Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[Pm] q kesimlik affikslari



Download 1,48 Mb.
bet88/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[Pm] q kesimlik affikslari. Ma’lumki, -man,-san, -dir, -miz, -siz kesimlik affikslaridir. Bular ot kesimlarida qo’llanib, shaxs-sonni va hozirgi zamonni ko’rsatadi. Shu bilan birga ta’kidlashni ham ifodalaydi. Kesimlik affikslari qo’llanmasa ham, hozirgi zamon tushuniladi. Farqi shundaki, bu affikslar qo’llanganda, shaxs-son, zamon bilan bir paytda ta’kidlash ham qayd etiladi.
Kesimlik affikslari ko’p ot kesimli gaplarda har bir kesimga qo’shilib kelishi va faqat oxirgisida bo’lib, boshqalar uchun ham umumiy bo’lishi mumkin. Ular har bir kesimga qo’shilib kelsa, ta’kid odatdagidan kuchliroq bo’ladi. Oxiridagi kesimga qo’shilib kelsa, ta’kid odatdagicha bo’ladi. Faqat keyingi kesimga qo’shilib kelgan kesimlik affikslarida sanaluvchilarning hammasi bir narsa, hammasida bir xil xususiyat bor, hammasi nimasi bilandir birlashadi, degan mazmun mujassamlashadi. Masalan, Men injener va o’qituvchiman gapida injener va o’qituvchi so’zlari o’z leksik ma’nosi bilan farq qiladi, ammo grammatik ma’nosi bilan ikkalasi bir qatorda turadi. Gapning [WPmRWPm] shaklida ham ikkala [W1,W2; Pm1, Pm2] larning grammatik jihatdan bir narsa ekanligi ko’rinib turibdi, lekin, nazarimizda, gapning [{(S1– W1), (S2 –W2)}Pm] shaklida bir hosila ekanligi kuchliroqqa o’xshab ko’rinadi, jipslashtirish, mujassamlashtirish hollari sezilib turadi.
Kesimlik affikslarining -dir shakli boshqalariga nisbatan ancha unumli qo’llanadi. Bu affikslarning ham qo’llanishida yuqoridagi ikki xolat bor. Birinchi holatda -dir har bir kesim [W] ciga qo’shilib keladi: Ko’ngil xazinasining qulfi tildir va ul xazinaning kaliti so’zdir (Nav.). Ikkinchi holatda, ya’ni [{(S1 – W1), (S2 –W2)}Pm] holatida xuddi boshqa shakllardagidek, uyushtirish, birlashtirish xususiyati kuchliroq: 1. Ko’ngil xazinasining qulfi til va ul xazinaning kaliti so’zdir. 2. Qarindoshlarning ahvoli pachava, tirikchiligi bemazadir (Oyb.) Bu qurilma ot kesimli qurilma bo’lib, uning kesimlari pachava va bemazadir. Gapning semantik va grammatik tuzilishidan ko’rinib turibdiki, keyingi kesimdagi [Pm] birligi oldingi kesimga ham taalluqlidir.
Shuni ham aytish kerakki, she’riyatda [Rm] ning qo’llanishi o’zgacha xususiyat kasb etadi, yani unda [Rm] ning, asosan, gap oxirida kelishi shart emas. Gap boshida ham, o’rtasi va oxirida ham kelaveradi. Bir misolni tahlil qilib ko’raylik:
Shaharlar boqiydir,
Umr o’tkinchi,
Daryolar sobitdir,
Suvlar ko’chkinchi.
(Shuhr.)
Bu misol to’rtta qismdan iborat bo’lgan bitta qo’shma gapdir. Bu qo’shma gapning birinchi qismi (komponenti) dagi [Pm] ikkinchi qismga, uchinchi qismidagi [Pm] to’rtinchi qismga mana shunday, yani [Pm {(S1–W1), (S2-W2)}, Pm{(S3-W3), (S4-W4)}] tariqasida qo’llangan. Bu xil qurilmalarni odatdagi [S1– W1QØ, S2–W2 Q Ø, S3 –W3 Q Ø, S4–W4 Q Ø] shaklida ham ishlatish mumkin, albatta.
She’riyatda yuqoridagidan boshqa qurilmalar ham ko’p uchraydi:
1) [(S1 – W1)Pm (S2-W2)].
2) {(S1-W1), (S2 – W2)} Pm q Ø
3) {(S1 – W1W2), (S2 - W3( W4)} Pm
4) {(S1, S2-W1), (S3-W2, W3)} Pm
5) {(S1-W1, W2), S2-(W3, W4)} Pm
Bunday qoliplar sirasini yana davom ettirish mumkin.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish