15–mavzu: Morfologik uslubiyat. Otlardagi subyektiv baho shakllari va egalik, kelishik affikslarining uslubiy vazifalari
Talabalarga topshiriqlar:
Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlariga misollar topish va tahlil etish.
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshka turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suh-batdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang , otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishikshakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning , maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.
Anik, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan Otlar maʼnosiga koʻra, atokli va turdosh Otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi Otlar atokli Otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinedagi predmetlarning umumiy nomi turdosh Otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.
2. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy vazifasiga badiiy va she’riy asarlardan misollar topish va tahlil etish.
Egalik qo`shimchalari – ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xusiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalaregalikqo`shimchalarideyiladi.
birlikko`plik
I-onam borishim onamiz borishimiz
II-onang borishing onangiz borishingiz
III-onasi borishi ona(lar)i borish(lar)i
Undosh bilan tugagan ismlarga –im, -imiz, -ing, -ingiz, -i, -lari; unli bilan tugagan ismlarga –m, -miz, -ng, -ngiz, -si, -(lar)i qo`shimchalari qo`shiladi.
viloyat, shahar, tuman, korxona nomlarida qo`llangan egalik qo`shimchalari xoslik, tegishlilik,umumdan ajralganlik ma’nolarini ifodalaydi: Orol dengizi, Bobur bog`i, Amir Temur xiyoboni. Bu gaplarda egalik ma’nolari anglashilmaydi.
Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy vazifalari va sinonimlik hodisasiga misollar topish.
Kelishik — ot yoki otlashgan soʻzning boshqa soʻzlar bilan aloqasini koʻrsatuvchi grammatik shakl. U ot shakli ekanligi holda, birikma yoki gap tarkibida uning boshqa soʻzga tobelanishini koʻrsatadi. Bu sintaktik munosabat kelishik shaklining oʻzi b-n, koʻmakchi yoki koʻmakchi vazifasidagi soʻz bilan birga ifoda topishi ham mumkin. Kelusgik. miqdori turli tilda har xil. Oʻzbek tilida 6 ta kelishik boʻlib, ular bosh (shaklsiz), qaratqich (shakli ning), tushum (shakli -ni), junalish (shakli ga -ka -qa), oʻrin (shakli -da), chiqish (shakli -dan) kelishiklaridan iborat. Shulardan qaratqich kelishigi ot tomonidan boshqarilib, hokim soʻz egalik qoʻshimchasini olib keladi: kitobning varagʻi. Qolgan tushum, joʻnalish, oʻrin, chiqish kelishikli otlar feʼl yoki sifat tomonidan boshqariladi: kitobni varaqladi, kitobga qaradi, kitobda yozilgan, kitobdan olindi.
4. Otning subyektiv baho shakllariga misollar keltirish va tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |