish, so’zlash ma’nosini bildiruvchi demoq, aytmoq, ga-pirmoq, so’zlamoq, murojaat qilmoq singari fe’llar: «Ko’pnar-salarni ko’zimga ko’rsatdingiz, yana ko’p'narsalarni ko’rsatgani qo’-shimcha chiroq berdingiz, Urmonjon aka»,dedi Siddiqjon. (A. Q.)

  2. So’zlash ma’nosi bilan bog’liq bo’lgan turli holatni ko’rsatuvchi qichqirmoq, pichirlamoq, buyurmoq, undamoq, ogohlantirmoq, telefon qilmoq singari fe’llar: Tuynuk orqasida Ra’no kelinoyimning past, ammo g’azab to’la og’angda pichirladi: -“Basharang qursin! Qayoqdan keldi bu so’xtasi sovuq! Shu kuniyam xoli qo’yishmaydi”. (O’. Hoshimov)

  1. Oldingi fikr bilan bog’liqlikni ifodalovchi javob bermoq, bo’lmoq (gapni bo’lmoq), davom ettirmoq kabi fe’llar:

  2. So’roq mazmunini ifodalovchi fe’llar: «Qalay, bu yilpax-ta planini bajarasizmi?»so’radi Uktam .(0.)

  3. Muallifning turli ichki kechinmalarini, his-tuyg’ularini, haya-jonini hamda ayrim mimikalarini ifodalovchi fe’llar: “Gaping rost bo’lsa o’qi!”,-dedi Oqsoqol to’ng’illab, “Kimsanboy nima yozibdi”. (O’. Hoshimov). Nasimjon o’tirdi, yozuv-chizuvga uringan ko’rinib, boshini ko’tarmasdan ming’irladi: «Xotirjam bo’linglar, bir iloj qilib qo’ndiraman». (O.)

Ko’chirma gapning bir necha o’ziga xos xususiyatlari bor. Buyruq mazmunidagi ko’chirma gapda ko’pincha undalma ishtirok etadi va undalmali gapning fe’l kesimi buyruq mayli shaklida keladi: Gulnora o’rtog’idan so’radi: “Nigora, bugun universitetga barasanmi?”

Gapning mazmuniga qarab ko’chirma gapning intonasiyasi turlicha bo’ladi: «Gap qiziqishda,javob berdi Egamberdi,chalShSh dedi Jo’ra, (OShk


Ko’chirma gapdagi intonasiya uning o’rniga qarab ham turlicha bo’ladi. Agar u muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapidan ko’ra kuchliroq ohang bilan aytiladi, muallif gapidan oldin qisqa pauza bo’ladi: “Bugun hamma hasharga borishi kerak,” – dedi Ulug’bek aka.
Ko’chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, to’liqroq pauza hamda balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi: Ulug’bek ak dedi: “Bugun hamma hasharga borishi kerak”.
Agar muallif gapi ko’chirma gapning o’rtasida kelsa, u gap o’rtasida kelgan kirish so’z va kirish gaplarga o’xshash past ohangda aytiladi: “Bugun,- dedi Ulug’bek aka,- hamma hasharga borishi kerak”.
Ko’chirma gapda bayon qilingan fikrgina bildirilmay, balki hali ifoda etilmagan, faqat o’ylangan — taxmin qilingan fikr, ham bildirilishi mumkin. Bunday gaplarda muallif gapining kesmi o’yladi, dedi ichida, dedi o’ziga-o’zi kabi shakllarda ifodalanadi.
Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko’chirma gaplar fikrning tinglovchiga qaratilganligini ko’rsatsa, bayon qilinmagan fikrni ifodalovchi ko’chirma gapda fikr so’zlovchining o’ziga qaratilgan bo’ladi: Qolxoz yerining etagida yangi ochilayotgan yerga keta turib, -o’yladi ichida u: «Vatanni ofat tahlikaga solganda, qari-qartanglar ham so’nggi kuchlarini bilakka yig’ib fidokorlik ko’rsa-gadilar...»
Ko’chirma gapda ba’zan biror predmetning «gapi» ham ko’chirib berilishi mumkin. Bu holat asosan poetik asarlar uchun xos: Paxta deydi kulib tovlanib: «Sevgan kishi meni maqtasin». (U.) Dalalar salomga qo’lin cho’zadi: «Marhamat, qardoshlar, aziz mehmonlar». (G’. G’.)
Ko’chirma gap va muallif gapining o’rni stilistik talablarga muvofiq turlicha bo’ladi:
1) ko’chirma gap muallif gapidan oldin keladi. Bunda muallif gapida kesim oldin, ega keyin joylashadi: «To’g’ri, qoloqdan cho’loq yaxshi»,dedi qovog’ini solib Dilshod. (0.)
Demoq fe’li ko’chirma gapdan keyin joylashgan muallif gapining kesimi bo’lib kelganda, ma’no va vazifasi jihatidan aytmoq, so’ramoq, gapirmoq, so’zlamoq kabi so’zlash fe’llariga deyarli teng bo’ladi. Bunda deb bog’lovchisi emas, balki demoq mustaqshi .fe’li qatnashadi. Uning ma’nosi o’ta umumiy bo’ladi:
Lekin demoq fe’li so’zlash harakatiga bog’liq bo’lmagan fe’llar bilan birga kelib, deb yoki deya formasida muallif gapi bilak ko’chirma gapni bog’lashi mumkin. Bunda ko’chirma gap butunligicha muallif nutqidagi fe’l kesimga nisbatan hol yoki ergash gap bo’lib keladi: «Bu xom xayol»,— deya gapini bo’ldi akam. «Undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qildim» deb ko’kragiga uradiganlar ham topiladi. Bu xildagi gaplarda ko’chirma gaplik xususiyti bir oz kuchsizlashgan bo’ladi. Aslida «ko’chirma gap muallif gapi» shaklida tuzilgan bo’lib, bora-bora ko’chirma gaplik xususiyatini yo’qota borgan konstruksiyada deb yordamchi so’z vazifasini bajaradi: Kr-rong’i tushmasdan yetib olay deb zo’r beraman. (O.) Men sizni deb keldim.(0.) ...Balki aytarsizki, bir karvon nevara-chevarang botg* boshingda katta ro’zg’or, ko’rpangga qarab oyoq uzat deb. (0.) Yezuv-da bunday gaplar ko’chirma gaplarga xos bo’lgan tinish belgilari: bilan yozilmaydi;
2) ko’chirma gap muallif gapidan keyin keladi. Bunda muallif ga
pining kesimi ko’pincha aytmoq, so’ramoq, javob bermoq, gapirmoq, demoq kabi fe’llar bilan ifodalanadi Misollar: Komila stan-siyaning yagona xodimi yosh kolxozchidan so’radi: «Siz ham stansiya qurmoqchimisiz?» (0.) U birdan yengillashib, xo’rsindi-da, Rk-tamga murojaat qildi: «Mana bu, mavzuga nima deysiz..?» (O.) Kanizak o’ychan javob berdi: «Moskvaga borsam... Leninni ko’r-sam degan orzum bor...» (A. Q.)
Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kyolganda, undagi gap bo’lak-larining tartibi odatdagicha bo’ladi.
Ko’chirma gap muallif gapidagi bunday, shunday kabi so’zlarning mazmunini aniqlab kelishi mumkin. Bunda muallif gapining kesimi bilan bunday, shunday so’zlari orasida deb yordamchisi qo’llanadi: Dokladchi bunday deb ta’kidladi: «Gap, avvalo, kadrlarda* Ularning kolxozchilarni va sovxoz ishchilarini uyushtira bilish-larida va o’zlariga ergashtirib bora olishlaridadir». («S. Uzb.») Rais bunday deb gap boshladi: «Paxta yetishtirishda mexnat unum-dorligini oshirishga va paxta yetishtirish o’chun bo’ladigan sarf-larni kamaytirishga aloxida e’tibor berish zarur...»;
3) ko’chirma gap muallif gapining o’rtasida kelishi mumkin. Bunda muallif gapining ega sostavi ko’chirma gapdan oldin, kesim sos-
tavi ko’chirma gapdan keyin keladi. Ba’zan kesimga qarashli to’l-
diruvchi yoki hol ko’chirma gapdan oldin ham keladi. Lekin kesim-
ning o’zi doimo ko’chirma gapdan keyin qo’llanadi. Unga qarashli
hol yoki to’ldiruvchilar esa ko’pincha kesimdan keyin keladi.


4) ko’chirma gap muallif gapining har ikki tomonida kelganda
ham, muallif gapidagi kesim sostavi oldin, ega sostavi keyin keladi:
5) ba’zan muallif gapi va ko’chirma gap murakkab holda aralashib, « muallif gapi + ko’chirma gap + muallif gapi+ko’chirma gap» yoki
«ko’chirma gap + muallif gapi + ko’chirma gap+ muallif gapi» tipida qo’llanadi. Bu holat tilimizda juda kam uchraydi:
Buni ko’rib Urmonjon: «Ha, demak, hovuridan tushibdi», deb o’yladi-da, eshik oldiga borib: «Qayerda edingiz?»deb so’radi. (A. Q.)
Ko’chirma gapning muallif gapidan keyin yoki uning har ikki tomonida kelish holati jonli tilda kamroq, badiiy asarlarda ko’proq uchraydi. Uning muallif gapidan oldin yoki uning o’rtasida kelish holati esa ko’proq jonli tilda uchraydi.
Ko’chiriladigan gap bittadan ortiq shaxsning o’zaro so’zlashuvidan iborat bo’lsa, bunday ko’chirma gaplar muallif gapisiz — ;: dialog shaklida beriladi. Dialog shaklidagi gaplarning kimpYa z^arashli ekanligi nutq jarayonida ma’lum bo’ladi:

  • Rais, g’o’zamiz ko’p zararlanibdimi? sh

  • Ha, ko’p zararlanibdi. Uni tezda davolash zarur.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish