Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet123/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

O’zlashtirma gap. O’zganing gapi o’zlashtirma gap shaklida berilishi ham mumkin. Bunda muallif boshqalarning gapini grammatik va ayrim leksik xususiyatlarini o’zgartirgan holda beradi. O’zlashtirma gap ko’chirma gapdan intonasiyasi va ayrim fe’l shakllarining ishlatilmasligi bilan ajralib turadi. Demoq fe’lining ko’chirma gapda juda ko’p ishlatiladigan deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o’zlashtirma gapda deyarli qo’llanmaydi. Uning o’rnida bu gaplarda ko’proq aytmoq, gapirmoq fe’llari yshlatiladi. Masalan: Nazira opam bugun biznikiga kelishlarini aytdilar.
Ko’chirma gap, o’z sostavida nechta gap borligidan qat’i nazar, o’zlashtirma gapga aylantirilganda, sodda gap holiga keltiriladi. O’zlashtirma gapda muallif gapining bosh bo’laklari (ba’zan:ikkinchi darajali bo’laklari ham) saqlanib, ko’chirma gap birikmali to’ldiruvchiga aylanadi.
Har birimiz o’z vazifamizni bajarishimiz kerak”,-dedi akam. Bu ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilsa, undagi ikki sodda gap. Har birimiz o’z vazifamizni bajarishimiz kerak. 2. Akam dedi bir sodda gapga, ko’chirma gap esa birikmali to’ldiruvchiga aylanadi: Akam xar birimiz o’z vazifamizni bajarishimiz kerakligini aytdi.
Ergashgan qo’shma gap ko’chirma gap shaklida berilsa, ko’pincha, ergash gap (shart, ravish, to’siqsiz, o’lchov-daraja, payt, o’xshatish gaplar) o’zgarmay, bosh gap o’zlashtirma gap shaklini oladi. Shunday bo’lsa ham, qo’shma gapning mazmuni o’zlashtirib berilgan bo’ladi: «Hamma ko’saklar pishib bersa, ishimiz yirik. Mabodo kuz yomonlik qilsa, ishimizning beliga tepadi»,dedi u. (O.) Bu misolning o’zlashtirma gap shakli: U hamma ko’saklar pishib ber-sa, ish yirik bo’lishini, mabodo kuz yomonlik qilsa, ishning be-liga tepishini aytdi.
Bog’langan qo’shma gap, yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan boshqa ergashgan qo’shma gaplar ko’chirma gap shaklida kelganda, ular , birdan ortiq birikmali to’ldiruvchi holida o’zlashtirma gapga aylantiriladi: Rais paykalga tikilgan holda gapirdi: «G’o’zalarning rivoji yaxshi, biroq boshqa paykallarni shunga tenglashtirib olish kerak». O’zlashtirma gap shakli: Rais paykalga ti-kilgan holda g’o’zalarning rivoji yaxshiligini, biroq boshqa pay-kallarni ham shunga tenglashtirib olish kerakligini aytdi.
Demak, ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirish ularning turiga qarab turlicha amalga oshiriladi.
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, uning shakligina emas, ba’zan stilistik xususiyatlari ham o’zgaradi. Ayniqsa, so’zlovchining nutq prosessiga turlicha munosabatini ifodalovchi so’zlar, ekspressiv so’zlar (axir, xo’sh, ha, yo’q, xo’p, mayli) tushib qoladi. Odatda, bunday so’zlar gap bo’laklari bilan grammatik jihatdan bog’lanmagan bo’ladi: «Xo’sh, qanday yan-giliklar bor?»dedi O’ktam. (0.)—O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi. «Mayli, hozircha ana shu shiyponlarning o’zi yetib turadi»,dedi rais.Rais hozircha ana shu shiyponlarning o’zi yetib turishini aytdi.
Undov gap, atov gap, ritorik so’roq gap va shunga o’xshash boshqa-gaplarni o’zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo’lmaydi:
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, ko’chirma gapdagi fe’l kesimning zamoni deyarli o’zgarmaydi: MISOL
Misollarning birinchisida ko’chirma gapning hozirgi zamon shaklida kelgan fe’l kesimi (terayotirman) o’zlashtirma gapda hozirgi zamon sifatdoshi bilan (terayotganligini) ikkinchi misolda esa o’tgan zamon shaklidagi fe’l kesim (terdim) o’tgan zamon sifatdosh shakli bilan (terganligini) almashgan.
Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirishda ko’chirma gapdagi fe’l kesimning shaxs qo’shimchasi, kishilik olmoshi o’zgarishi mumkin.
Ko’chirma gapning subyekti birinchi shaxs kishilik olmoshi
bilan, muallif gapining egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik
olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, o’zlashtirma gap sostavidagi bu olmoshlarning biri tushib qoladi.
Ko’chirma gapning egasi kishilik olmoshi bilan ifodalangan
bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda bu olmosh tushib qoladi:
O’zlashtirma gap shakli:
Ko’chirma gap yig’iq bo’lib, uning va muallif gapining egasi bir xil shaxs-sondagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, yig’iq ko’chirma gapdagi ega bilan tuslovchi bir xil bo’lgani uchun, ularning biri tushib qoladi va ko’chirma gaplik xususiyatini bir oz yo’qotadi.
Men aytdim: «Men ketaman» tarzida emas, Men kegamam
\ Sen aytding: «Sen ketasan» tarzid* shaye, Sen ketasan dyoShng.
U aytdi: «U ketadi» tarznda emas, U ketadi dedi.
Ko’plikda ham xuddi shunday.
Garchi bunday konstruksiyalar ko’chirma gap shaklida tuzilgan bo’lsa ham, uni ko’chirma gap hisoblamaymiz.
Agar muallif gapining egasi ot bilan, ko’chirma gapning egasi kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo’lsa, bunday gaplarning o’zlashtirilgan shaklida muallif gapidagi ega va kesim saqlanadi,. ko’chirma gapning egasi qaratuvchiga, kesimi -lik affiksini olgan sifatdosh bilan ifodalangan to’ldiruvchiga — qaralmishga aylanadi. Ko’chirma gapning birinchi shaxs kishilik olmoshi bilan ifodalangan egasi ba’zan batamom qo’llanmaydi yoki uning o’rnida o’zlik olmoshi ishlatiladi:
Bu gapning o’zlashtirma gap shakli:

Demak, bir ko’chirma gap bir necha xil o’zlashtirma gapga, bir necha ko’chirma gap bir xil o’zlashtirma gapga aylanishi mumkin.


Ko’chirma gap darak xarakterida bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagicha o’zgaradi:
1. Ko’chirma gapning kesimi o’tgan zamon fe’li bilan ifodalangan bo’lsa, o’zlashtirma gapda zamon yasovchisi o’rniga o’tgan zamon sifatdoshi affiksi (-gan), shaxs-son affiksi o’rniga egalik affiksi ishlatiladi va tushum kelishigi affiksi qo’shiladi. Ba’zan -gan affiksidan keyin -lik affiksi ham qo’shiladi:
Ko’chirma gapning kesimi -gan shaklidagi o’tgan zamon fe’li bilan ifodalansa, uning zamon qo’shimchasi saqlanib, faqat shaxs-son qo’shimchasi egalik affiksiga almashadi:
Ko’chirma gapdagi fe’l kesim sostavli bo’lsa, o’zgarish keyingi elementda yuz beradi: «Unga xat yozgan edim»,dedi.Unga xat yozganligini aytdi.
Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirishda faqat fe’l kesimgina o’zgarmay, egalik qo’shimchasini olgan so’z va kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo’laklar ham o’zgaradi:
Boshqa bo’laklarda bu xildagi o’zgarish deyarli sezilmaydi;
Ko’chirma gapning kesimi hozirgi zamon fe’li bilan ifodalangan bo’lsa:
a) -yotir, -yap shakllari o’rniga -yot + gan(lik), shaxs-son affiks o’rniga egalik affiksi ishlatiladi, so’ng tushum kelishshsh affiksi qo’shiladi: “Bog’imizdagi mevalar pishayotir”,- dedi bog’bon. Bog’bon bog’dagi mevalar pishayotganligini aytdi;
b) -moqda formasi stilistik talabga muvofiq ba’zan -yotgan-
(lig)ini
shakliga almashtiriladi, ba’zan -moq + da ekan shaklida ishlatiladi: “Hasharga kelgan yordamchilar olmalarni savatga joylashtirmoqdalar”- dedi Akbar. Akbar hasharga kelgan yordamchilar olmalarni savatga joylashtirayotganliklarini aytdi;



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish