Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet84/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Do’kondorlarning ba’zilari kitob o’qib, ba’zilari tasbeh o’girib, boshqa birlari esnab o’tirishardi gapi uchta qismdan tashkil topgan, bularning har biri o’z navbatida [S] va [W] larga hamda hammasi uchun umumiy bo’lgan [Pm] birligiga ega. Demak, bu hosila [{(S1 – W1), (S2 – W2), (S3 –W3)}Pm] tuzilishiga ega bo’lib, yana bir umumiy birlikka ham ega. Bu umumiy birlik xuddi uyushiq bo’lakli gaplarda qo’llanadigan umumlashtiruvchi so’z vazifasini bajarib kelmoqda. Buni biz gapning shaklini o’zgartirganimizda yaqqol sezamiz: Do’kondorlarning ba’zilari kitob o’qib, ba’zilari tasbeh o’girib, boshqa birlari esnab o’tirishlarini ko’rib hayron qoldim. Bir predikativ markazga ega bo’lgan bu birlik sodda gapdir. Men hayron qoldim birligining umumlashtirish, jamlab ko’rsatish xususiyatlari hisobga olinib, shartli ravishda umumlashtiruvchi gap deb ataldi. Bu {[(S1– W1), (S2 – W2), (S3 –W3)}Pm] tuzilishli gap bo’lib, uyushiq bo’lakli sodda gaplarga va qo’shma gaplarga, yuqorida ko’rib o’tilganidek, ham o’xshash, ham farqli tomonlari bor. Shunday ekan, {[(S1–W1), (S2– W2)}Pm] tuzilishli hosilalarni nima deb atash va qaysi kategoriya ichida o’rganish mumkin? Yana shunisi qiziqki, kesimlikni shakllantiruvchi birlikning o’zi har xil, turli shaklda bo’ladi, Quyida ularning ayrim paradigmalari beriladi:
1.[(Uning qo’llari ishda), (ko’zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)]edi // ekan // emish (S.Ahm.).
2.[(Uning ko’llari ishda, (ko’zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)]bo’ladi// bo’lar //bo’lgan.
3. [(Uning qo’llari ishda), (ko’zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)].
4. [(Otam rais), (onam brigadir)].
Keyingi gapda kesimlikni shakllantiruvchi birlik yo’q, nol ko’rsatkichga ega, lekin u har doim ko’llanishi va har xil shaklda bo’lishi mumkin: (otam rais), (onam brigadir) – dir // edi // bo’ladi va boshqalar. Ko’rinib turibdiki, bunday birliklarning kesimlikni shakllantiruvchi birligi bo’lmasa ham, qo’llanishi g’ayritabiiy hol emas. Ammo ayrim o’rinlarda [Pm] ni qo’llamaslik gapning semantikasiga ta’sir qiladi. Chunonchi, chakkasi tirishib, ko’zi qizarib ketibdi gapining qismida chakkasi – ega, tirishib – kesimning leksik ma’no tashuvchi qismi [W], ikkinchi qismda ko’zi – ega [S], qizarib – [W], ketibdi –[Pm] kesim tarkibidagi o’z ma’nosini yo’qotib, yordamchi unsur vazifasini bajaruvchi fe’l. Bu gapdagi kesimlikning shakllantiruvchi unsurni “qavsdan tashqari”ga chiqarishimiz mumkin: {(chakkasi tirishib), (ko’zi qizarib)} ketibdi. Bu gapni ikki mustaqil qismga ham bo’lsa bo’ladi: Chakkasi tirishib ketibdi. Ko’zi qizarib ketibdi. Biroq har ikki qismning kesimini shakllantirish uchun xizmat qiluvchi ketibdi birligi u yoki bu sabablarga ko’ra qo’llanmasa, kesimgina emas, balki gap ham shakllanmay qoladi: chakkasi tirishib, ko’zi qizarib... Agar fe’lning ravishdosh shakli har ikkala o’rinda tuslanuvchi fe’l bilan almashtirilsa, unda bu birlik qo’shma gap bo’ladi: Chakkasi tirishdi, ko’zi qizardi.
Yuqorida aytib o’tilgan xususiyatlarga ega bo’lgan {[(S1–W1), (S2 – W2)}Pm] tuzilishli hosilalar uyushgan gaplar deb ataldi.
Uyushgan gap bir jihatdan sodda gapga, boshqa jihatdan qo’shma gaplga o’xshaydi. Uning sodda gapga o’xshash tomoni shundan iboratki, uyushgan gapda kesimdagi shakllantiruvchi birlik [Pm] sodda gapda bo’lgani kabi, bitta. Qo’shma gapga o’xshash jihati – tarkibida ikki va undan ortiq ega mavjudligi va har bir eganing o’z [W] si (ya’ni kesimning leksik qismi) borligi, lekin kesimlarni shakllantiruvchi [Pm] ning umumiyligi. Shuning uchun uyushgan gaplarni bir ega-kesimli (ya’ni, S–WPm strukturali), uyushgan egali (ya’ni S1S2 ...–WPm), uyushgan kesimli [S –(W1, W2, W3 ...Wn)Pm] tuzilishli sodda gaplardan ham, ikki va undan ortiq predikativ markazli (yani WPmRWPm strukturali) qo’shma gaplardan ham farqlash lozim, chunki uyushgan gaplar {[(S1 – W1), (S2–W2)}Pm] tuzilishiga ega. Uyushgan gaplar, sodda va qo’shma gap oralig’ida, tilshunos H.G’.Ne’matov ta’kidlaganidek, “oraliq uchinchi” (vklyuchennoye tretye) mavqyeiga ega1, ya’ni unda sodda va qo’shma gaplarning qarama-qarshi qo’yilish belgilari ma’lum ma’noda betaraflashib, dialektik birlikda yuzaga chiqadi.
Uyushtiruvchi vositasi [WPm] bilan ifodalangan uyushgan gaplar.
Substansional yondashuvda kesim hamisha murakkab tuzilishga ega bo’lib, u lug’aviy ma’noni o’zida tashuvchi qismdan, uning kengaytiruvchilaridan, kengaytiruvchilarning kengaytiruvchilaridan (bularning barchasi ixchamlik uchun [W] ishorasi bilan ifodalangan edi) va kesimlik kategoriyasining ma’no va vazifalarini bu [W] ga kirituvchi vositadan iboratdir. Chunonchi, Uch-to’rtta katta-kichik bolalar ko’chada baroq it bilan o’ynashardi sodda gapi ikki tarkibga – [S] tarkibiga (ya’ni ega tarkibiga) va – [WPm] tarkibiga (yoki kesim tarkibiga) ajratiladi:
a) [S] tarkibi – uch-to’rtta katta-kichik bolalar. Bunda markaz –bolalar, uch-to’rtta va katta-kichik aniqlovchilari esa bu markazning qurshovi, kengaytiruvchilaridir;
b) [WPm] tarkibi – ko’chada baroq it bilan o’ynashardi. Bunda – sh Q – ar Q – di q [Pm], o’yna – q [W] bo’lib, ko’chada va baroq it bilan [W] ning kengaytiruvchilaridir; baroq it bilan birikmasidagi baroq aniqlovchisi esa kengaytiruvchisining (ya’ni it bilan so’zshaklining) kengaytiruvchisidir.
Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro umumiyligi (va shu asosda umumlashtiruvchi bo’lagi) turli xil bo’ladi:
1) hamma qismlari xususan alohida – alohida bo’lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo’lgan uyushgan gaplar. Bunday gaplarning o’zi o’z navbatida bir necha turli ko’rinishlarda bo’ladi. Chunonchi:
a) “ega – hol – to’ldiruvchi” lari bilan farqlanuvchi gaplar: Rahim bog’dan gul, Salim do’kondan gul oldi;
b) “ega – hol” lari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar: Rahim bugun, Salim ertaga qaytadi kabilar shular jumlasidandir;
2) [WPm] va uning kengaytiruvchi bo’laklari umumiy bo’lib, faqat ega va [WPm] kengaytiruvchisining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar:



Rahim oq,




gul oldi



Salim qizil



Uyushgan gaplarning bunday xususiyatiga tayangan holda quyida [Pm] va [WPm] uyushtiruvchi vosita bo’lib kelgan uyushgan gap turlari ko’rib o’tiladi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish